Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIMYOVIY EKSKURSIYALARNING TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISHNING ISTIQBOLLARI
Karimova Anora Salohiddin qizi · Ahadov Ma'murjon Sharipovich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada maktab kimyo darslari samaradorligini oshirishda kimyoviy ekskursiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilgan bo’lib, bunda o’quvchilarning dunyoqarshi, nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq eta olishi masalalariga e’tibor qaratilgan.Dars jarayonida tahsil oluvchilarni mashg`ulotga jalb etish, ularda tadqiqotchilik ko`nikmalarini shakllantirish, tushuntirish, ishlab chiqish va baholashga doir kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati yoritib berilgan. Kalit so`zlar: kompetensiya, ekskursiya, fan va ishlab chiqarish, chiqindilarni kompost bostirish, o’t o’chirgich. Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog'laydi: o'quvchilarga moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish protsesslarini ajratilgan holda emas, balki o'zaro bog'liq holda ko'rsatadi. O'qituvchi o'quv ekskursiyasini har qaysi sinfda maktabdan uzoq bo'lmagan atigi 1-2 ob'ektda o'tqazadi, bu zavod, fabrika, jamoa xo'jaligi va kichikroq laboratoriyalar 23 ham bo'lishi mumkin. "Kompleks" ekskursiyalar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan birgalikda o'tkazilishi mumkin. Ekskursiyalar o‘quvchilarning amaliy bilim olishlariga katta yordam beradi. Darsda olgan nazariy bilimlarini ular amaliyotda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar va kimyoviy jarayonlarning qanday borishi, reaksiyalarning amalga oshish shart-sharoitlari haqidagi bilimlarini rivojlantiradilar. Kimyo fanini o‘qitishda kimyo sanoatida chiqindisiz texnologiyadan foydalanish, qishloq xo‘jaligi dalalarida zaharli pestitsid va gerbitsidlardan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish misollar keltirish orqali o‘quvchilarga ekologik tarbiya beriladi. Masalan: ammiak ishlab chiqarishda texnologyaning eskiligi va qurilmalarning nosozligi tufayli atmosferaga azot gazlari chiqarib yuboriladi. Buning oldini olish uchun yangi chiqindisiz texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umumta‘lim maktablarida kimyo fanini yanada kengroq o‘qitish, o‘quvchi va talabalarning kimyo fani bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlash, ularni ekologik, mehnatsevarlik, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish uchun eng muhim vositalardan biri bu kimyo laboratoriyalari va ishlab chiqarishlarda o‘tkaziladigan ekskursiyalardir. Bunday ekskursiyalar ta‘lim-tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega. Kimyoni o‘qitishda o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, hamda ekskursiyalarda mavzuga bog‘liq holda mamlakatimizning yer osti va yer usti boyliklari, ulardan oqilona foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy rivojlanish tamoyillari, kimyo fanining rivojiga hissa qo‘shgan allomalarning ma’naviy meroslari, tabiatni muhofaza qilishga oid hadislar, hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, afsonalar va maqollardan foydalanish tavsiya etiladi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi va uning ta’lim sifati hamda mehnat bozori talabiga moslashuvchan kadr tayyorlashdagi roli va uning samaradorligini oshirishda iqtisodiy- 51 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL huquqiy mexanizmlardan foydalanish masalalari o’rganilmagan. Oliy ta’limda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining ta’lim sifatiga ta’sirini baholash va ushbu mexanizmdan samarali foydalanish yo’llarini belgilashga oid tavsiyalar berish maqsadida avvalo ta‟lim sifati tushunchasi mazmuni to’g’risidagi qarashlarni o’rganish zarur. Ta’lim sifati, uning mazmuni va fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi to’g’risidagi qarashlarni o’rganish asosida ta’lim sifatini yaxshilashdagi rolini oshirishga oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish mamlakatimizda ta’limtarbiya sohasidagi ishlar bo’yicha belgilangan ustuvor vazifalar maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi tomonidan tuproq qatlamlarini alohida diqqat bilan ko‘zdan kechirishga ahamiyat beriladi. Sababi, tuproq va o‘tkinchi qatlamlarda faqat o‘simliklarning ildizlarigina emas, balkim mayda hayvonlar - yomg‘ir chuvalchanglari, hashorotlarning lichinka va g‘umbaklari, voyaga yetgan hashorotlar, masalan, chumoli va boshqalarning borligini qayd qiladilar. O‘qituvchi ekskursiyadan oldin tuproq haqida bergan va mustaqil ravishda o‘zlari o‘qib o‘rgangan ma’lumotlariga asoslanib, o‘quvchilardan tuproq nimadan tashkil topganligini eslashni taklif etadi va ular gil, qum, chirindi (gumus), mineral tuzlar, suv, havoni aytadilar. Chiqindilarni kompost bostirish Inson faoliyati natijasida va tabiatda ko‘p miqdorda turli chiqindi maxsulotlar hosil bo‘ladi. Ushbu chiqindi maxsulotlar keraksiz sanalib, ko‘p joyni oladi va zararli mikroorganizmlar ko‘payishi uchun sharoit yaratadi. Ulardan ijobiy maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Masalan, ularni kompost bostirish natijasida o‘g’it olish mumkin. Topshiriq. Quyidagi ketma-ketlik asosida shisha idishga chiqindi mahsulotlarni birin-ketin soling va kompost tayyorlang. 1-qavatda 10 sm qalinlikda maydalangan qog’oz bo‘laklari 2-qavatda 6 sm qalinlikda oshqonadagi chiqindilar 3-qav
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada maktab kimyo darslari samaradorligini oshirishda kimyoviy ekskursiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilgan bo’lib, bunda o’quvchilarning dunyoqarshi, nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq et…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada maktab kimyo darslari samaradorligini oshirishda kimyoviy ekskursiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilgan bo’lib, bunda o’quvchilarning dunyoqarshi, nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq et… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompetensiya, o’t o’chirgich., ekskursiya, fan va ishlab chiqarish, chiqindilarni kompost bostirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014