Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INFLATSIYA VA INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Raxmatullayeva Feruza Azimovna (in-academy.uz/index.php/yo) · Hamdamova Muxlisaxon Umidjon qizi (Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti)
Молодые ученые · 2 · 2026
Аннотация
Inflyatsiya O‘zbekiston oldida turgan muhim iqtisodiy muammo bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti va jamiyat hayotining turli sohalariga ta’sir qiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda inflyatsiyaning sabablari va oqibatlari o‘rganilib, unga qarshi kurashish bo‘yicha hukumat strategiyalari tahlil qilinadi va ularning samaradorligi baholanadi. Unda O‘zbekistonning inflyatsiyaga qarshi chora- tadbirlar ko’rib chiqiladi. Mavjud adabiyotlar va statistik ma’lumotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish orqali ushbu maqola O‘zbekistondagi inflyatsiyaning hozirgi holati haqida tushuncha beradi va kelajakdagi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlarni bildiradi. Kalit so’zlar: inflatsiya, antiflyatsiya, inflatsiya surati o’sishi, antifilyatsiya siyosati, inflatsiyaga qarshi siyosat. Inflyatsiya - bu narxlarning doimiy umumiy o'sishi bo'lib, unda naqd pul shaklida yoki hisobvaraqlarda saqlanadigan barcha shaxsiy jamg'armalarning haqiqiy qiymati pasayadi. Narxlarning oshishi, albatta, ushbu jamg'armalar egalari sotib olishlari mumkin bo'lgan mahsulotlar massasini kamaytiradi. Birinchi navbatda, inflyatsiyaning boshlanishi bilan doimiy va nominal daromad oluvchilar, shu jumladan, byudjet sektori xodimlari va pensionerlarning real daromadlari kamaymoqda. Shuningdek, inflyatsiya aholi jamg'armalarini kamaytirishi mumkin. Inflyatsiya orqali kreditorlar va qarzdorlarning daromadlari qayta taqsimlanadi, ular orasida qarzdor yutuq holatidadir.[5] Inflyatsiya har bir inson, jamiyatning barcha qatlamlari va barcha bozor sohalarining farovonlik darajasiga ta'sir qilishi mumkin. Xususiy inflyatsiya tushunchasi mavjud bo'lib, u ma'lum turdagi mahsulot narxining oshishi shaklida yuzaga keladi. Inflyatsiya ham umumiy bo'lishi mumkin, bunda xavf butun iqtisodiyot uchun namoyon bo'ladi. Inflyatsiyaning asosiy ko'rsatkichi - bu mahsulot narxiga nisbatan odam daromadining sekin o'sishi. Inflyatsiya bilan joriy real iste'mol xarajatlarining pasayishi, turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu indeksatsiya va aholini himoya qilishning boshqa usullari bilan bog'liq bo'lib, ular yangi dinamikaga moslasha olmaydi. Daromadga soliq solishning progressiv tizimiga ega bo'lgan iqtisodlarda o'zini namoyon qiladigan inflyatsion investitsiyalarning ta'siri ham halokatli bo'ladi. U ijtimoiy tabaqalanishni keltirib chiqarishga, jamiyatning mulkiy tengsizligini chuqurlashtirishga qodir. Inflyatsiya davrida daromadlar qayta taqsimlanadi.[6] Antiinflyatsiya siyosati - davlat organlari tomonidan pul-kredit islohotlari orqali inflyatsiyaga qarshi kurash chorasidir. Pul islohotlarini amalga oshirish usullari quyidagilardan iborat: - bekor qilish, ya'ni eskirgan pul birliklarini chiqarib tashlash va yangi birliklarni joriy etish to'g'risidagi e'lon. 110 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo - devalvatsiya, ya'ni pul birliklarida oltin tarkibining pasayishi yoki milliy valyutalarning oltin, chet el valyutasi, kumush kurslarining pasayishi. - denominatsiya, ya'ni nollarni kesib tashlash usuli. Usul eski banknotaning yangisiga o'rnatilgan nisbati bo'yicha ayirboshlash shaklidagi pul birligini kattalashtirishdan iborat. Xuddi shu nisbatda narxlar, tariflar, ish haqi, bank hisobvaraqlaridagi naqd pul qoldiqlari, tashkilotlar balanslari qayta hisoblab chiqiladi.[7] O‘zbekiston statistika agentligi 2023-yil yakunlari bo‘yicha 8,77%lik inflyasiya yuz bergani e’lon qildi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, bu yangi davrda qayd etilgan eng past inflyatsiya hisoblanadi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, “dekabrda oylik inflyatsiya 1,24%ni tashkil etgan, bunda oziq-ovqatlar 1,3% ga, nooziq-ovqatlar 1,0% ga, xizmatlar 1,5% ga qimmatlagan. Asosiy oziqlardan shakar 0,8% ga, guruch 0,4% ga, tuxum 0,3% ga, qo‘y go‘shti 0,3% ga, mol go‘shti 0,2% ga, yog‘ 0,2% ga, un 0,1% ga arzonlagan.[8] Shuningdek, statistikaga ko‘ra, benzin oy davomida 3,3% ga, propan 5,1% ga oshgan bo‘lsa, metan narxlari o‘zgarmagan”, — deb sharhlaydi ma’lumotlarni iqtisodchi. Inflyatsiyaga qarshi siyosat - davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi inflyatsiya jarayonlarini bostirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Inflyatsiyaga qarshi siyosat ko'pincha ikki usul bilan amalga oshiriladi: 1) deflyatsiya siyosati 2) daromad siyosati Deflyatsion siyosat pulga bo'lgan talabni pul, kredit, soliq mexanizmi orqali tartibga soladi. U davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish, pul massasini cheklash bilan birga soliq yukini oshirish orqali amalga oshiriladi. Deflyatsiya siyosati har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiy o'sishning sekinlashishiga olib keladi.[9] Daromad siyosati narxlar va ish haqini to'liq muzlatish yoki ularning o'sishiga chegara belgilash orqali parallel nazorat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Daromad siyosatini amalga oshirish ko'pincha ijtimoiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Umumiy inflatsiya darajasi bugungi kunda prognoz koridorimiz doirasida pasayib boryapti. Lekin aynan o‘sha oziq-ovqat guruhidagi narxlar biroz y
Доказательный фрагмент
«Inflyatsiya O‘zbekiston oldida turgan muhim iqtisodiy muammo bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti va jamiyat hayotining turli sohalariga ta’sir qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюInflyatsiya O‘zbekiston oldida turgan muhim iqtisodiy muammo bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti va jamiyat hayotining turli sohalariga ta’sir qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inflatsiya, antifilyatsiya siyosati, inflatsiya surati o’sishi, inflatsiyaga qarshi siyosat., antiflyatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025