Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
G‘ARB FALSAFASINING USTUVOR YO`NALISHLARI VA ULARNING FAN TARAQQIYOTIGA TA’SIRI
FAN TARAQQIYOTIGA TA’SIRI · Ulasheva Laylo Jo’rabek qizi · Uzoqova Muxlisa Husniddin qizi · Zohidova Yulduz Ismoyil qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье представлена информация о возникновении древних мистических идей и философских знаний в западной философии. Содержит сведения о древних греко-римских философских школах, эллинистическом периоде, возникновении христианства и философском учении Аврелия Августина, учении Фомы Аквинского. Ключевые слова: Античная философия, Сократ, Платон, эллинский период, Зенон, Аврелий Августин Annotation: This article provides information on the emergence of ancient mythological ideas and philosophical knowledge in Western philosophy. It includes information on the ancient Greco-Roman philosophical schools, the Hellenistic period, the emergence of Christianity and the philosophical teachings of Augustine, and the teachings of Thomas Aquinas. Keywords: Ancient philosophy, Socrates, Plato, Hellenistic period, Zeno, Augustine. Kirish: Mil. av. VI va milodiy VI asrlar oralig‘idagi davrni o‘z ichiga qamrab oluvchi antik davr falsafasi qadimgi Yunon va Rim xalqlari donishmandligi mahsuli sanaladi. G‘arb falsafiy tafakkur taraqqiyotining keyingi bosqichlarida vujudga kelgan deyarli barcha maktablar, tasavvurlar kategoriya va muammolar uchun ilk g‘oyaviy ildiz vazifasini o‘tagan antik falsafa jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Qadim zamonlardan to bugungi kunga qadar G‘arb falsafasi, fani va madaniyati o‘z tamaddunining beshigi, tafakkur tarzining manbai sifatida qayta-qayta murojaat qilib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, falsafa atamasining 161 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 o‘zi ham ayni davr tafakkurining mahsuli hisoblanadi. Faylasuf haqiqatni sevguvchi, hamisha uni izlaguvchi insondir. Shu ma’noda olamni yaxlitligicha anglash, borliqning bosh sababini aniqlash faylasufning asosiy vazifasi hisoblangan. San’at va dindan farqli ravishda falsafa olamning yaxlitligi va uning bosh ibtidosini fantaziya va afsonalardan xoli tarzda, ratsional dalillarga asoslangan holda tushuntirib berishi lozim bo‘lgan. Bu esa insonning ruhiy erkinlikka olib keladi deb hisoblangan. Shu ma’noda falsafaga nafaqat shunchaki haqiqatni izlash yo‘li, balki alohida hayot tarzi- inson ruhiy mavjudligining sharti deb ham qaralgan. Gʻarb falsafasi oʻzidan oldingi barcha falsafiy fikrni ilmiy bilimlarni jamiyat taraqqiyotiga xizmat qildirish bilan bogʻlagan. Yevropadagi diniysxolastik falsafiy gʻoyalar jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Lekin, arab olimlarining tarjimalari tufayli antik davr fani va falsafasi, qadriyatlarini qoʻlga kiritgan yevropalik olimlar jamiyatni bamisoli qayta uygʻotishdi. Yevropa falsafasi sxolastik davri, uygʻonish davri, yangi davr va nemis klassik falsafasi davrlariga boʻlinadi. Sxolastika davri sxolastika ravnaqi (Buyuk Albert, Foma Akvinskiy, R. Bekon) va sxolastika inqirozi (Dune Skot, tomizm, U. Okkam) davrlariga boʻlinadi. Uygʻonish davrida italyan gumanizmi, reformatsiya, tabiatshunoslik falsafasi, ijtimoiy xayoliy nazariyalar ilgari surilgan. Yangi davrda F. Bekon, R.Dekart, T.Gobbs, J.Lokk, Spinoza, Leybnits, X.Volf, J.Berkli, D.Yum, GT.Beyl, Sh. Monteskye, Volter, Russo, D.Didro, D’Alamber, J.Lametri, P.Golbax va boshqa faylasuflar ijod qilishgan. Nemis klassik F.si Gerder, Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax nomlari bilan bogʻlangan.[1] Falsafa tarixidagi falsafiy maktab va oqimlar oʻzlari ilgari surayotgan falsafiy gʻoyaning mazmuniga qarab quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi: empirizm va ratsionalizm, nominalizm va realizm, materializm va idealizm, skeptitsizm va antiskeptitsizm, agnostitsizm va antiagnostitsizm, dogmatizm va relyativizm kabilar. Shu ma’noda Yevropa faylasuflari ta’limotlari Yunon falsafasiga dunyoqarash xarakterini baxsh etgan mifologiya bilan uzviy aloqadorlik kasb etgan. Mifologiya hamma narsa nimadan tug‘ilganligi bilan qiziqsa, Yunon faylasuflari dunyoda ro‘y berayotgan narsa-hodisalarning bosh sababi- ibtidosi nima ekanligini aniqlashga intilganlar. Suqrotgacha yashagan Yunon faylasuflarining deyarli barchasi barcha hodisa va jarayonlarning birinchi sababini topish, tabiatni tushuntirish hamda ayrimlari bilish muammolari bilan shug‘ullanganlar. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Чанышев А.Н. Курс лекций по деревней философии.,М.:Высшая школа,1981 asarida Geraklitning jon to‘g‘risidagi ta’limotlari,mifologiya elementlari haqida ma’lumotlar mavjud, Антология мировой философии.Т. asarida asa Geraklit bitilgan qonunlar tarafdori (u davrdagi aristokratiya mavjud urf-odatlarga tayanib ish tutgan). “xalq qonun uchun xuddi o‘z uyini himoya qilganidek kurashishi kerak”. Ya’ni, insoniyatga tegishli qonunlar yakka – ilohiyotdan oziqlanadi deyilgan. Антология мировой философии.Т. asarida 162 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Havo atomlar hosil qiladigan jismlarda bo‘ladi va ular ana shu havoda harakatlanishadi. Atomlar bir biridan 1) shakli, ya’ni tashqi ko‘rinishi; 2) o‘l
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о возникновении древних мистических идей и философских знаний в западной философии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о возникновении древних мистических идей и философских знаний в западной философии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ancient philosophy, Socrates, Plato, Hellenistic period, Zeno, Antik falsafa, Ellin davri, Suqrot, Zenon, Aflotun, Avreliy Avgustin.
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025