Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALAR VA O'SMIRLARDA O'ZIGA BO'LGAN ISHONCHNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Xayrullayev Qodir Zarfulla oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola bolalar va o'smirlarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishda psixologik usullarni qo'llashni o'rganadi. Umumiy farovonlik va muvaffaqiyat uchun muhim bo'lgan o'ziga ishonch, shakllanish davrida turli xil psixologik omillar bilan shakllanadi. Xulosa ijobiy mustahkamlash, kognitiv-xulq-atvor usullari, rol modellashtirish va qo'llab-quvvatlovchi muloqotni o'z ichiga olgan samarali strategiyalar haqida umumiy ma'lumot beradi. Bundan tashqari, u ushbu usullarni amalga oshirishda individual farqlar va rivojlanish bosqichlarining ahamiyatini ko'rib chiqadi. Ushbu psixologik yondashuvlarni tushunish va qo'llash orqali ota- onalar, o'qituvchilar va tarbiyachilar bolalar va o'smirlarda mustahkam o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishga hissa qo'shishlari mumkin, bu ularning ishonchli, bardoshli shaxslar bo'lib o'sishiga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Psixologik usullar, o'ziga ishonch, bolalar, o'smirlar, ijobiy mustahkamlash, kognitiv-xulq-atvor usullari, namuna olish, qo'llab-quvvatlovchi muloqot, individual farqlar, chidamlilik. O‘z-o‘zini hurmat qilish va qadrlash bolalar uchun kelajakda jamiyatda qulaylikka erishishi uchun juda muhim. Qadr-qimmatni rivojlantirish barcha bolalarda ahamiyatli bo‘lib, u ishonch, qobiliyat va iste’dod bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zini hamisha past baholaydigan bolalar ko‘pincha qiyinchiliklarga, ijtimoiy muammolarga duch keladi. Bu borada bolada o‘zi to‘g‘ri baholashni qanday shakllantirish haqida psixolog Olga Romaniv quyidagilarni tavsiya etadi. Farzand bilan nafaqat o‘quv yoki qandaydir topshiriq yuzasidan, balki muhim sanalgan masalalar to‘g‘risida ham suhbatlashish va ularning fikrini ham hurmat qilish hamda inobatga olish zarur. Kuchsiz tomonlarni tan olgan holda yutuqlarni qadrlash haqida gaplashish farzand uchun juda foydali. Masalan, xarid qilish ro‘yxati onaning yodidan chiqqudek bo‘lsa, uni farzandlarga eslatib qo‘yish mumkin: “Men xaridlar ro‘yxatidagi narsalarni eslay olmayman, sen yordam bera olasanmi?”. Bu kabi kichik muammolarni farzand bilan birgalikda hal etish undagi harakatchanlik va mas’uliyat hissini oshiradi. Ba’zan bolalarni yaxshi bo‘lishi uchun kerakli masala haqida gaplashish ancha qiyin boladi. Ammo bu kabi mavzular aniq va lo‘nda bo‘lsa, to‘g‘ri baholash jarayonining rivojlanishiga yordam beradi. Asosiysi, muammolarni ochiqlashda ularni hech narsaga loyiq emasligini ta’kidlamaslik zarur. Aksincha, avvalgidan ham ko‘ra yaxshi bo‘lishiga undash tarzida suhbatlashish tavsiya etiladi. Odatda, o‘zini ijobiy baholash ma’lum maqsadga intilishdan kelib chiqadi. Shuning uchun tanqid o‘rniga, yosh va qiziqishiga mos bo‘lgan maqsadlarni taklif qilish mumkin. Masalan, “Nega kiyimlaringni hamma joyga yoyding?” emas, balki “Hamma kiyimlarni shkafga vaqtida qo‘ysang, ko‘proq o‘yin o‘ynashga imkon bo‘ladi” kabi. Ikkisini solishtirib ko‘rish mumkin, bola ikkinchi jumlaga ko‘proq e’tibor qaratishi tabiiy. Bolalarda paydo bo‘lgan salbiy fikrlar ustida ko‘proq ish olib borish kerak. Ya’ni salbiy fikrlarni bartaraf etishiga onalar ko‘proq yordam berishi kerak. “Men buni o‘qishni bilmayman”, 8 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo “Mashg‘ulotlarni bajarishga kuchim yetmaydi” kabi bolalarga xos bo‘lgan biroz qo‘rquv va dangasalik aralashgan fikrlarni vaqt o‘tib yaxshilanishiga ishontirish kerak. Shundagina ular barcha narsaning imkoni borligi va faqat buning uchun harakat qilish kerakligini anglab yetadi. Fikrlashni o‘stirish – xatolarni o‘rganish va to‘g‘ri xulosa chiqarishdir. Bola muvaffaqiyatsizlikka uchrash oddiy hol ekani va bu muammolarning yechimi borligini bilsa, unda baholash tushunchasi shakllana boradi. Iloji boricha farzandlarga o‘z xatolaridan saboq olishiga yordam berish kerak. Masalan “Bu safar sharbatni to‘kib yubording. Keyingi safar yana takrorlanmasligi uchun stakanni idish yuvish joyida tutib, so‘ngra sharbat quy”. Farzandni me’yorida maqtash juda foydali. Ammo qanday maqtash ham muhim. Ko‘pchilik bolasining intilishi-yu qiziqishini bir chetga surib, yakuniy natijaga qarab baho beradi. Ammo muammoni hal qilishda uning yondashuvi va to‘siqlarni yengib o‘tishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidlash lozim. Aniq va halol maqtovlar sog‘lom baholashni shakllantirishning kalitidir. Farzandni biror ishga ilhomlantirish uchun ularni boshqa tengdoshlariga aslo solishtira ko‘rmaslik kerak. Shunchaki ularning avvalgi ishidagi yutuqlarni misol qilish orqali ham bung erishish mumkin. Yoki ilhomlantirishi mumkin bo‘lgan qandaydir yaxshi voqeani ham aytib berish ham foydalidir. Bolalarda bu jarayon yuzaga kelganidan so‘ng o‘z-o‘zidan psixologik muammolar ham bartaraf bo‘ladi. O’smirlik davri 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlarida nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish, asosan, 5-sinflardan bos
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola bolalar va o'smirlarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishda psixologik usullarni qo'llashni o'rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola bolalar va o'smirlarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirishda psixologik usullarni qo'llashni o'rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- namuna olish, ijobiy mustahkamlash, kognitiv-xulq-atvor usullari, o'smirlar, Psixologik usullar, qo'llab-quvvatlovchi muloqot, individual farqlar, bolalar, chidamlilik., o'ziga ishonch
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026