Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PVS GELINING ARALASH ERITUVCHILI TUZLAR ERITMALARIDAN BO‘KISH KINETIKASI
Atavullayeva Sh.Sh.-tayanch doktorant · Djurayeva R.A.-magistr SamDU · Trobov X.T.- k.f.d., professor SamDU
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi optik mikrometriya usulidan foydalanib o‘rganilgan. Bo ‘kish jarayoni aralash (suv-izopropil spirt) eritmalarda kuzatilgan. PVS gelining aralash erituvchili tuzlar eritmalaridan bo‘kish jarayoni birinchi tartibli kinetik tenglama bo‘yicha borishini aniqlangan. Kalit so‘zlar. PVS geli, bo‘kish, elektrolit eritmalari, kinetik koeffisient. Ko‘ndalang bog’langan polimer sorbentlar suv bug’i, suvli va aralash erituvchili eritmalar bilan o‘zaro ta’sirlashganda bo‘kadi [1, 2]. Buning natijasida sorbentlarning hajmi va massasi oshadi. Bu hodisa bo‘kish darajasi degan tushuncha bilan miqdoriy jihatdan aniqlanadi. Optik mikrometriya [3] usulidan foydalanib PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi aralash (suv-izopropil spirt, spirtning massa ulushi 60%) erituvchili eritmalarda kuzatildi. Tajribalar davomida ionit tuzilishining geterofazaviy modelining kinetik koeffitsiyentlari qiymatlaridan foydalanib turli konsentratsiya tuzlar eritmalari uchun nazariy jihatdan polimer gel bo‘kish kinetikasining egri chizig‘lari hosil qilindi. Kinetik egri chiziqlarning qiymatlari «Polymer_swelling_kinetics 5.1» dasturidan [4] foydalanib hisoblandi. Shunday natijalardan va grafiklardan ba’zilari 1-jadval hamda 1-rasmlarda keltirilgan. Rasm-1. Turli konsentrasiyali NaCl ning aralash erituvchili eritmalaridan PVS geli granulalari bo`kishining nazariy kinetik egri chiziqlari. Rasm-1 dan ko‘rinagiki, jarayon davomida NaCl eritmasi konsentratsiyasi oshishi bilan PVS geli bo‘kish darajasi oshadi. Tuzning barcha konsentratsiyali eritmalari uchun gelning bo‘kish darajasi toza erituvchiga nisbatan yuqori qiymatga ega ekanligi aniqlandi. Bo‘kish jarayoni barcha konsentratsiyalar uchun 3000-3500 sekund vaqt oralig’ida muvozanatga kelishi qayd etildi. Jadval-1 NaCl eritmalaridan PVS geli bo‘kish jarayoni kinetik koeffitsiyentlarining dastur yordamida hisoblangan qiymatlari С , M d, mm k ·10-5, m/s k ·10-2, s-1 k3·10-5, m/s NaСl 1 2 0,1 0,61 2,7±0,1 1,14±0,2 0,45±0,03 86 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 0,2 0,61 3,05±0,2 1,14±0,1 0,59±0,03 0,3 0,61 3,41±0,2 1,14±0,2 0,71±0,03 0,4 0,61 3,76±0,1 1,14±0,2 0,84±0,03 0,6 0,61 4,46±0,1 1,14±0,1 1,08±0,02 PVS gelining aralash erituvchili turli konsentratsiyali tuzlar eritmalaridan bo‘kish jarayonida dastur asosida hisoblab topilgani k , k va k kinetik koeffisentlarining muvozanatdagi eritma 1 2 3 konsentratsiyasiga, shuningdek, eritmadagi suvning aktivligiga bog‘liqligi o`rganildi. Olingan bog‘liqlardan biri 2-rasmda ko‘rsatilgan. Rasm-2. PVS gelining aralash erituvchili LiCl va NaCL tuzlari eritmalaridan bo‘kish jarayonida k 1 koeffisientning eritmadagi suvning aktivligiga bog‘liqligi. Tajribalarda tuzlarning aralash erituvchili turli konsentratsiyali eritmalaridan olingan natijalar asosida bo‘kish jarayoni tezlik konstantasi hisoblandi. Hisoblash natijalari tekshirilgan barcha tuzlar uchun olingan kinetik egri chiziqlar birinchi tartibli kinetik tenglamaga mos kelishini va PVS gelining aralash erituvchili tuzlar eritmalaridan bo‘kish jarayoni birinchi tartibli kinetik tenglama bo‘yicha borishini qayd etdi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Wang, Z.; Zheng, H.; Chen, J.; Wang, W.; Sun, F.; Cao, Y. Effect of Crosslinking Conditions on the Transport of Protons and Methanol in Crosslinked Polyvinyl Alcohol Membranes Containing the Phosphoric Acid Group. Polymers 2023, 15 (21), 4198. https://doi.org /https://doi.org/10.3390/polym15214198. 2. Alam, M. A.; Debnath, A.; Tasnim, K. T.; Sarker, S. S.; Uddin, M. T.; Kamruzzaman, S.; Chowdhury, I. F.; Shawon, M. T. A.; Tang, Z.; Mondal, A. K. Facile Strategy of Fe3+ Rich Collagen-Based Composite Hydrogel for Antibacterial, Electricity Harvesting and Sensing Applications. Materials Today Communications 2024, 41. https://doi.org/ https://doi.org/10.1016/ j.mtcomm. 2024.110391 3. Токмачев М.Г., Ферапонтов Н.Б., Тробов Х.Т., Гавлина О.Т. // Ученые записки физического факультета Московского университета. 2018. № 5. C.1850303-1-1850303-8. 4. Ferapontov, N. B.; Tokmachev, M. G.; Khudyakova, S. N.; Trobov, K. T. Influence of the Sorbed Acids on the Swelling Degree of the Strongly Basic Ion Exchanger. Journal of mathematical chemistry 2019, 57, 1140–1153. https://doi.org/https://doi.org/10.1007/s 10910-019- 01012-5. 87
Доказательный фрагмент
«PVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi optik mikrometriya usulidan foydalanib o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюPVS geli granulalarini turli tuzlarning har xil konsentratsiyali eritmalaridan bо‘kish kinetikasi optik mikrometriya usulidan foydalanib o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- aralash erituvchili, pvs geli, eritmalaridan kish, kish jarayoni, https doi, doi org, pvs gelining
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025