К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARNI KASBGA QIZIQTIRISH VA KASBIY KOMPITENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xo‘jayeva Musharraf Rahimberdiyevna (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

ushbu maqola ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish va ularning kasbiy kompitentliklarini rivojlantirishning muhimligi va jarayoni haqida hikoya qiladi. Hamda maqolada zamonaviy ta’lim metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan darslar va shaxsiy qiziqishlarni rivojlantirish yondashuvlari orqali o‘quvchilarda kasbiy mahoratni oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: kasb ta'limi, kasbiy qiziqtirish, kompetentlik, mahorat shakllantirish, ta’lim metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish, interfaol darslar. O‘quvchilarni kasb tanlashga qiziqtirish - bu ularning kelajakda muvaffaqiyatli va ma'noli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan muhim jarayon. Bu jarayon ularning shaxsi va qiziqishlarini rivojlantirishga, shuningdek, o‘quvchilarda real hayotiy vaziyatlarga mos keladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bugungi raqobatbardosh bozor sharoitida kasbiy kompetentlikni shakllantirish o‘quvchilarga o‘z ustida ishlashga va yaxshi ish bilan ta’minlanishga imkon beradi. Fikr va Mulohazalar: Kasbga qiziqtirishning samarali usullari orasida real hayotiy tajribalardan foydalanish, o‘quv jarayonida amaliyotga yo‘naltirilgan mashg'ulotlar o‘tkazish, shuningdek, o‘quvchilarni faol qatnashishga undovchi darslar tizimini yaratish kabi metodlar mavjud. Munozaralar, loyihaviy ishlar va kasb-hunarga oid ekskursiyalar o‘quvchilarda o‘rganish va kasbning amaliy tomoniga qiziqish uyg'otishning muhim vositalari hisoblanadi. O‘quvchilar turli kasblar haqida yaxlit va chuqur tushunchaga ega bo‘lishlari uchun, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish kerak. Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», «tushunish», «natijalilik», «ega bo‟lish», «sifat», «miqdor» so‘zlari yordamida ta’riflanadi, shu bilan birga ko‘pgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni qayd etgan. L. Spenser va M. Spenserlarning ta’kidlashicha, kompetensiyalarning shakllanishi ularni o‘lchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga suriladi Dj. Raven kompetentlikni biror bir ob’yekt yoki ob’yektlar sinfiga ko‘ra biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma’lum faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil bo‘ladi. U shaxs kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan holdagina aniqlanishi ma’noga ega bo‘ladi - deb tushuntiradi. Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o‘qituvchisidan yuqori madaniyat, chuqur ma’naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas’uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘z o‘quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o‘z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy masala, ya’ni 119 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda o‘ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya’ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash – kompetentli yondoshuv deyiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir. Kasbiy kompetentli o‘qituvchi birinchidan, o‘quv-tarbiya jarayonida ijodkor ta’lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan, o‘z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi. Xulosa: O‘quvchilarni kasbga qiziqtirish va ularda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga undash bilan bir qatorda, shaxsiy rivojlanish va o‘z- o‘zini anglash jarayonidir. Buning natijasida, o‘quvchilar o‘z qo‘llaridan keladigan va qiziqarli ishni topishlari, shuningdek, o‘z tanlagan yo‘llarida muvaffaqiyatli bo‘lishlari mumkin.

Доказательный фрагмент

«ushbu maqola ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish va ularning kasbiy kompitentliklarini rivojlantirishning muhimligi va jarayoni haqida hikoya qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqola ta’lim tizimida o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish va ularning kasbiy kompitentliklarini rivojlantirishning muhimligi va jarayoni haqida hikoya qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy qiziqtirish, kasb ta'limi, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish, ta’lim metodlari, kompetentlik, interfaol darslar., mahorat shakllantirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники