Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
NIZOM UL-MULKNING "SIYOSATNOMA" ASARI BO'YICHA JAMIYAT BOSHQARUVIGA OID G'OYALAR TAHLILI
Hasanova Husnida Akrom qizi · Rahmatova Jasmina Sherzod qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada buyuk davlat arbobi va mutafakkir Nizom ul- Mulk tomonidan yozilgan "Siyosatnoma" asarining jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq g‘oyalari tahlil qilinadi. Asarda davlat boshqaruvi, adolat, shariat va dunyoviy qonunlarning uyg‘unligi, byurokratiya, iqtisodiy siyosat va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari yoritilgan. Nizom ul-Mulkning siyosiy falsafasi va boshqaruv tamoyillari bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolgan. Annotation: This article analyzes the ideas related to public administration in the work Siyasatnama written by the great statesman and thinker Nizam al-Mulk. The work discusses governance, justice, the harmony of religious and secular laws, bureaucracy, economic policy, and anti-corruption efforts. Nizam al-Mulk' poitical philosophy and administrative principles remain relevant today. Аннотатция: В статье анализируются идеи государственного управления, изложенные в произведении Сиясатнама, написанном великим государственным деятелем и мыслителем Низамом аль-Мульком. В работе рассматриваются вопросы управления, справедливости, согласования религиозных и светских законов, бюрократии, экономической политики и борьбы с коррупцией. Политическая философия и принципы управления Низама аль-Мулька остаются актуальными и сегодня Kalit so‘zlar: Nizom ul-Mulk, Siyosatnoma, adolatli boshqaruv, davlat siyosati, shariat va qonun, soliq siyosati, korrupsiyaga qarshi kurash, byurokratiya, davlat xavfsizligi, ilm-fan va ma’rifat. Keywords: Nizam al-Mulk, Siyasatnama, fair governance, state policy, sharia and law, tax policy, anti-corruption, bureaucracy, state security, science and enlightenment. Ключевые слова: Низам аль-Мульк, Сиясатнама, справедливое управление, государственная политика, шариат и закон, налоговая политика, борьба с коррупцией, бюрократия, государственная безопасность, наука и просвещение. Abu Ali Hasan ibn Ali To‘siy, tarixda Nizom ul-Mulk nomi bilan mashhur bo‘lgan, XI asrning buyuk davlat arbobi va Saljuqiylar imperiyasining uzoq yillik bosh vaziri bo‘lgan. U o‘zining chuqur bilimi, siyosiy tajribasi va davlat boshqaruvi 151 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 haqidagi ilg‘or g‘oyalari bilan mashhur. Nizom ul-Mulk Saljuqiylar davlati barqarorligini saqlash, hukmdorlarning donishmandligi va davlatning mustahkamligini ta’minlash uchun "Siyosatnoma" asarini yozgan. Ushbu asar davlat boshqaruvi, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlash bo‘yicha bebaho manba hisoblanadi. "Siyosatnoma" asari Saljuqiylar imperiyasining boshqaruv tizimida yuzaga kelgan muammolarga javoban yozilgan. Nizom ul-Mulk hukmdor va davlat arboblari uchun siyosiy qo‘llanma sifatida adolatli boshqaruv, qonuniylik va barqarorlik haqida o‘z qarashlarini bayon qilgan. Ushbu asarning yozilish sabablarini tushunish uchun davrning siyosiy va ijtimoiy muhitini ko‘rib chiqish muhimdir. O‘sha davrda adolatsizlik, korrupsiya va boshqaruvdagi sustkashlik davlat barqarorligiga tahdid solayotgan edi. Nizom ul-Mulk bu muammolarni yechish yo‘llarini izlab, o‘z asarida hukmdorlar va amaldorlar uchun aniq tavsiyalar bergan. Nizom ul-Mulkning fikricha, adolat davlatning asosiy ustuni hisoblanadi. U hukmdor xalq oldida javobgar bo‘lishi, ularning hayotini yaxshilashga harakat qilishi lozimligini ta’kidlaydi. Asarning muhim jihatlaridan biri shundaki, unda hokimiyat faqat kuch va boylik bilan emas, balki adolat va halollik bilan boshqarilishi kerakligi urg‘ulanadi. Hukmdor o‘z xalqining dardini eshitib, ularning muammolarini hal qilish uchun harakat qilishi shart. Adolatni ta’minlashning muhim sharti sud tizimining shaffof va odil bo‘lishidir. Sud tizimi faqat shariat va davlat qonunlariga tayanishi, amaldorlar esa noqonuniy harakat qilganda jazolanib, ularning korrupsiya qilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Agar davlatda adolat o‘rnatilmasa, xalq noroziligi ortib, oxir-oqibat davlat zaiflashib, inqirozga uchrashi mumkin. Nizom ul-Mulk davlat boshqaruvida shariat hukmlariga amal qilish muhim deb bilgan. Biroq, u faqat shariat bilan cheklanmasdan, dunyoviy qonunlarni ham hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. Bu shundan dalolat beradiki, davlatni boshqarishda din asosiy rol o‘ynasa-da, lekin jamiyat rivojlanishi va davlatning samarali faoliyat yuritishi uchun dunyoviy qonunlarni ham inobatga olish zarur. Unga ko‘ra, shariat axloqiy tamoyillar va odil sudlov uchun asos bo‘lishi kerak bo‘lsa-da, davlatning iqtisodiy va harbiy siyosati dunyoviy qonunlarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu qarashlar davlatning mustahkam bo‘lishini ta’minlab, din va siyosat o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam beradi. Nizom ul-Mulk davlat boshqaruvining samarali bo‘lishi uchun tartibli byurokratik tizim zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, amaldorlar xalq xizmatida bo‘lishi kerak, aks holda ularning vakolati bekor qilinishi lozim. Davlat lavozimlariga faqat malakali va tajribali shaxslar tayinlanishi lozim. Merosiy boshqaruv tizimi zarar keltirishi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada buyuk davlat arbobi va mutafakkir Nizom ul- Mulk tomonidan yozilgan "Siyosatnoma" asarining jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq g‘oyalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada buyuk davlat arbobi va mutafakkir Nizom ul- Mulk tomonidan yozilgan "Siyosatnoma" asarining jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq g‘oyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nizam al-Mulk, Siyasatnama, fair governance, state policy, sharia, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xavfsizligi, ilm-fan va ma’rifat., soliq siyosati, davlat siyosati, adolatli boshqaruv, byurokratiya, Siyosatnoma, shariat va qonun, Nizom ul-Mulk
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025