Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KONSTRUKSION MATERIALLARDA NANO-MATERIALLARNING QO‘LLANISHI
Ibrohimov Sardorbek · Maxkamov Baxrom
Современная наука и исследования · 21-24 · 2025
Аннотация
Ushbu mqolada konstruksion materiallarda nano-materiallarning qo‘llanishi hamda uning afzallik tomonlari haqida so’z boradi. Shuningdek konstruksion materiallarning hossalari hamda keng tarqalgan turlari to’g’risida fikrlar keltirilgan. Kalit so’zlar: konstruksion materiallar, nano-materiallar, hossalar, tarkib , po’lat, cho’yan, alyuminiy, qotishmalar. Kirish. Konstruksion materiallar — kuch qabul qiladigan, nagroʻzka tushadigan, konstruksiya detallari tayyorlanadigan, fizik, mexanik va kimyoviy xossalari yaxshi boʻladigan materiallar. Metall, metallmas va kompozitsion, kuymabop xillari bor. Metall konstruksion materiallar ichida poʻlat eng keng tarqalgan; bulardan tashqari choʻyan, alyuminiy qotishmalari, berilliy qotishmalari, volfram qotishmalari, magniy qotishmalari, titan qotishmalari, xrom qotishmalari va boshqa ham konstruksion materiallarga taalluqli. Texnologik alomatlari boʻyicha, deformatsiyalab (prokatlab, presslab, shtamplab) olinadigan, quyib, payvandlab, pishirib, yelimlab tayyorlanadigan materiallarga; ishlatilish sharoitiga koʻra, normal, past va yuqori temperaturalarda ishlatiladigan (olovbardosh qotishmalar, olovbardosh beton) materiallarga; strukturasiga koʻra, ferritli, austenitli poʻlatlar; mustahkamlash turiga koʻra, toblanadigan, yaxshilanadigan, dispersli-mustahkamlanadigan (qiyin eriydigan dispers zarrali), eskirtiriladigan, mustahkamlik koʻrsatkichi boʻyicha (mustahkamligi yuqori poʻlat va choʻyanlar) turlarga boʻlinadi. Konstruksion materiallarning mexanik xossalari (konstruksiyasi mustahkamligi, oʻtga chidamliligi, qovushoqligi, olovbardoshligi, korroziyaga chidamliligi va boshqalar) ularning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydi. Metall konstruksion materiallarga termik ishlov berib, ularning plastikligi oshiriladi. Katta nagruzkada ishlaydigan detallar qayta eritilgan poʻlatlardan tayyorlanadi. Mashinasozlikda tirsakli val, tishli gʻildiraklar va 1200° gacha temperaturada ishlovchi detallar tayyorlashda choʻyan keng qoʻllanadi. Nikelli va kobaltli krtishmalar 1000-1100° gacha temperaturada mustahkamligini saqlaydi shuningdek ular aviatsiya va raketa dvigatellari tayyorlashda, alyuminiy qotishmalari (mustahkamligi550750Mn/m2) samolyot, vertolyot, raketa korpuslarini tayyorlashda qoʻllanadi. Titan krtishmalarining mustahkamligi 1600 Mn/m2 dan ortiq boʻlib, kompressor, aviatsiya dvigatellari, tibbiyot asboblari yasashda ishlatiladi. Metallmas konstruksion materiallarga quyidagilar kiradi: beton, oʻtga chidamli materiallar, plastmassalar, shisha, sopol, rezina va yogʻoch materiallar kiradi.Ularsamolyotsozlik,raketasozlik, mashinasozlik, radiotexnika va kemasozlikda qoʻllanadi. Kompozitsiyey konstruksion materiallar: ip, sim, ipsimon kristallar, qiyin eriydigan birikma va boshqalar kiradi Konstruksiya materiallarida nano-materiallarning qo‘llanilishini ko’rib chioiqamiz: Nano- materiallar – o‘lchamlari nanometr darajasida bo‘lgan (1-100 nm) materiallar bo‘lib, ularning fizik- 96 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” kimyoviy xususiyatlari o‘zining makroskopik shaklidagi materiallardan sezilarli farq qiladi. Nano- materiallar zamonaviy konstruksiya sohasida inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda, chunki ular yuqori mustahkamlik, engillik, korroziyaga chidamlilik va boshqa noyob xususiyatlarga ega. Shuningdek Nano-materiallarning afzalliklarini ko’rib chiqamiz: 1) Yuqori mustahkamlik va elastiklik, nano-materiallar mikrostrukturasi tufayli yuqori mustahkamlikka ega. Bu ularni ko‘priklar, binolar va boshqa og‘ir yuklarga bardosh beradigan konstruksiyalarda qo‘llashga imkon beradi. 2) Engillik, nano-materiallar yengil bo‘lib, transport va aviatsiya sohasida energiya sarfini kamaytiradi. 3) Korroziyaga chidamlilik, nano-qoplamalar va nano-zarralar yordamida materiallarning xizmat muddatini oshirish mumkin. 4) Issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlik, nano- kompozit materiallar issiqlik izolyatsiyasini yaxshilashda qo‘llaniladi. Qo‘llanilish sohalarini ko’rib chiqsak: 1.Beton va tsement sanoati nano-silikat- Betonning mustahkamligini oshiradi va uning zichligini yaxshilaydi. Nano-titan dioksid- Tsement yuzasida o‘z-o‘zini tozalash va antibakterial xususiyatlarni ta’minlaydi. Nano-karbon nanotubalar- Betonning yorilishiga qarshilik ko‘rsatishini oshiradi. 2. Po‘lat va metall qotishmalar, nano-keramika qoplamalar- Metall yuzalarini korroziyadan himoya qiladi. Nano-strukturali qotishmalar: Po‘latning zichligi va mustahkamligini oshirishda ishlatiladi. 3. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari, Aerogel nano-materiallar: Ularning engil va yuqori issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlari bino va inshootlarda energiya samaradorligini oshiradi. 4. Oyna va qoplamalar, Nano-oksid qoplamalar- oynalarni UV nurlanishidan himoya qiladi, shuningdek, o‘z-o‘zini tozalash xususiyatiga ega. Nano-gidrofil qoplamalar, ninolar oynalarini yomg‘ir va changdan himoya qiladi. 5. Yog‘och materiallar, nano-polimer qoplamalar- yog‘ochni namlik va mikroorganizmlardan himoya qiladi. Nano-antioksidantlar- yog‘ochni
Доказательный фрагмент
«Ushbu mqolada konstruksion materiallarda nano-materiallarning qo‘llanishi hamda uning afzallik tomonlari haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu mqolada konstruksion materiallarda nano-materiallarning qo‘llanishi hamda uning afzallik tomonlari haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konstruksion materiallar, qotishmalar., alyuminiy, hossalar, cho’yan, po’lat, nano-materiallar, tarkib
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026