К содержанию
РецензированоUZ2026

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · HUQUQIY ASOSLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · G‘aniyev Ruslanbek Rustambek o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari hamda malakatimizda ushbu tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan chora- tadbirlar yoritib o’tilgan. Kalit so’zlar: kichik biznes, tadbirkorlik, kichik korxona, daromad, talab, taklif. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlarni yaratish jamiyatda samarali bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfini qo’llab- quvvatlash va fuqarolik jamiyatining yangi demokratik institutlarini barpo etishning muhim shartidir. Bu muhim vazifa bo’lib, uni hal etishning butun murakkabligi har bir davlatning o’ziga xosligidan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishga noan’anaviy, nostandart yondashuvni taqozo etadi. Kichik biznes faoliyati bilan shu g’ullanuvchi korxonalar davlatga bog’liq bo’lmagan holda, ya’ni katta kapital mablaglarsiz o’zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo’qotishlari mumkin. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g’oyat katta ahamiyatga ega. Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan- yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O’zbekiston Respublikasining O‘RQ-821-son «Mulk to’g’risida», O‘RQ-328-son «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to’g’risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o’tishda tobora o’z o’rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta’minlovchi tizimning asosiy bog’lovchilik sifatini namoyon etmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashning ishonchli tayanchi bolgan mulkdorlar sinfini, ya’ni o’rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik resurslardan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga qaratilgan iqtisodiy faoliyatning muhim turi hisoblanadi. Bu jarayon quyidagicha izohlanadi: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik deganda shaxslarning tavakkalchilikka oid javobgarlik bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati tushuniladi; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik resurslardan yanada oqilona foydalanishga yo‘naltiriladi, bu esa cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladi; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik qo‘shimcha daromad va foyda keltirsagina oqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni barpo etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining ahamiyati katta bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish turli subyektlar yordamida amalga 118 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo oshiriladi. Subyektlarni tashkil etish aholining talab va taklifiga asosan, har xil tadbirkorlik shakllarida amalga oshiriladi. Tarbirkorlik faoliyatini yuritishning muhim 4 asosi mavjud: 1. Tadbirkorning ijtimoiy ishlab chiqarish asosi - insoniyatning mavjud bo’lishi uchun eng oddiy va eng asosiy hayotiy ne’matlar yaratib berishdir. 2. Tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy asoslari - korxonani tashkil etish, korxonaning tashkiliy tuzilmasi, bo’lim, bo’g’in, guruhlaming tizimli bog’lanishi, faoliyatni bir ishlab chiqarish obyekti sifatida tuzilishidir. 3.Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari - tadbirkor o’z faoliyatini yuritish, korxonalar ochish, mahsulotni yetishtirib iste’molchiga yetkazib berish jarayonida qo’llaniladigan va qonunchilik idoralari tomonidan ishlab chiqilgan qonuniy hujjatlardan foydalanish tushuniladi. 4. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy asoslariga - tadbirkor tomonidan yaratiladigan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan moddiy, moliyaviy, mehnat va ijtimoiy resurslardan samarali foydalanish tushuniladi. Yangi O’zbekistonda jadallik bilan o’sayotgan iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va ularni muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro’yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki

Доказательный фрагмент

«Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
talab, kichik biznes, taklif., daromad, tadbirkorlik, kichik korxona
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники