Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
MUSTAQILLIK YILLARIDA MUZEYLAR RIVOJI
Islomjon Karimov Ilhomjon o’g’li
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mustaqillikga erishganimizdan so’ng muzeylar sohasiga berilayotgan e’tibor va yangi tashkil etilgan muzeylar haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari yoshlarmizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muzeylarning tutgan o’rni yuksakligi g’oyasi ilgari surilgan. Kalit so’zlar: madaniyat, muzey, ellinizm, virtual muzey, maqom muzeyi, fond, kolleksiya, O’zbekmuzey, milliy g’urur, madaniy meros. Aннотация: В этой статье рассказывается о новых организованных музеях и внимании, уделяемое музеям после достижения независимости. Также продвигается идея о большой значимости музеев в деле воспитания патриотического духа нашей молодёжи. Ключевые слова: культура, музей, эллинизм, виртуальные музей, статусные музей, инвентарь, коллекция, узбекмузей, национальная гордость, культурное наследие. Annotation: This article says about newly- organized museums and the attention which is paid to museums after gaining independence. The idea of the great importance of museums in education of the patriotic spirit of our youth is also advanced. Key words: culture, museum, hellinism, virtual museum, status museum, stock, collection, Uzbekmuzey, national pride, cultural heritage. Madaniyat insonning insoniylik mohiyatini belgilab beruvchi, uning jamiyatdagi o’rni, mavqei, rutbasi, salohiyati va saviyasini ko’rsatuvchi muhim omil sanaladi. Madaniyat ming yillar davomida shakllangan, insoniyat aqli, zakosidan yaralgan go’zal moddiy va nomoddiy boyliklarni, xalqning e’tiqodi, fe’l atvori, hulqi, irodasini o’zida mujassam etadi, shu bois, unga millat nisbati beriladi – milliy madaniyat deb ataladi. Milliy madaniyat haqida gap ketganda, bobolarimiz yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarimizni faxr bilan tilga olamiz. Dunyo madaniyati tamadduniga beqiyos hissa qo’shgan ajdodlarimiz yaratgan moddiy va madaniy meros butun insoniyat mulkiga aylanganidan quvonamiz. Vatanimiz istiqlolga erishgan ilk kundan boshlab milliy madaniyatimizni qadriyat va an’analarimizni yanada rivojlantirishga, yillar davomida saqlanib kelinayotgan asori-atiqalarimizni asrab-avaylash va kelajak avlodga bezavol yetkazishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 43 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir, deb baralla aytishga to’la asos beradi”[1]. Muzey – bu madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni aniqlash, muzey predmetlari vositasida axborotni to’plash va tarqatish uchun mo’ljallangan tarixiy belgilangan, ko’p qirrali ijtimoiy axborot muassasasidir[2]. Muzeylar madaniy-marifiy muassasa hisoblanib vazifalari asosan quyidagilardan iborat: – tarixiy hujjatlar, madaniy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash; – tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o’rganib ko’rgazmalarga qo’yish, keng xalq ommasiga havola qilish; – yoshlarda vatanparvarlik hissini yuksaltirish; – ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish ularni ma’naviy kamolotga yetkazish; – asori-atiqalarni kelajak avlodaga asrav-avaylab yetkazish; Har bir davlat taraqqiyot sari odimlar ekan, doimo tarixga nazar tashlab, mavjud urf-odatlar, an’analar hamda qadimiy yodgorliklarni o’rganishga va saqlashga intilishi tabiiy hol. Bu borada esa muzeylarning o’rni beqiyos. Chunki ular o’tmishdan kelgan madaniyat, ma’rifat, tabiat yodgorliklarining yaxlit tizimga solingan yig’indisi bo’lib, amaldagi tartiblarga muvofiq saqlanadi va namoyish qilinadi. Muzeylar tarixiga e’tibor qaratadigan bo’lsak dastlabki muzeylar qadimgi Yunoniston va Rimda paydo bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Bu mamlakatlarda ayrim san’at yodgorliklari ibodatxonalarda to’planib turli xildagi ko’rgazmalar tashkil etilgan. Keyinchalik Ellinizm davrida muzey kolleksiyalari vujudga kela boshladi. San’at, madaniyat va fan erishgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash Uyg’onish davrida Italiya so’ng Angliya, Fransiya, Germaniya mamlakatlarida boshlanadi. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Fransiyadagi Luvr muzeyi (1793) G’arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar hisoblanadi. Jahondagi eng yirik muzeylar asosan, XIX asrda paydo bo’ldi. Nyu-yorkdagi Metropoliten muzeyi (1870), Peterburgdagi Ermitaj muzeylari (1852) shular jumlasidandir[3]. O’zbekistonda dastlabki muzeylar yurtimizga Rossiya bosqinidan so’ng paydo bo’la boshladi. Jumladan 1874-yilda Samarqand, 1876-yilda Toshkent, 1895-yilda Yangi Marg’ilonda (xozirgi Farg’ona shahri) muzeylar tashkil etiladi[4]. Muzeylar ijtimoiy hayotda o’ziga hos o’ringa ega. Kishilar uchun eng avvalo ma’rifiy-madaniy, ilmiy va dam olish maskani bo’lgan muzeylarni o’tmish va hozirgi hayotimizning oynasi deyish mumkin[5]. 44 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 |
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mustaqillikga erishganimizdan so’ng muzeylar sohasiga berilayotgan e’tibor va yangi tashkil etilgan muzeylar haqida ma’lumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mustaqillikga erishganimizdan so’ng muzeylar sohasiga berilayotgan e’tibor va yangi tashkil etilgan muzeylar haqida ma’lumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- culture, museum, hellinism, virtual museum, status museum, stock, kolleksiya, O’zbekmuzey, ellinizm, milliy g’urur, madaniy meros., virtual muzey, fond, maqom muzeyi, madaniyat, muzey
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025