Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdurashidova Musharrafoy Ibrohimjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning uchun esa, avvalo, o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini tashkil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari, ularning vakolatlari, ahamiyati, tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari, shuningdek, ular tomonidan hokim faoliyatini nazorat qilishning mamlakatimizda amalda bo’lgan huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritiladi. Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati faoliyatida qo’llash mumkin. Kalit soʻzlar: hokimiyat, qonun, hujjat, kengash, deputat, vakillik, ijroiya, deputat. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o’zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirishga kirishdi. Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini chegaralash, ularning o’z vazifalarini mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun choralar ko’rila boshladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun o’zbek milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy ijroiya hokimiyatining boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi.Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Oʻz) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993- yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitusiyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, 63 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlati Oʻzbekidton Respublilasi qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadiMahalliy davlat hokimiyati organlari hokimiyat organlari 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bi
Доказательный фрагмент
«Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vakillik, kengash, hokimiyat, qonun, deputat., hujjat, ijroiya, deputat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025