Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY XALQ O’YINLARINING TA’LIM - TARBIYADAGI AHAMIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Rustamova Kamolaxon Rustamovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 99-103 · 2026
Аннотация
The article provides guidance and suggestions for secondary school students on the use of national folk games in physical education classes and extracurricular activities, as well as its importance in education. Keywords: national folk games, physical education, student, age, sports, development, occupation, result, quality. Hozirgi kungacha Respublikamizda aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar, ѐki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar. Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va umuman harakatli o’yinlar ancha yutuqqa ega bo’lar yedi. CHunki har bir o’yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri belgilanadi. Ma’lumki o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatdan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan. Ayniqsa, xalq o’yinlari Forish tumanining chekka tog’li joylarida yaxshi saqlanib qolgan edi. Xalq milliy o’yinlari, jumladan o’zbek milliy o’yinlari barcha xalqelatlar kashfiѐtlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs, ertak va h.k.) insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga xos etno- va filoontogenetik xususiyatlar asosida “ixtiro” qilingan va shakllanib kelgan. Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o’yinlari aholining turli yosh va qatlamlari o’rtasida azaldan rivojlanib kelgan bo’lsada, “oq” va “qizil” imperiyalar davrida ushbu o’yinlarning ommalashuvi nihoyatda chegaralangan edi. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakatli o’yinlari millatimiz qadriyatlari sifatida qayta tiklana boshladi va hozirgi kunda nafaqat xalqimizning eng sevimli mashg’ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari o’quv rejalariga to’laqonli fan sifatida kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki, xalq milliy harakatli o’yinlarining ilmiyuslubiy asoslari, ularning psixofunksional mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati hamda qiymati xali deyarli o’rganilmagan. Ayni kunda yuqorida muhokama etilgan milliy harakatli o’yinlarning ochilmagan qirralari, ushbu yo’nalishga oid muammolarni o’rganish va haѐtga tadbiq etish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimidagi dolzarb masalalardan biridir. O’zbek xalq o’yinlari xalqning o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, ѐshiga, salomatligiga ko’ra qo’llanilgan. 123 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo O’zbek xalq o’yinlarida kasalliklarni davolash uchun va o’rgatish jaraѐnida keng ko’lamda foydalanish mumkin. Kasallikni oldini olish uchun qo’llaniladigan o’yinlarni o’yinlar bilan kasaldan chiqqan odamda qo’llaniladigan o’yinlarni farqini bilish juda zarur. CHunki ularni jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi darkor. O’rgatish jarayonida esa ko’nikma va malakalarni shakllantirishga muvofiq o’yinlar tanlab beriladi. Yuqoridagilarni nazarda tutib o’zbek xalq o’yinlarini quyidagi toifalarga ajratish mumkin: harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o’yinlar; darsni ayrim qismlarida qo’llaniladigan o’yinlar; turli ѐshdagi bolalar faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar; bolalar jinsiga qarab qo’llaniladigan o’yinlar; ruhiy hissiѐtlarni rivojlantiruvchi o’yinlar; yorug’ va qorong’u sharoitlarda qo’llaniladigan o’yinlar; haѐtiy zarur malakalarni egallashda ѐrdam beruvchi va takomillashtiruvchi o’yinlar; sport faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar. Natijada umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda milliy xalq o’yinlaridan foydalanish orqali bolani jismoniy va ma’naviy- tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar: osilish va osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, yugurish: “Quvlashmachoq”, “Mokki”; o’tirish, turish: “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”; to’xtash sakrash: “Qarmoqcha”. Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch: “Tortishmachoq”; tezkorlik: “Kun va tun”; yepchillik: “To’p uchun kurash”, “Lapta”, “Qirq tosh”; chidamkorlik: “Quvib yet”; yegiluvchanlik: “Ko’prik va mushuk”. Darsning yakuniy qismida qo’llaniladigan o’yinlar: “Kim keldi”, “Kimni ovozi”, “Durra soldi”, “Daqiqa”, “Momojon ѐrdam bering”. Sport turiga xos harakat malakalarini shakllantirishda qo’llaniladigan o’yinlar: “Qal’a himoyasi”, “To’pni qaytar”, “Uzatdingmi o’tir”, “Quvib yet”, “Kun va tun”, “O’ylab top”, “G’ovvoslar”. Sog’lomlashtirish maskanlarida o’tkaziladigan o’yinlar: “Semir pufagim”, “Besh tosh”, “Keglini urib yiqit”, “Insiz quѐn”. Qo’shiqlar bilan ijro etiladigan o’yinlar: “Lapkar”, “Tez aytish”, “Guldurgup”, “Oq terakmi, ko’k terak”. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablari o’quvchilariga jismoniy tarbiya darslari va sinfdan tashqari mas
Доказательный фрагмент
«The article provides guidance and suggestions for secondary school students on the use of national folk games in physical education classes and extracurricular activities, as well as its importance in education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article provides guidance and suggestions for secondary school students on the use of national folk games in physical education classes and extracurricular activities, as well as its importance in education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- national folk games, physical education, student, age, sports, development, sifat., milliy xalq o’yinlari, o’quvchi, ѐsh, rivojlanish, mashg’ulot, jismoniy tarbiya, sport, natija
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026