Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
RAQAMLI TA’LIM MUHITINING XUSUSIYATLARI VA PEDAGOGIK FAOLIYATGA TA’SIRI
FAOLIYATGA TA’SIRI · Xusniyabonu Zokirova
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
В данном тезисе рассматривается роль цифровой образовательной среды в системе дошкольного образования, её влияние на педагогическую деятельность и значение для повышения профессиональной компетентности методистов. Цифровые технологии играют ключевую роль в обеспечении интерактивности учебного процесса, поддержании экологической устойчивости, развитии дистанционного и инклюзивного образования, а также совершенствовании методической работы. Ключевые слова: цифровая образовательная среда, методист, педагогическая деятельность, дошкольное образование, цифровые технологии, профессиональная компетентность, интерактивное обучение, MOOC, экологическая устойчивость. Annotation: This section explores the role of the digital learning environment in the preschool education system, its impact on pedagogical activities, and its significance in enhancing the professional competencies of methodologists. Digital technologies serve not only to facilitate interactive learning but also to promote ecological sustainability, expand opportunities for distance and inclusive education, and improve the effectiveness of methodical work. Keywords: digital learning environment, methodologist, pedagogical activity, preschool education, digital technologies, professional competence, interactive learning, MOOC, ecological sustainability. Tadqiqot dolzarbligi. BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish shiorining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatli ta’lim hisoblanadi. Bu tashabbus barcha uchun inklyuziv va adolatli sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar ushbu maqsadga erishishda muhim vositaga aylandi. Mazkur 56 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 texnologiyalar ifloslanish manbalarini aniqlash, energiya samaradorligini oshirish, kam uglerodli muqobil yoqilg‘ilarni qo‘llash orqali qo‘shimcha ekologik zararlarning oldini olish hamda ortiqcha issiqxona gazlarini atrof-muhitdan yo‘q qilish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalar atrof-muhitga zarar yetkazuvchi omillarni kamaytirish yoki ularni butunlay yo‘qotish bilan birga ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Bu texnologiyalar ta’lim tizimiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Yaqinda yuz bergan COVID-19 pandemiyasi esa ta’limda raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishini yanada institutsionallashtirdi. Raqamli texnologiyalar butun ta’lim tizimida yangi paradigmaga asos solgan. Endilikda ular faqat bilim beruvchi emas, balki ma’lumot ham muallifi, murabbiy va baholovchi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Ta’limda ro‘y bergan texnologik yutuqlar pedagoglar hayotini sezilarli darajada yengillashtirdi. Endi pedagoglar qog‘oz va ruchka o‘rniga taqdimot va loyihalarni yaratishda turli dasturiy ta’minotlar va raqamli vositalardan foydalanmoqdalar. Qog‘oz daftarlar to‘plamiga nisbatan iPad engilroq, og‘ir kitoblarga qaraganda elektron kitobda ma’lumot izlash qulayroqdir. Bunday vositalar bolalarda ham, pedagoglarda ham ilmiy izlanishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Mazkur bobda ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash zarurati qisqacha yoritiladi hamda raqamli ta’lim muhitining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning pedagogik faoliyatga ta’siri ochib beriladi. Zamonaviy raqamli vositalar – mobil qurilmalar, interaktiv doskalar, planshetlar, simulyatsiya va virtual laboratoriyalar – nafaqat bolalar uchun ta’lim muhitini diversifikatsiya qilishda, balki metodistlar uchun ham metodik ish faoliyatini yangilashda qulay vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, "Narsalar interneti" (IoT) texnologiyalari orqali masofaviy monitoring, real vaqtda ma’lumotlar tahlili va metodik tavsiyalarni avtomatlashtirish imkoniyati yaratilmoqda 9 . Metodistlar uchun ijtimoiy tarmoqlar, professional platformalar (masalan, Telegram, Google Jamboard, Zoom, Miro kabi vositalar) bilim almashish, muammolarni muhokama qilish, hamkorlikda rejalashtirish va innovatsion metodlarni joriy etish uchun samarali maydonga aylangan. An’anaviy metodik ish turlari aksariyat hollarda tezkorlik, tahlilchanlik va integrallikka yetarli darajada erisha olmaydi. Shu bois raqamli vositalar yordamida metodistlar tomonidan yaratilayotgan o‘quv-metodik materiallar, kalendar-rejalar, kuzatuv shakllari va ta’limiy monitoring tizimlari ancha samaraliroq va moslashuvchan shaklga ega bo‘lmoqda. Onlayn-kalendarlar va interaktiv jadvallar yordamida mashg‘ulotlar, kuzatuvlar, ota-onalar bilan aloqalar va metodik yig‘ilishlar bir tizimda yuritilishi mumkin. Biroq bu imkoniyatlardan to‘liq 9 Keengwe J., Bhargava M. Mobil o‘rganish va mobil texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish / J. Keengwe, M. Bhargava. – Moskva: Egves, 2014. – 737-746 b. 57 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 foydalanish uchun metodistlarning raqamli ta’lim muhitida kasbiy kompetentligini oshirish zarur. Chunki raqamli vositalardan samarali foydalanish ularni
Доказательный фрагмент
«В данном тезисе рассматривается роль цифровой образовательной среды в системе дошкольного образования, её влияние на педагогическую деятельность и значение для повышения профессиональной компетентности методистов.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данном тезисе рассматривается роль цифровой образовательной среды в системе дошкольного образования, её влияние на педагогическую деятельность и значение для повышения профессиональной компетентности методистов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital learning environment, methodologist, pedagogical activity, MOOC, raqamli ta’lim muhiti, raqamli texnologiyalar, interaktiv ta’lim, kasbiy kompetentlik, pedagogik faoliyat, ekologik barqarorlik., metodist, maktabgacha ta’lim
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025