Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KURASHCHI O‘QITUVCHI MURABBIYNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Murotova Nishona (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola kurashda kurashchi o‘qituvchi murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari xaqida . Kalit so‘zlar: Murabbiy, kurashchi, sport psixologik, pedagogik,musobaqa, faoliyat, tayyorgarlik. Bugungi kunda dunyoning 5 qit’asidagi 70 dan ortiq mamlakatlarda, jumladan, Kanada, Boliviya, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Turkiya, Hindiston, Shri-Lanka, Eron, YAponiyada Kurashning minglab ixlosmandlari bor. Hatto O‘zbekiston uchun “g‘aroyib” sanalgan Dominikan Respublikasi, Paragvay, Ekvador, Zambiya, Nigeriya, Mavrikiya kabi davlatlar zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan kurash usullarini o‘rganishga harakat qilishmoqda. Sport kurashi murabbiyining kasb-pedagogik faoliyati ko‘p qirralidir. U bir qator majburiyatlarning bajarilishini o‘z ichiga oladi. Ular orasida quyidagilarni ajratish lozim: o‘quv-tabiyaviy ishlar, kurashchilarning trenirovka va musobaqa faoliyatini boshqarish, sportga layokatli va iqtidorli bolalar orasidan saralash, ilmiy-usuliy ishda qatnashish, musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish, trenirovkalar hamda musobaqalarni moddiy-texnik ta’minlash, shaxsiy kasb mahoratini oshirish. Murabbiyning o‘quv-tarbiyaviy vazifasi eng muhimlardan biri hisoblanadi. U shug‘ullanuvchilarni sport kurashining texnik-taktik harakatlariga o‘rgatish, jismoniy va ahloqiy-iroda sifatlarini rivojlantirish, har tomonlama rivojlangan insonni shakllantirish malakasidan iborat. O‘qitish vazifasi murabbiyning texnik harakatlarni namunadek ko‘rsatib berish, mashqni qisqa va oson tushuntirish, texnikadagi xatolar hamda uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash, kuzatish uchun to‘g‘ri joy tanlash, bajarilayotgan mashq texnikasini o‘quvchi bilan tahlil qilish, usul uchun tayyorgarlik harakatlarini, usul va yakunlovchi harakatni bajarishda mumkin bo‘lgan ushlashlarni tanlash malakasini o‘z ichiga oladi. Murabbiy jismoniy va ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashda usuliy yondashishlarni tabaqalash, Murabbiyiovka nagruzka-larini me’yorlash, shug‘ullanuvchilarning alohida xususiyatlariga qarab, tegishli vositalar hamda usullarni tanlashni bilishi zarur. Murabbiy sportchilar tayyorgarligini maqsadli boshqarish uchun quyidagilarni bilishi lozim: sportchilar, shuningdek ular yashaydigan, trenirovka qiladigan va musobaqalashadigan muhit to‘g‘risida axborot to‘plash hamda uni tahlil qilish; sportchilar tayyorgarligi strategiyasi to‘g‘risida qaror chiqarish; ularning tayyorgarlik rejalari va dasturlarini tuzish; sportchilar tayyorgarligi dasturi hamda rejasini amalda ro‘yobga chiqarish; buning uchun tuzilgan dastur va rejalarning amalga oshirilishini nazorat qilish; zarur hollarda trenirovka jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish. 82 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Kurashchilar tayyorgarligi dasturlari va rejalarining mu-vaffaqiyatli amalga oshirilishi Murabbiyning trenirovka mashg‘uloti, ish kuni, mikro-, mezo- va makrosikllar davomida trenirovka jarayonini oqilona tuzishni amalga oshira olgandagina, shuningdek pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik vositalar hamda uslublardan iborat tiklanish tadbirlar to‘g‘ri foydalanilgan taqdirdagina mumkin bo‘ladi. Musobaqa faoliyatini boshqarish oldinda turgan musobaqa bellashuvlari rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirishni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Murabbiy oldinda turgan bellashuv rejasini ishlab chiqishda o‘quvchisining raqib ustidan g‘alaba qozonishi uchun eng samarali taktik harakatlarni aniqlash maqsadida raqib to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. Musobaqa faoliyatini nazorat qilish va uni keyinchalik tahlil etish u yoki bu sportchi tayyorgarligidagi kuchli hamda bo‘sh tomonlarni aniqlashga yordam beradi. Bellashuv davomida kurashchilar musobaqa faoliyatini boshqarish malakasi turli texnik- taktik vaziyatlarni kuzatish hamda tahlil qilish, shuningdek muayyan ko‘rsatmalar shaklida zarur qarorlarni chiqarish malakasidan hosil bo‘ladi. Kurashchilar tayyorgarligining ko‘p qirrali tizimida saralash vazifasi muhim ahamiyatga ega. U Murabbiyning bilimlari va pedagogik tajribasi asosida yosh hamda yuqori malakali sportchilar uchun turli holdagi saralash mezonlaridan foydalanib, eng iqtidorli sportchilarni aniqlash malakasi bilan ifodalanadi. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yuqori malakali mutaxassis o‘z kasb darajasini muntazam oshirib borishi lozim. Buning uchun u ilmiy-usuliy ish olib borish malakasiga ega bo‘lishi, tadqiqot vazifalarini oldinga qo‘yishni bilishi, tegishli tadqiqot-usullari hamda uslublarini tanlay olishi, olingan ma’lumotlarni tahlil qila olishi lozim. Murabbiy o‘z amaliy faoliyatida turli musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazishni bilishi zarur. Buning uchun u kurash turi qoidalarini bilishi, hakamlik vazifalarini bajara olishi va musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha zarur hujjatlarni tayyorlay olishi lozim. Trenirovka jarayonini yuqori darajada tuzish uchun Murabbiyning sport zalini moddiy-texnik jihozlash, kurash zallari va tiklanish markazini asbob-anjomlar bilan jihoz-la
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola kurashda kurashchi o‘qituvchi murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari xaqida .»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola kurashda kurashchi o‘qituvchi murabbiyning pedagogik va psixologik xususiyatlari xaqida . Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tayyorgarlik., musobaqa, pedagogik, kurashchi, Murabbiy, faoliyat, sport psixologik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025