К содержанию
РецензированоUZ2026

HARBIY XIZMATCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA AN’ANAVIY VA INNOVATSION USULLAR

Bahramov Adaxamjon Bakirjanovich

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

This article analyzes the modern mechanisms for the formation and development of patriotic feelings in military personnel and student youth. The main focus is on using information and communication technologies in the educational process, relying on national values, and raising patriotic spirit through practical exercises, as well as simulations and media projects. The article also highlights effective pedagogical and psychological approaches to fostering patriotism, combat readiness, and selflessness in the minds of the younger generation. Keywords: patriotism, military-patriotic education, youth policy, national values, simulation, information technology, dedication, experience-based education. 177 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Bugungi globallashuv va axborot xurujlari sharoitida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlatning strategik vazifalaridan biriga aylandi. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar hamda o‘quvchi yoshlar orasida yurtga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash harbiy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik va umumiy ma’naviy yetuklikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Vatanparvarlik tushunchasining mohiyati va ahamiyati Vatanparvarlik — bu nafaqat yurtga muhabbat, balki uni himoya qilishga, fidoyilik ko‘rsatishga tayyorlik tuyg‘usidir. Mazkur hissiyatni tarbiyalashda tarixiy meros, milliy madaniyat, armiya an’analari, zamonaviy vositalardan foydalanish muhimdir. Harbiy xizmatchilar uchun tarbiyaviy mexanizmlar: Amaliy treninglar - harbiy simulyatsiya, tarixiy-harbiy mashg‘ulotlar orqali hissiy ta’sir kuchaytiriladi. Modellashtirilgan muhitda qaror qabul qilish – “rolli o‘yinlar” yordamida mas’uliyat va tahlil qilish qobiliyati oshiriladi. Multimediali vositalar - vatan tarixi va qahramonlar hayoti haqidagi videolar, podkastlar. O‘quvchi yoshlar bilan ishlashning samarali usullari: Interaktiv darslar - muammoli vaziyatlarni hal etish, milliy ramzlar bilan ishlash, disputlar. Milliy bayramlar va tadbirlarda faol ishtirok - tarixiy saxnalashtirish, faxriylar bilan uchrashuvlar. Axborot texnologiyalari orqali ta’sir - patriotik videoroliklar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy targ‘ibot olib borish. Yangicha mexanizmlarni joriy etishdagi muammolar va yechimlar Muammolar: zamonaviy vositalar yetarli emasligi, kadrlar yetishmasligi, yoshlar orasida befarqlik. Yechimlar: - harbiy-pedagogik kadrlar malakasini oshirish; - ta’lim muassasalarida vatanparvarlik klublarini tashkil etish; - elektron platformalarda patriotik loyihalarni rivojlantirish. O‘quvchi yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirish nafaqat ma’naviy- axloqiy barkamollikni ta’minlaydi, balki ularning fuqarolik pozitsiyasi, milliy o‘zlikni anglash va davlatga sadoqat tuyg‘usini chuqurroq singdiradi. Bu jarayonda qo‘llaniladigan metodlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois vatanparvarlik tarbiyasida an’anaviy va innovatsion pedagogik usullar uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratish zarur. 178 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 An’anaviy usullar: Suhbat va tushuntirish — muallim yoki tarbiyachi tomonidan vatan, xalq, milliy ramzlar haqida ma’lumot berish va yoshlarning savollariga javob berish orqali milliy g‘oyani singdirish. Namuna ko‘rsatish — tarixiy shaxslar, zamonaviy qahramonlar, harbiy xizmatchilar faoliyatini o‘rnak sifatida keltirish. Tarixiy hujjat va adabiy asarlarni tahlil qilish — “Temur tuzuklari”, I. Karimovning ma’naviy-ma’rifiy asarlari kabi manbalar asosida fikr-mulohazalar olib borish. Ssenariy asosidagi tadbirlar — “Vatan himoyachilari kuni”, “Mustaqillik bayrami” kabi milliy bayramlar ssenariy asosida o‘tkazilib, yoshlarda milliy iftixor uyg‘otiladi. Innovatsion usullar — bu zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar va ijtimoiy-psixologik yondashuvlarga asoslangan, o‘quvchi faolligini oshiradigan va shaxsiy tajribaga tayanuvchi tarbiyaviy mexanizmlardir. Ular vositasida vatanparvarlik tuyg‘usi nafaqat bilish, balki his etish va amaliy namoyon qilish jarayonida shakllanadi. Innovatsion usullar: Keys-metod (misolli tahlil) — yoshlar amaliy hayotiy vaziyatlarga tayanib, vatanga sodiqlik, fidokorlik holatlarini muhokama qiladi. Masalan: “Agar sen harbiy xizmatga chaqirilsan, qay tarzda o‘z burchingni ado etasan?” kabi savollar. Rolli o‘yinlar va simulyatsiya — yoshlar “fuqarolik burchini bajaruvchi”, “o‘qituvchi”, “faxriy askar” rolida qatnashib, vatanparvarlik tuyg‘usini amaliy faoliyat orqali his qiladilar. Multimedia texnologiyalari — kinofilmlar, dokumental tasvirlar, elektron platformalarda vatanparvarlik mavzusidagi kontent orqali vizual va audiota’sirlar yaratiladi. Virtual ekskursiyalar va kvest-loyihalar — tarixiy ob’ektlar, yodgorliklar, harbiy muzeylar bo‘ylab onlayn sayohat orqali milliy tarix va armiyaning mavqei haqida bilim olish. Patriotik onlayn viktorinalar va forumlar — axborot texnologiyalari yordamida yo

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the modern mechanisms for the formation and development of patriotic feelings in military personnel and student youth.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the modern mechanisms for the formation and development of patriotic feelings in military personnel and student youth. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
patriotism, military-patriotic education, youth policy, national, tajribaga asoslangan ta’lim., simulyatsiya, fidoyilik, yoshlar siyosati, vatanparvarlik, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, milliy qadriyatlar, axborot texnologiyalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники