Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
JISMONIY TAYYORGARLIK VA SPORT SOHASIDA ILMIY PEDAGOGIK INNOVATSION TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
О.Б. Бебитов
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article reflects the main aspects of organizing innovative educational activities in the training of qualified, mature professional scientific and pedagogical specialists who meet modern requirements, possessing skills formed on the basis of education, upbringing, and scientific research in the field of physical training and sports. Keywords: physical training, innovation, innovation, pedagogical education, science, modernization, scientific and pedagogical mastery, innovative education, information technology, physical culture and sports, concept, pedagogical technique, pedagogical abilities. Dolzarbligi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatoriga iqtisodiy omillarning tanho o‘zi bilan o‘tib bo‘lmaydi. Bu borada barcha omillarning ahamiyati behad kattadir. Jamiyatda yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishda kishilarning 37 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 ruhiyatini o‘zgartirish, ularda islohotlarning talabiga mos keladigan yangi tafakkur tarzini shakllantirish nihoyatda muhim. Agar kishilarning ongida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlariga ishonch ruhi paydo bo‘lmas ekan, unda yangicha tafakkurni shakllantirishning iloji yo‘q. Bu borada Vataniga sodiq, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, yetuk tafakkurga ega bo‘lgan axborot innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash barcha davrlarda davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omillardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonni shaxs sifatida shakllanib borishida ta’lim-tarbiya hamda innovatsion ilmiy-tadqiqotlar asosida shakllanadigan ko‘nikmalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. O‘zbekistonda ushbu tizim doirasida bugungi kunga qadar bir qancha islohotlar amalga oshirildi. Xususan, kadrlar tayyorlash qonuni va milliy dasturining qabul qilinishi sohaning rivojlanishida muhim qadamlardan biri bo‘lib kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha kadrlarda ilmiy layoqatning rivojlanmayotganligining asosiy sabablaridan biri ulardagi bilim, ko‘nikma va malakalarning talab doirasida shakllanmayotganligidir. Bu borada yoshlardagi intilish va qiziqish layoqatlarini inobatga olish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishlarini ta’minlash, loyihalarini to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish, ma’lumotlarni electron tarmoqlarda to‘g‘ri joylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, loyihalarni tayyorlashdan ko‘ra ularni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish va bilish bugungi kunda muammoli vaziyatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki, katta avlod loyihalarini ishlab chiqishni bilsada, electron tarmoqlarda ishlay olmasligi, kichik avlod esa electron tarmoqda ishlay olsada, ishlab chiqish malakasiga ega emasligi ikki avlod o‘rtasida ilmiy hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirib borishini ko‘rsatmoqda. Jismoniy tarbiya va sport tizimini kuchaytirish tizimda vujudga kelayotgan innovatsion ilmiy tadqiqotlarga bo‘layotgan talablar doirasidagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin. Bugungi zamonaviy taraqqiyotning suratlari tobora tezlashib bormoqda, bu esa jismoniy tarbiya va sport tizimida turli sohalarning kirib kelishini kuchaytirishi bilan birgalikda, jismoniy tarbiya va sportni hamkorlikda rivojlanishini belgilab bermoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va sportdagi ijtimoiy – madaniy muammolar ahamiyatining ortib borishi hamda kirib kelayotgan texnika va texnologiyalarning turli darajadagi ta’sirlari sportchilarning sotsial qiyofasini, o‘rganish, ma’naviy qadriyatlar, din, madaniyat prizmasi ostida olib qarash orqali muammolarning xususiyatlarini tasniflash asosida tadqiq etish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. Ishning maqsad va vazifalari. O‘zbekiston ilm-fani bugun bozorning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga tez moslasha oladigan, mamlakatimiz va butun dunyoda 38 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 xaridorgir bo‘lgan ilm talab, yuqori texnologik mahsulot (xizmat)lar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tom ma’nodagi innovatsion iqtisodiyotning texnologik bazasini yatatishga qaratilgan. Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni modernizatsiyalash O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish borasida hal etilishi lozim bo‘lgan ustivor vazifalardan biri sanaladi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzulmasini yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash va u yerda o‘ziga munosib o‘rinni egallashi uchun ilm- fanning innovatsion yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ma’suliyatli vazifani mukammal darajada bajarish uchun esa milliy ilm-fanni hamda kadrlar tayyorlash tizimini jadal tarzda rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Eng
Доказательный фрагмент
«This article reflects the main aspects of organizing innovative educational activities in the training of qualified, mature professional scientific and pedagogical specialists who meet modern requirements, possessing…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reflects the main aspects of organizing innovative educational activities in the training of qualified, mature professional scientific and pedagogical specialists who meet modern requirements, possessing… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- physical training, innovation, innovation, pedagogical education, novatsiya, pedagogik texnika, innovatsion ta’lim, innovatsiya, pedagogik ta’lim, ilm-fan, pedagogik qobiliyat., jismoniy tarbiya va sport, jismoniy tayyorgarlik, konsepsiya, modernizatsiya, axborot texnologiyalari, ilmiy pedagogik mahorat
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021