Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019
MEDIA MAKONDA PSIXOLOGIK, DINIY VA MADANIY TAHDIDLAR
Jamolova Shaxlo Jamil qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данной статье анализируется негативное влияние религиозных, психологических и духовных угроз, распространяемых через современные медиа, на общество, особенно на сознание молодого поколения. Подчеркивается необходимость развития критического мышления у каждого человека и получения информации только из достоверных источников. Кроме того, акцентируется важность повышения медиаграмотности и формирования здоровой духовно-нравственной среды как одной из актуальных задач сегодняшнего дня. Ключевые слова: Угрозы, медиапространство, терроризм, экстремизм, течения, идеологическая безграмотность, «религиозные лидеры», информационные атаки. “Ta'bir joiz bo'lsa,aytish mumkinki, bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham koʻproq kuchga ega. Bu masalaning kishini doimo ogoh bo'lishga undovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq boʻlsa, 102 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 buni sezish, ko'rish, oldini olishmumkin, ammomafkuraviytazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab yetish nihoyatda qiyin.” 1Mafkuraviy g‘oya— bu jamiyat yoki guruhning siyosiy, diniy, falsafiy yoki ijtimoiy qarashlariga asoslangan mazmunli fikrlar tizimi, ya'ni biror mafkura (ideologiya) asosida shakllangan asosiy tushuncha va maqsadlar yig‘indisidir. Mafkuraviy tarbiya- inson,ijtimoiy guruh millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularning muayyan maqsadlarini ifoda etadigan g’oyaviy bilimlar bilan qurollantirishga yo’naltirilgan jarayondir. Shu o’rinda keltirib o’tish kerakki , mafkuraviy tarbiya 3 xil ko'rinishda bo'lishi mumkin: diniy qarashlarni singdirishga yo'naltirilgan; dunyoviy qarashlarni ma'lum bir maqsad sari mutloqlashtirishga yo'naltirilgan; uchinchi millat yoki davlat tomonidan amalga oshiriladigan amaliyot turi. Bu jarayonda ikki millat yoki davlatni o'zaro ziddiyatli vaziyatga tushirish orqali, ma'lum maqsadga erishish tushuniladi.Hozirgi kunda dunyo miqyosida bu usuldan foydalanish keng tus olmoqda. Zamonaviy «din peshvolari». Bugungi kunda bunday kishilarda diniy tahdidni amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan, din niqobi ostida alohida shaklda uyushgan zo'ravonlik, harbiy-siyosiy maqsadlarga yo'naltirilgan tashviqotchilik tizimi (internet, audio, video tarqatmalar va hok.), turli mazmundagi ma'ruzani yetkazish usullari va ta'sir o'tkazish natijalariga ko'ra urush olib borish maydonlari. Eng muhimi ularda inson ongi uchun kurashning ijtimoiylashgan barcha (o'ta tajovuzkor, uyushgan, mafkuraviy tayyorgarlikdan o'tgan) yo'nalishlarini rag'batlantiruvchi tizim mavjud bo'lib, natijada diniy peshvolik bilan mashg'ul bo'lgan sub'yektlarning aksilijtimoiy faoliyatini o'zida aks ettiruvchi harakatlar majmui oshib bormoqda. Din- jamiyatdagi shaxs munosabatlarini tartibga solib turuvchi, inson ichki dunyosini shakllantirishning eng ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Ammo, bugungi kunda ijtimoiy ong shakli hisoblangan bu tushunchadan turli maqsadlar yo'lida foydalanish ortib bormoqdaki, natijada inson omiliga qarshi kurashda din birlamchi vosita bo'lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda diniy tahdid bu - diniy g'oya va mafkuralar bilan niqoblangan yovuz niyatli kuchlar o'rtasidagi manfaatlar to’qnashuvi demakdir. Bu jarayonda asosiy obyekt inson ongi hisoblanib, unga ta'sir etish yo'nalishlari turli tumandir.Bugungi kunda dunyoda mohiyati va udumlar shakliga ko'ra turli ko'rinishdagi diniy qarashlar mavjud bo'lib, ularning umumiy soni ikki yuzga yaqindir. Ular bir xudoli va ko'p xudoli, urug'-qabilaviy, milliy va jahon dinlari bo'lishi mumkin. Ammo asosiy masala, ularning sonida emas , balki e'tiqodiy bo'linishida bo'lib qolmoqda. Aynan mana shu bo'linish sababli turli- xil ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar yuzaga kelib, inson ruhiyatiga sokinlik, xotirjamlik, ma'naviy madad berish uchun asrlar osha shakllanib kelgan “din” - azob beruvchi, ma'naviy qashshoqlik sari harakatlantiruvchi vosita bo'libqolmoqda. 103 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 “…e’tiborni odamlarning diniy e’tiqodlari bilan bo’g’liq har qanday muammo g’oyat nozik ekanligiga, ularning dinning, ma’naviy qadriyatlari bilan shiorlardan, xususan, islomni qayta tiklash shiorida foydalanayotgan muayyan kuchlar ko’zlayotgan, dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzkor maqsadlar o’ratsidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga qaratishni istardim.” 2 Jamiyat hayotiga xavf soluvchi: terrorizm, ekstremizm, diniy ekstremizm, Islom traditsionalizmi tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mohiyatan terrorizm yovuz maqsadlar yo'lida, kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o'ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, qo'rquv va vahimaga solishdan iborat bo'lgan xatti- harakatlarga asoslangan zo'ravonlik usuli, shuningdek, u yuksak ma'naviy, axloqiy tamoyillarga zid ravishda yovuz, vayronkor maqsadlar yo'l
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируется негативное влияние религиозных, психологических и духовных угроз, распространяемых через современные медиа, на общество, особенно на сознание молодого поколения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируется негативное влияние религиозных, психологических и духовных угроз, распространяемых через современные медиа, на общество, особенно на сознание молодого поколения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Threats, media space, terrorism, extremism, movements, ideological, Tahdidlar, media makon, “din peshvolari”, oqimlar, terrorizm, ekstremizm, g‘oyaviy savodsizlik, axborot xurujlari
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021