К содержанию
РецензированоUZ2026

MUSTAQILLIK DAVRIDA O`ZBEKISTONDA MUZEYLAR VA MUZEY ISHI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Inoyatillayeva Dilnoza Inoyotillo qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqola Oʻzbekistonda Mustaqillik davrida muzeylar va muzey ishi mavzusini qamrab oladi. Mustaqillik yillarida qandimgi muzeylar va sanʼat muzeylari rivojlantirildi, rekonstruksiya qilindi, yangi muzeylar ochildi. Bunday muzeylar orqali Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va sanʼat turizmi rivojlandi. Muzeylarga eʼtibor ortdi. Uy muzeylari tashkil qilindi va eksponatlar soni ortdi. Muzey fondlari tashkil qilindi. Kalit soʻzlar: muzey, fond, muzey ishi, qonunlar, ma'daniyat, ekspozitsiya, eksponat, Oʻzbekmuzey. Mustaqil vatanimizda milliy o`zlikni tiklashga alohida e`tibor berilmoqda. Zero bizning yurt ajdodlarining tarixda ko`rsatgan buyuk xizmatlarini xolis o`rganish va targ`ib etish alohida ahamiyat kasb etadi. Sovet davrida faqat «Qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan muzeylar endilikda milliy o`zlikni anglashga xizmat qilishi lozim. Mustaqillik davrida muzeylar ishiga alohida e`tibor berilmoqda. Buning bir qancha omillari bor: Birinchidan, mustamlakachilik yillarida ongimizdan o`chirib tashlangan milliy tuyg`ularni qayta tiklash; Ikkinchidan, milliy g`urur, milliy ongni yuksaltirish uchun unutilgan tariximizni qayta tiklash; Uchinchidan, ajdodlar hurmatini joyiga qo`yish, yosh avlodni ajdodlar nomi va merosi bilan faxrlanishga o`rgatish, milliy g`ururini yuksaltirish, buyuk an`analarning davomchisi etib tarbiyalash; To`rtinchidan, milliy qadriyatlarimiz bizga demokratik, xuquqiy, qudratli O`zbekiston davlatini barpo etish uchun «O`zbekiston kelajagi buyuk davlat» g`oyasini ro`yobga chiqarish uchun kerak Beshinchidan, milliy qadriyatlarimiz mamlakatimizning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallashi, kelgusi avlodlarga ozod va obod Vatan qoldirish uchun kerak. Ushbu yo`nalishlarga Prezidentimiz asarlarida qayta-qayta to`xtalib o`tmilmoqda.Ana shu maqsadlar hukumat siyosiy tadbirlarida o`z ifodasini topmoqda. 1998 yil 12 yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Farmonda asosan O`zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimining shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularning xalqning ma`naviy-ahloqiy kamolotida tutgan o`rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini mustaqilligimizning odimlarini aks ettiruvchi, noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o`rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ`ib qilish, ulardan xalqimizning ongida milliy g`urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish yo`lida keng foydalanish, muzeylarning zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, moddiy- texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo`llashga zarur sharoitlar chora tadbirlar- madaniyat ishlari vazirligi qoshida muzeylarni qo`llab quvvatlovchi 52 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo «O`zbekmuzey» jamg`armasi tashkil etildi. Bu jamg`arma muzeylar fondlarida yillar davomida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixidan guvohlik beruvchi noyob nodir eksponatlarni avaylab asrash, ularni ilmiy tomonlarini o`rganish, ta`mirlash, yangi eksponatlar bilan muzey zallarini boyitish bilan shug`ullanmoqdalar.Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo`jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta`limi tizimida 1200 dan ortiq muzeylar bo`lib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, o`nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san`at arboblari uy muzeylari mavjud.Bu muzeylar xalqimizning uzoq tarixidan xikoya qiluvchi, moziydan sado beruvchi ma`naviyat maskanlari bo`lib, milliy mafkura va tafakkurni rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g`urur va iftixorni yuksaltirishda ulug` qadamjolar bo`lib qolmoqda.O`zbekiston Vazirlar Maxkamasining «Muzeylar faoliyatini tubdan qo`llab quvvatlash masalalari to`g`risi» dagi 5 mart 1998 yil 98 sonli qarori «O`zbekmuzey» jamg`armasiga, O`zbekiston muzeylar jamoatchilik kengashining xalqaro muzeylar kengashi-IKOMga a`zo bo`lganligini hisobga olib, O`zbekiston muzeylariga har tomonlama yordam ko`rsatish vazifasi topshirildi. Ushbu qarorda mamlakat muzeylarini ta`mirlash, zarur texnik vositalar va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda mablag` bilan ta`minlash vazifalari yuklatilgan.Mazkur qarordan ilhomlangan «O`zbekmuzey» hodimlari qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Mavjud barcha o`zbek muzeylari fondidagi eksponatlarni yagona ro`yxatini tuzish, eksponatlarni doimiy himoya qilish sharoitlarini yaxshilash, saqlanayotgan eksponatlarning qat`iy nazoratini ta`minlash, ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlardagi muzeylarda saqlanayotgan tariximizga va ma`naviy boyligimizga oid osoriatiqalarni, shuningdek, qadimiy qo`lyozmalarni ro`yxatga olish, ularni halqimizga tanishtirish, shuningdek, muzeylardagi nodir eksponatlarni dunyoga olib chiqish, jahon xalqlariga t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Oʻzbekistonda Mustaqillik davrida muzeylar va muzey ishi mavzusini qamrab oladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Oʻzbekistonda Mustaqillik davrida muzeylar va muzey ishi mavzusini qamrab oladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muzey ishi, ma'daniyat, qonunlar, ekspozitsiya, fond, Oʻzbekmuzey., eksponat, muzey
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники