К содержанию
РецензированоUZ2026

CHET TILLARINI O‘RGANISH JARAYONIDA KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARINING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xoljigitov Xasan Baxodirovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Maqolada chet tillarini o‘rganishda kichik maktab yoshi davridagi bolalarda uchraydigan psixologik muammolar, ularni bartaraf qilish va chet tilini oson o‘rgatish usullari hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni chet tillariga qiziqtirish to‘g‘risida bir qator foydali tavsiyalar berib o‘tilgan. Hozirgi kunning dolzarb mavzusi bo‘lishga ulgurgan zamonaviy va ta’lim va uning sohalari bo‘yicha ham qisqacha bayonot qilingan. Kalit so‘zlar: Chet tili, o‘quvchi, qiziqish, psixologik yondashish, o‘rganish, zamonaviy ta’lim. Hozirda kichik maktab yoshidagi o‘quchilarga sifatli ta’lim olishi uchun katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa chet tillarni o‘rganish bo‘yicha bir qancha imkoniyatlar yaratildi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev bunga katta e’tibor qaratmoqda va “PQ 1875 Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ham tasdiqlandi. Bundan tashqari, til o’rganish uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi amalga oshirilgan bu bizga bepul chet tillarini o‘rganish imkoniyatini beradi. Shunday imkoniyatlar yaratilsa ham lekin, til o‘rganish va o‘rgatish mobaynida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda bir qancha muammolarga duch kelmoqdamiz. Ayniqsa, psixologik individual xususiyatlarini aytishimiz mumkin, mening fikrimcha kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatish davomida asosan psixologik xususiyatlarga ham e’tibor berishimiz kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalar 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lib ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hisoblanadi. Bu vaqt oralig’ida bolaning hayoti va faoliyatida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Har qanday bola alohida shaxs individ hisoblanadi, tabiiyki ulardagi rivojlanish bosqichlari ham bir biridan keskin farq qiladi. Psixologlarning fikricha bolani erta yoshdan gapirishga majbur qilish yoki uni tengdoshlariga qiyoslab rivojlantirishga harakat qilish ko‘p hollarda aks ta’sirini beradi va yaxshi bo‘lmagan natijalarga olib keladi. Bundan tashqari, bolalar uzoq muddat davomida o‘z diqqatlarini bir turdagi faoliyatga qarata olmasliklarini yodda tutish zarur. Barchamizga tanish bir yod g‘oya bor bu ham bo‘lsa, ota-ona o‘z farzandini har tomonlama yetuk bo‘lishini istashidir va o‘z farzandlariga psixologik hamda fiziologik tayyorligini hisobga olmasdan unga bir qancha fanlardan yuklamalar berishga yoki sport mashg’ulotlariga jalb qilishga harakat qiladi. Bundan kichik maktab yoshidagi bolalar charchashi yoki shug‘ullanayotgan mashg‘ulotidan samaradorlik bo‘lmasligi mumkin. Negaki, ularning tabiati bu paytlarda o‘yinqaroq va shaddod bo‘ladi. Ingliz tilini o‘rganishda psixik jarayonlar ham muhim rol o‘ynaydi. Bulardan birinchisi, bu idrok tevarak-atrofdagi olam hodisalarini sezgilar yordamida bilish jarayoni. Idrok etish jarayoni axborotni tahlil qilish va qayta ishlashni ta’minlaydi. Tadqiqotlar mobaynida 1 va 2- 107 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sinf o‘quvchilarining chet tilini o‘rganish davomida idrok etish jarayoni boshqa sinflarga qaraganda kuchsizroqligini ko’rsatdi. Ikkinchisi va eng asosiysi bu diqqatdir. Diqqatning 3 ta turi mavjud bo‘lib ixtiyoriy, ixtiyorsiz va ixtiyordan keyingi diqqatdir. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat bo‘lib, ularda ixtiyoriy diqqat juda zaif b o‘lishini tadqiqotlar mobaynida yaqqol guvohi bo‘ldik. Til o‘rganish jarayonida diqqatning o‘rni katta. Chunki, o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishiga e’tibor qaratmasa mavzu haqida tushunishida muammolarga duch kelishi mumkin, bundan tashqari chet tillarini o‘rganish vaqtida ko’proq diqqat talab etiladi. Uchinchisi bu xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayondir. Maktab davrdagi o‘quvchilarda ko‘rgazmali-obrazli xotira rivojlangan bo‘lib chet tillarni o‘rganish jarayonida bu xotira muhimligiga amin bo‘ldik. O‘qituvchilar chet tillarini o‘rgatish davomida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlariga katta e’tibor berilishi kerak. Negaki, har bir o’quvchining psixologik xususiyati turlicha bo‘ladi va bunga alohida vaqt ajratishi kerakligini ham ko‘rib chiqdildi. O‘qituvchilarning chet tilini o‘rgatish jarayonida ba’zi o‘quvchilar tez tushunadi chet tili mavzularini lekin ba’zilarida esa bu vaziyatning teskarisi bo‘lishi mumkin. Bunday kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga alohida e’tibor va vaqt ajratish kerak. Yana bir muhim muammo bor,bu ham bo‘lsa chet tilini o‘rgatishda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni diqqatini darsga jalb qilish judayam qiyin. O‘rta sinf o‘quvchilari uchun ba’zi mavzular juda murakkablik qiladi.bunday yishdagi o‘quvchilarni qiyinchilik va murajjablik bilan o‘qitish ularga nisbatan bo‘lgan psixologik bosim bo‘lib qolishi ham ajab emas. Darslar qiziqarli va oson bo‘lishi uchun ko‘plab metodlar va ko‘rgazmali o‘yinlar ham mavjud.Biroq,darsdan so‘ng berilaigan uyga vazifalar ham biroz qiyinlik qilishi tabiiy hol.Chunki,o‘q

Доказательный фрагмент

«Maqolada chet tillarini o‘rganishda kichik maktab yoshi davridagi bolalarda uchraydigan psixologik muammolar, ularni bartaraf qilish va chet tilini oson o‘rgatish usullari hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni chet…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada chet tillarini o‘rganishda kichik maktab yoshi davridagi bolalarda uchraydigan psixologik muammolar, ularni bartaraf qilish va chet tilini oson o‘rgatish usullari hamda kichik maktab yoshidagi bolalarni chet… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘rganish, o‘quvchi, zamonaviy ta’lim., Chet tili, psixologik yondashish, qiziqish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники