Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY OILANING TARBIYAVIY SALOHIYATI
Toshkent shahridagi Puchon · Tasheva Nasiba Salimovna
Современная трансформация образования · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy oilaning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi o‘rni va tarbiyaviy salohiyati keng tahlil etilgan. Unda oilaning bola shaxsini shakllantirishdagi asosiy tarbiyaviy funksiyalari, ijtimoiy- ma’naviy qadriyatlarni singdirishdagi roli va tarbiya jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar yoritib berilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda oilaviy muhitning ijobiy-psixologik sharoitlarini yaratish, ota- onalarning pedagogik madaniyatini oshirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola pedagog va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodik tavsiyalar bilan boyitilgan. Kalit so’zlar: oila, maktabgacha ta’lim, tarbiya, muhit, munosabatlar, hamkorlik, ta’sir. Annotation: This article provides an extensive analysis of the modern family's role and educational potential in raising preschool-aged children. It highlights the family's primary educational functions in shaping a child's personality, its role in instilling socio-spiritual values, and contemporary approaches to the upbringing process. The necessity of creating positive psychological conditions within the family environment and enhancing parents' pedagogical culture for the comprehensive development of preschool-aged children is substantiated. The article is enriched with methodological recommendations of practical importance for educators and parents. Keywords: family, preschool education, upbringing, environment, relationships, cooperation, influence. www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 2-son May 2025 158 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi Har birimizning o‘z hayotimiz bor. O‘z tanish-bilishlar doirasi, istaklari, imkoniyatlari, odatlari - bugungi kunning murakkab dunyosida yashashning o‘ziga xos muhitimiz mavjud. Doimo yonida bo‘lib, yordam beruvchi, xalaqit qiluvchi, hayotini baham ko‘ruvchi, g‘ashini keltiruvchi, shu bilan birga shifo beruvchi o‘z farzandlarimiz bor. Farzandlarimiz do‘stimizga, suyanchig‘imizga aylanib, ezgu ishlarimizni davom ettiruvchi avlodimizdir. Shuningdek, ota-onalar hayotlarini nimaga baxshida etgan bo‘lsa, ular uchun nima qadrli va ahamiyatli bo‘lsa, aynan o‘sha narsalarga qarshi chiqib, dushman, raqib va barchasini ag‘dar-to‘ntar qiluvchi kimsalarga aylanib qolishlari ham mumkin. Farzandlarimiz kelajakda kim bo‘lishadi? Bu bizning qo‘limizda. Bu bizning ularga bo‘lgan muhabbatimizga, hayotiy nuqtai nazarimizga, ularga va boshqa barcha insonlarga ko‘rsatgan mehribonligimiz darajasiga bog‘liq. Maqola ertaga fuqaro, kurashchi, vatanparvar bo‘ladigan yoki bo‘lmaydigan bolalar haqida... Zamonaviy oilada tarbiyaviy salohiyatning muvaffaqiyati uchun zarur shartlar: oilaviy muhit; ota-onalarning vakolatlari; bolani o‘z vaqtida mehnatga jalb etish. Tarbiya - bu faqatgina maktabgacha yoshdagi bolaga ta’lim berayotganimizda, uni koyiganimizda yoki rag‘batlantirganimizda unga ta’sir o‘tkazish qobiliyati emas. Ota-onalarning namunasi eng muhim rol o‘ynaydi, garchi ular o‘z ta’sirlaridan bexabar bo‘lsalar ham. Bolalarning har qanday yutuqlari doimo kattalarning qo‘llab-quvvatlashiga bog‘liq bo‘ladi. Oilada, barcha a’zolar bir-birini o‘rgatadi va tarbiyalaydi. Bu bog‘liqlikni payqash qiyin. Rassom ota o‘g‘lining qobiliyatlari rivojlanishiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmayotganiga chin ko‘ngildan ishonadi, chunki u o‘g‘li bilan muntazam ravishda rasm chizish mashg‘ulotlarini o‘tkazmaydi. Uning ishlash paytida o‘g‘li yonida bo‘lgani, bola san’at kitoblarini va xonadagi rasmlarni tomosha qilgani, otasining do‘stlari - rassomlar bilan suhbatlariga guvoh bo‘lgani, va nihoyat, bu bolaning har bir rasmini kattalar malakali tarzda baholab, muhokama qilganlari - bularning barchasiga ota-onalar e’tibor bermaydilar. Chunki bular bolaning kundalik hayotining oddiy bir qismi, xolos. Kattalarning birgina so‘zi yoki harakati ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat www.tadqiqotlar.uz 19-to’plam 2-son May 2025 159 Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi kasb etib, bola hayotida chuqur iz qoldirishi mumkin. Oddiy tabassum yoki boshni ma’qullovchi qimirlatish ham xuddi shunday samara beradi. Bola o‘sib ulg‘aygan sayin aniq hayotiy voqealarni unutib boradi, faqatgina shaxsiyatni shakllantiradigan narsalar qoladi. Shu sababli, oilada qulay ta’lim sharoitining asosiy omillaridan biri - oiladagi ijobiy ruhiy muhit ekanligini ta’kidlash mumkin. Bilganingizdek, muhim shartlardan biri oilaviy muhitdir. Oila a’zolarining bir-biri bilan muloqot qilish usulini eng avvalo nima belgilaydi. Yaqin kishisini qiyin paytda tinglash, qo‘llab- quvvatlash qobiliyati. Ota-onalar o‘rtasidagi hurmat va samimiylik. Oilada ta’lim-tarbiyaning ikkinchi sharti - ota-onalarning bolaga maqsadli ta’sir ko‘rsatadigan ta’limiy usul va uslublaridir. Buning uchun bola bilan katta odamning hamkorligi albatta zarur. L.S. Vigotskiy nazariy va eksperimental jihatdan shuni ko‘rsatdiki, bola kattalar bilan birgalikda bajaradigan ishni mustaqil ravishda faqat ma’lum vaqt o‘tgach, ba’zan esa ancha uzoq muddat o‘tganidan keyingina uddalay oladi. Bu bolaga q
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada zamonaviy oilaning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi o‘rni va tarbiyaviy salohiyati keng tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada zamonaviy oilaning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashdagi o‘rni va tarbiyaviy salohiyati keng tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family, preschool education, upbringing, environment, tarbiya, munosabatlar, oila, ta’sir., maktabgacha ta’lim, muhit, hamkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024