Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIMYO SANOATIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI KAMAYTIRISHDA ORGANIK SINTEZNING O’RNI
ORGANIK SINTEZNING O’RNI
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Hozirgi kunda kimyo sanoati va insoniyat tabiatga juda kata ta’sir o’tkazmoqda. Shu sababli atrof-muhitga chiqariladigan qo’shimcha moddalarni tahlil qilib, tarkibidagi zararli organik birikmalarni ruxsat etilgan me’yordan oshmasligini tekchirish maqsadida namunalar doim analiz qilib borilmoqda. Ushbu ilmiy ishimizda sanoatdan chiqadigan oqava suvlari tarkibidagi zararli organik birikmalar miqdori va uni atrof-muhitga ta’siri o’rganilgan. Kalit so’zlar: Kimyo sanoati, ekologiya, organik kimyo, zararli ta’sir, moddalarning REMi, tekshirish, atrof-muhit. Insoniyat faoliyatining sanoat va qishloq xo’jaligidagi hamda kundalik tirikchilikdagi faoliyatining ortib, kuchayib borishi natijasida atrof-muhitga yanada kuchliroq salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Yangi zamonaviy uy-joylarning hamda ularga zarur bo’lgan transport magistrallarining qurilishi esa qishloq xo’jaligi uchun yaroqli hisoblangan yer maydonlarning qisqarishi bilan birgalikda suv, tuproq va atmosfera havosiga ham zararli ta’sir o’tkaza boshladi [1]. Sanoat korxonalari hududidagi texnologik jarayonlar natijasida va oxirigacha qayta ishlanmasdan qolib to’plangan chiqindilar oqibatida tarkibida zaharli moddalar (is gazi, karbonat angidridi, oltingugurt (IV) oksidi, ammiak, vodorod sulfidi, vodorod ftorid, girbitsid, fungitsid, uglevodorodlar va h.k.z.lar) mavjud bo’lgan gazlar, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarining tarkibida boshqa suv ob’yektlari uchun yot bo’lgan zararli ingrediyentlar uchraydigan zararli organik birikmalar iste’mol va sug’orish tizimlari sifatida foydalaniladigan daryo va ariq suvlariga qo’shilishi kabi ekologik muammolar ham hozirgi davrimizning hal etish talab etiladigan vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham barcha mamlakatlarda sanoat korxonalarining oldiga ishlab chiqarish jarayonlarini chiqindisiz texnologiyalar asosida tashkil etish muammosini qo’ymoqda[2-4]. Zamonaviy organik kimyodagi ko’pchillik ilmiy tadqiqotlarning asosiy metodologik maqsadi davlat standartlari va sanitariya nazorat organlari tomonidan belgilab berilgan me’yorlar asosida ekologik nazoratga olingan ob’yektlardagi moddalarning ruxsat etilgan me’yor darajasidagi konsentratsiyalarini aniqlay oladigan kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy organik sintez usullarni ishlab chiqishdan iboratdir. Atrof-muhit ob’yektlaridagi zararlanish darajasini ishonchli ma’lumot bo’lmasa aniqlab bo’lmaydi. Tabiatda uchraydigan va tarqalib borayotgan turli tizimlarni nazorat qilishning hozirgi zamon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga asoslangan usullari va sintez usullari yaratilmoqda[5]. Barchamizga ma’lum bo’lgan kimyoviy analiz usullari esa tekshirilayotgan atrof-muhit ob’yektlari tarkibida qanday ingrediyentlar mavjudligi va ularning qanday miqdorda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib, analiz usullarini tanlashda ikkita asosiy omilga: sezgirlik yoki moddani aniqlashning quyi chegarasiga va tanlab ta’sir etuvchanlik yoki ayni analiz usuli yordamida qanday moddalarni topish mumkinligiga e’tibor qaratiladi[6]. 40 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institute tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasida Samarqand viloyatidagi ekologik jihatdan o’rganilishi lozim bo’lgan, tanlangan hududlaridagi yer osti va yer usti ichimlik suvlari tarkibidagi zararli organik moddalar va uglevodorod hosilalarini kimyoviy, elektrokimyoviy va spektroskopik analiz usullari yordamida aniqlash tizimi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Namuna uchun olingan ichimlik suvlari tarkibidagi organik qismni tashkil etuvchi organik birikmalar va zararli organik qoldiqlar miqdorini aniqlash natijalari normal taqsimot qonunlari asosida tasodifiy xato qiymati baholanib, matematik statistika usullari yordamida metrologik qayta ishlanadi[7]. Sanoat korxonalarning asosiy qismi shaharlar hududida joylashganligi sababli ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilayotgan suvlardan hosil bo’lgan oqavalar sanoat miqyosida qayta ishlanib tozalangach yana qayta foydalanish o’rniga aksariyat hollarda maxsus ariqlar yoki kanalizatsiya tarmoqlari orqali ariq va daryo suvlariga qo’shib yuborilmoqda. Kafedramizda olib borilayotgan atrof-muhitning sofligiga qo’shilayotgan katta hissalarimizdan biri shahrimizni kesib o’tayotgan bir nechta ariq suvlarining tarkibidagi zaharli moddalarning hamda birikmalarni kimyoviy, elektrokimyoviy (potensiometrik, ionometrik, kulonometrik, konduktometrik va polyarografik) analiz usullari yordamida analitik monitoring qilish natijalaridan ma’lum bo’lishicha konsentratsiyasi aniqlanayotgan tarkibiy qismlarning miqdori aksariyat hollarda ruxsat etilgan me’yor darajasidan yuqori ekanligi ma’lum bo’ldi. Kimyo sanoatidagi ekologik muammolar to’g’risida va ularni bartaraf qilishning innovatsion texnologiyalari sohasida kafedramizda bajarilayotgan ishlar to’g’risida ushbu respublika ilmiy-amaliy anjumanida batafsil ma’lumotlar berish niyatidamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Davies, S.G.Modern Organic Synthesis Wiley-VCH, 2015. 2.C
Доказательный фрагмент
«Hozirgi kunda kimyo sanoati va insoniyat tabiatga juda kata ta’sir o’tkazmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюHozirgi kunda kimyo sanoati va insoniyat tabiatga juda kata ta’sir o’tkazmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekologiya, moddalarning REMi, organik kimyo, zararli ta’sir, Kimyo sanoati, atrof-muhit., tekshirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026