К содержанию
РецензированоUZ2026

PIRIMQUL QODIROVNING “YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA QO‘LLANILGAN HARBIY LEKSIKA

HARBIY LEKSIKA · Nazarov Zokir Muxammat o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan harbiy leksikaning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik. Kalit so‘zlar: yasol, chapovul, chagʻdovul, shakovul, kitpovul, yonkovul, shigʻovul, yasovu, birqol, navkar, oʻlja, dubulgʻa, sadoq, jiba- jeba, mergan, kamon, qalqon, tup, tufang, xanjar, chakra, tugʻbardor, chavondozlar, yigitlar, beklar, navkarlar, askarlar, tufangdozlar, piyodalar. “Yulduzli tunlar” romani hozirgi zamon kitobxoniga moʻljallab yozilgani tufayli, uning tili, tabiiy, hozirgi oʻzbek adabiy tilining normalarini oʻzida toʻliq aks ettirgan. Shuning bilan birga, bu asar tarixiy mavzuda yozilganligi sababli unda tasvirlanayotgan davr adabiy tilining uziga xos eng xarakterli turli belgilari uz inʼikosini topmasligi mumkin emas edi. Buni biz asar tilining leksikasida, ayniqsa, yaqqol koʻramiz. Asar tili leksikasining eng xarakterli qatlamlaridan biri harbiy atamalardir. Maʼlumki, romanda Bobur faoliyatining eng salmoqli qismi – uning toʻxtovsiz harbiy yurishlari goh g‘animni yengib, gʻalaba nashidasini surishi, goh yengilib magʻlubiyat alamini chekishi bilan bogʻliq boʻlgan psixologik koʻplab voqea-hodi- salar aks ettirilgan. Avvalo shuni aytish kerakki, romanda qoʻllanilgan harbiy atamalar, turli soʻz va iboralar harbiy harakatlar bilan bogʻlik boʻlgan predmet va tushunchalarni ifodalovchi leksik elementlardir. Bunday elementlar XIV-XVI asrlar eski oʻzbek adabiy tilida, jumladan, “Boburnoma” tilida xam mavjud edi. Lekin «Boburnoma»da Bobur tomonidan ishlatilgan harbiy atamalarning barchasi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida toʻligʻicha aks etgan deb boʻlmaydi. Romanda biz ularning ayrimlarinigina uchratamiz. Roman tilida ishlatilgan harbiy soʻz va atamalar harbiy faoliyatning turli sohalariga daxldor boʻlib, ularning bir qismi kelib chiqishi jihatidan mugʻulcha yoki turk va mugʻul tillari uchun mushtarak boʻlgan soʻzlar ekanligi bilan xarak- terlanadi. Qolaversa, XIV-XVI asrlarda eski oʻzbek tilida isteʼmolda boʻlgan, Alisher Navoiy va Bobur asarlarida aks etgan harbiy atamalarning koʻpchiligi Amir Temur faoliyati bilan bogʻliq Amir Temur oʻz qoʻshinida yangicha qonun-qoida- larni, tartib-intizomni joriy etish bilan birga, qoʻshinga Chingizxon armiyasida mavjud boʻlgan va oʻsha davr uchun namuna hisoblangan askariy tizimni olib kirdi. Shuning natijasida koʻpgina harbiy tushunchalar mugʻulcha terminlar bilan atala boshladi. Bobur xam oʻz “Boburnoma”sida ana shunday asli mugʻulcha harbiy terminlardan, anʼanaga koʻra, foydalandi. U bu sohada yangilik ham qildi. Avvalo, Bobur lashkarga tartib berish, qismlarni joylashtirish, urushga tayyorlash, hujum qilish usullari, ularni nihoyasiga yetkazish kabi ishlarni bajarishda harbiy yurishlarda doimo oʻzi bilan birga boʻlgan Shayx Zaynning “Fathnoma” nomli asaridan oʻqib oʻrgangan. 467 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5 U yozadi: “...chun bu “Fathnoma”dan islom cherikining kayfiyati va kuffor xaylining kamiyyati, sufuf va yasolning turushlari va ahli islom va ahli kufrning urushlari mushaxxas va maʼlum boʻlub, ul jihattin beziyoda nuqson ushul (BN, 366). Ikkinchidan, Bobur harbiy qismlarning joylashish tartibi, tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan tushunchalarni terminlar bilan atashda ilgaridan, Temur davridan davom etib kelgan anʼanaga yangiliklar kiritdi. Bunday yangilik nimalardan , iborat ekanligi toʻgʻrisida Boburning oʻzi shunday maʼlumot bergan: “Agarchi brongor va oʻng koʻl va oʻng yon bir maʼnosi bor, vale alfoz tagʻyiri bila tashxis muxtalif maʼniyga men itlok qildim. Nechukkim, maymana va maysarakim, brongor va jvongʻor derlar, yasolda qalbningkim, gul devlar, dohili emas. Munda bu nav yasolni ushul sarofate bila brongʻor va jvongʻor deyildi. Yana zulkim, boshka yasoldur, shuning yamin va yasorini imtiyoz uchun oʻng qoʻl, soʻl koʻl bitildi. Yana guldakim, xossa tobindur, shuning yamin va yasorini oʻng yon va soʻl yon aytildi. Yana xossa tabindakim, boʻy tengidur, turki lafzida mutarradni xam boʻy derlar, shunda ul boʻy murod emasdur, yaqin murodtur, shuning yamin va yasorni ung va sud ataldi” (BN, 272 — 273). Boburning bu maʼlumotidan shu narsa ayonki, Bobur qoʻshin tuzilmasi tarkibiga kiruvchi qism (boʻlak)larni alohida-alohida terminlar bilan atagan. Jumladan, qoʻshin tarkibiga kiruvchi qismlarning saf-saf qilib joylashtirish, tuzilish tartibi yasol deyilsa, shu yasolda uch xil gul (qalb, markaz, yadro) buladi. Birinchi gulning oʻng va soʻl tarafida joylashgan qismlar brangor (buron- gʻor) va jvangʻor (juvongʻor) deyiladi. Ikkinchi bir gulning oʻng va soʻl tarafida joylashgan qismlar oʻng qoʻl va soʻl qoʻl deyiladi. Yana bir gulrezervning oʻng va soʻl tomoni oʻng yon va soʻl yon deyiladi. Yana bir gulniki oʻng va soʻl deb ataladi. Harbiy tushunchalarni ifodalovchi turkcha-mugulcha terminlar orasida -vul va -l qoʻshimchalari bilan yasalgan atamalar alo

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan harbiy leksikaning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kelib ch…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada hozirgi zamon o‘zbek tilshunosligidagi kam o‘rganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida qoʻllanilgan harbiy leksikaning qo‘llanilishi, uning ma’nosi, tarkibi kelib ch… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shigʻovul, tufangdozlar, jiba- jeba, yasovu, askarlar, yonkovul, navkar, chavondozlar, piyodalar., sadoq, tugʻbardor, xanjar, kamon, dubulgʻa, chakra, kitpovul, oʻlja, tufang, beklar, yasol, chapovul, chagʻdovul, navkarlar, yigitlar, shakovul, birqol, mergan, tup, qalqon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники