К содержанию
РецензированоUZ2025

KIMYO DARSLARIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI YORITISH ORQALI EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kimyo darslari orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Muallif ekologik muammolarni dars mazmuniga integratsiyalash, interfaol metodlar va amaliy tajribalardan foydalanish orqali o‘quvchilarda ekologik savodxonlikni oshirish, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot doirasida olib borilgan nazariy va amaliy ishlar asosida ekologik ta’limning samaradorligi, shuningdek, kimyo fanining hayotiy va tarbiyaviy ahamiyati ochib berilgan. Maqola ekologik tarbiya, fanlararo integratsiya va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: Ekologik madaniyat, kimyo darslari, ekologik muammolar, ekologik ta’lim, interfaol metodlar, o‘quvchi faolligi, barqaror rivojlanish, ekologik savodxonlik, tabiatni muhofaza qilish, fanlararo integratsiya Kirish. Bugungi kunda ekologik muammolar global miqyosda insoniyat oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Atmosfera, gidrosfera, litosferadagi ifloslanishlar, biomuhitdagi antropogen o‘zgarishlar, iqlim o‘zgarishi, zaharli chiqindilar va boshqa ko‘plab omillar tabiatga va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Aynan shu sharoitda har bir fuqaroning, xususan yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirish zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ekologik madaniyat bu nafaqat tabiatga nisbatan ongli munosabat, balki ekologik savodxonlik, mas’uliyat, tanqidiy fikrlash, barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish istagi bilan uyg‘unlashgan hayotiy pozitsiyani anglatadi. Ta’lim tizimi, ayniqsa umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.[1] Jumladan, kimyo darslari orqali o‘quvchilarda atrof-muhitga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni qaror toptirish imkoniyati mavjud.[2,3] Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda ekologik muammolarni yoritish orqali ekologik madaniyatni shakllantirish yo‘llari, metodik yondashuvlar, natijalar va amaliy tavsiyalar tahlil qilinadi. Metodologiya Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi: 1. Nazariy tahlil – ekologik madaniyat, ekologik ta’lim, integratsiyalashgan yondashuv, zamonaviy kimyo darslari mazmuni bo‘yicha ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. 2. Eksperimental kuzatish – kimyo darslarida ekologik mazmundagi topshiriqlardan foydalanish samarasi o‘quvchilar bilan olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar asosida baholandi. 3. Anketalash – o‘quvchilar orasida ekologik madaniyat darajasini aniqlash uchun maxsus so‘rovnoma tashkil etildi. 66 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” 4. Statistik tahlil – yig‘ilgan ma’lumotlar umumlashtirilib, grafik va diagrammalar yordamida tahlil qilindi. Tadqiqot Samarqand viloyatidagi Pastdarg`om tuman 84 – 127– umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8–9-sinflarida olib borildi. Darslarda foydalanilgan metodik vositalar sifatida ekologik muammolarga doir matnlar, video lavhalar, kimyoviy reaksiyalarning atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha tajribalar, ekologik loyihalar qo‘llanildi. Natijalar Kimyo darslarida ekologik muammolarni yoritish orqali o‘quvchilarda quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi: 1. O‘quvchilarning ekologik savodxonligi oshdi. Atmosfera, suv, tuproq ifloslanishiga sabab bo‘luvchi moddalarning kimyoviy xossalari, ularni zararsizlantirish yo‘llari haqida chuqur bilimga ega bo‘la boshladilar. 2. Kimyoviy bilimlar hayot bilan bog‘landi. Masalan, azot oksidlari, oltingugurt dioksidi, uglerod oksidi kabi gazlarning havoga, tirik organizmlarga ta’siri haqida tajribalar orqali tushuncha hosil qilindi. 3. O‘quvchilarda ekologik mas’uliyat hissi shakllandi. Ular kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga qiziqish bildira boshladilar. 4. O‘quvchilarning ijodiy fikrlash, tahlil qilish va muammoni hal qilish ko‘nikmalari rivojlandi. Masalan, “Plastmassa chiqindilari qanday qayta ishlanadi?”, “Havo ifloslanishining oldini olishda kimyoning roli” kabi mini-loyihalar ishlab chiqildi.[2,3] So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekologik muammolar yoritilgan darslarda ishtirok etgan o‘quvchilarning 87 foizi kimyo fanining hayotiy ahamiyatini chuqurroq tushunib yetganini ta’kidlagan. 73 foiz o‘quvchi esa ekologik muammolar haqida oilasi yoki do‘stlari bilan suhbatlar o‘tkazayotganini bildirgan. 1-rasm. Ekologik muammolar yoritilgan darslarning o‘quvchilarga qanday ta’sir tahlil va munozara Tadqiqot natijalari kimyo fanining ekologik ta’lim berishdagi katta salohiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Kimyo darslarida ekologik muammolarni yoritish, bir tomondan, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirsa, boshqa tomondan esa ekologik ong, mas’uliyat va madaniyatni shakllantiradi.[4,5] Bu jarayonda muhim jihatlardan biri bu ekologik muammolarni dars mavzusi bilan integratsiyalashgan holda yoritishdir. Masalan, “Yonish reaksiyalari” mavzusida atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kimyo darslari orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kimyo darslari orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekologik ta’lim, ekologik muammolar, fanlararo integratsiya, ekologik savodxonlik, tabiatni muhofaza qilish, interfaol metodlar, Ekologik madaniyat, o‘quvchi faolligi, kimyo darslari, barqaror rivojlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники