Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KVANT NUQTALAR ASOSIDA POLIMETILMETAKRILAT POLIMER KOMPOZITLARINI OLISH VA OPTIK-O’LCHAM XOSSALARI
Sobirova F.J. · Metanboyeva Sh.F. · Abdibanotova G.B. · Ishankulov A.F. · Xalilov Q.F. · Galyametdinov Yu.G. · Muxamadiev N.Q
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu ilmiy ishda kvant nuqtalar asosida polimetilmetakrilat (PMMA) polimer kompozitlarini olish usullari va ularning optik hamda o‘lcham xossalari o‘rganiladi. Kvant nuqtalar — yuqori kvant unumli, o‘ziga xos spektral va o‘lchamga bog‘liq optik xossalarga ega bo‘lgan nanostrukturalar bo‘lib, ularni polimer matritsalar bilan birlashtirish kompozit materiallarning yangi funktsional imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda CdSe, ZnS kabi yarimo‘tkazgich kvant nuqtalarining PMMA polimer matritsasi ichida bir tekis taqsimlanishini ta'minlovchi sintez usullari va kompozit materiallar tuzilmasi tahlil qilinadi. Kalit so’zlar. Kvant nuqtalar, polimetilmetakrilat, polimer kompozitlar, nanokompozitlar. Hozirgi vaqtda yarimo'tkazgichli nanozarrachalar - kvant nuqtalar (KN) lyuminestsent belgilar sifatida hamda yorug'lik taratuvchi va optoelektronik qurilmalar tarkibida qo'llaniladi. Shu bois yuqori intensiv lyuminestsentsiyaga ega bo’lgan kvant nuqtalarini o'z ichiga olgan kompozitsion materiallarni yaratish muhim vazifalardan bo’lib hisoblanadi [1, 17-b]. Kvant nuqtalarning lyuminestsentsiya samaradorligini oshirish usullaridan biri bu kumush nanozarrachalarining yupqa plyonkalarida yuzaga keladigan plazma rezonans energiyasidan foydalanishdir. Bunga nurlanish intensivligini saqlab qolgan holda kompozitlarda KNlar sonining kamayishi hisobida erishish mumkin. Mazkur tadqiqotda kumush zarrachalarining nano o'lchamli tizim qatlami yaqinida bo'lgan substratlarning polimetilmetakrilat (PMMA) bilan "yadro-qobiq" Cd Mn S/ZnS paramagnit kvant nuqtalari kompozitlarining lyuminestsentsiyasi kuchayishini 0,9 0,1 o'rganilgan. Tanlangan KNlar uchun lyuminestsentsiya to’lqin uzunligi 590 nm cho‘qqiga ega bo‘lib [2, 25-31-b] nurlanish UB va ko'rinadigan yorug'lik diapazonida qo’zg’atilganda 250-500 nm oralig'ida kuzatildi (1-rasm). KNlarning qo'zg'alish spektri kumush nanozarrachalarining rezonansli yutilish hududi (300-600 nm, cho'qqisi 415 nm) bilan mos keladi. Bu esa kvant nuqtalarning qo'zg'alishini kuchaytirish uchun plazma rezonans energiyasidan foydalanish imkonini berdi. 93 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1-rasm. KNlarning qo'zg'alish va lyuminestsentsiya spektrlari Nano o'lchamli kumush zarrachalarining kvartsli tagliklari Ag+ ionlarini glyukoza bilan qaytarish cho'ktirish yo’li orqali olingan. Reaksion muhitda kvarts oynalarining ta'sir qilish vaqtining bog’liqligiga qarab, kumushning nanotuzilishli optik zichligi har xil bo'lgan tagliklari olindi. Kumushli tagliklar yuzasida KN-PMMA kompozitlarining yupqa plyonkalari (1:40 og'irlik nisbatda) spin-qoplash usuli orqali xloroformdagi qo'shma eritmadan olingan. Eritma tarkibida KNlar va PMMA miqdorining oshishi qalinroq plyonkalarni olish imkonini berdi. Namunadagi KN lyuminestsentsiyasining nazoratli namunaga nisbtan to'rt baravar ortishi optik zichligi 0,35 bo'lgan taglikda amalga oshishi aniqlandi (2-rasm). 2-rasm. Turli optik zichlikdagi kumush nanozarrachalari bo'lgan tagliklarda KN:PMMA kompozitlarining lyuminestsentsiya intensivligining oshishi Nisbatan yupqa plyonkalarda intensivlikning maksimal kuchayishi kuzatildi. Plyonka qalinligining oshishi tizimdagi energiya uzatish samaradorligining pasayishi hisobida lyuminestsentsiya effektining so’nishiga olib keladi. 94 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Ish Rossiya fundamental tadqiqotlar jamg'armasi va Tatariston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 18-43-160009-sonli ilmiy loyiha doirasida moliyaviy qo'llab-quvvatlandi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Pandey S., Bodas D. High-quality quantum dots for multiplexed bioimaging: A critical review //Advances in Colloid and Interface Science. – 2020. – Т. 278. – С. 102137. 2. Ishankulov A.F., Eliboev I., Berdimurodov E. T. (2025). Advancing Analytical Chemistry with Carbon Quantum Dots: Comprehensive review. Analytical Methods. 95
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy ishda kvant nuqtalar asosida polimetilmetakrilat (PMMA) polimer kompozitlarini olish usullari va ularning optik hamda o‘lcham xossalari o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy ishda kvant nuqtalar asosida polimetilmetakrilat (PMMA) polimer kompozitlarini olish usullari va ularning optik hamda o‘lcham xossalari o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- polimer kompozitlar, Kvant nuqtalar, nanokompozitlar., polimetilmetakrilat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026