Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY VA O’RTA TA’LIM MUASSASALARINING KORXONA VA TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIKDA MALAKALI MUTAXASSISLAR TAYYORLASH MUAMMOLARI
Tuxsanov Feruz Sadullayevich · Choriyev Ilhom.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Zamonaviy ta’lim tizimining bosh maqsadlaridan biri ta’lim jarayonining ishlab chiqarish va fan bilan integratsiyasini rivojlantirish oliy va o’rta maxsus hamda kasb- hunar ta’limi, ya’ni mutaxassis tayyorlovchilar bilan ish beruvchi korxona va tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etib, pirovard natijada malakali mutaxasisslar tayyorlashdan iboratdir. Kalit so’zlar: Ta’lim, integratsiya, o’qitish texnologiyalari, korxonalar, mutaxasislar, uzviylik, asbob-uskunalar, samarali usullar, hamkorlik aloqalari, litsey va kollejlar. Ta’limdagi integratsiyalashuv nafaqat bilimlarni predmetlararo bog’lanish asosida o’rganishni, balki o’qitish texnologiyalari, usul va shakllarining ham yanada takomillashuvini o’z ichiga oladi [1]. Hozirgi vaqtda respublikamiz ta’lim tizimining davlat dasturlari ham oliy, akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarining ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini tashkil qilish asosida ilmiy faoliyat natijalarini, ilg’or tajribalarini amoliyotga tadbiq etib, ta’lim tizimidagi uzviylikni ta’minlash samaradorligini oshirishni, hamkorlik ishlarini olib borishda oliy ta’lim dargohlari professor- o’qituvchlarning malakasi va salohiyatidan foydalanishni ko’zda tutadi [2]. Kasb-hunar ta’limi tizimida tayyorlanayotgan mutaxassisning bilim darajasini oshirishda va ta’lim sifatini yuqori bo’lishini ta’minlashda respublikamizning barcha akademik litseylari va kasb- hunar kollejlarida mavjud bo’lgan Janubiy Koreya, Yaponiya va Yevropa davlatlaridan keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar va o’lchov vositalaridan foydalanishning ham o’rni kattadir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining tashkil qilinishi o’quvchi-talabalarni o’zlari sevgan, qiziqqan fan yoki kasb yo’nalishida o’qishi va hunar egallashiga imkon yaratishdan iboratdir. Bu kelgusida o’quvchilar o’zlari qiziqqan yo’nalishini tugatib, tanlagan fanlar yo’nalishi bo’yicha oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishga yoki ishlab chiqarish korxonalariga borganda kasb- hunar kollejlarida tashkil qilingan mutaxassislik toifalari bo’yicha ishlash imkoniga ega bo’ladilar. Ta’lim berish sifatini oshirishning samarali yo’llaridan biri mutaxassislik yo’nalishlariga qarab mavjud o’quv rejalarini mukammallashtirish, ularga umumiy kasbiy fanlar soatlariga mos o’zgartirishlar kiritish hisoblanadi. Bunda, ayniqsa, amaliy darslarining o’rniga alohida e’tibor qaratilmog’I lozim. Oliy talim vazirligining maxsus qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida har bir universitet yoki insitut viloyat yoki shahar hududidagi akademik litsey va kasb-hunar kolejlari bilan o’zaro aloqalar shartnomalari asosida hamkorlik qilmoqdalar. Oliy o’quv yurtlarida mavjud bo’lgan kafedralar o’zlarining akademik litsey, kasb-hunar kolejlarida filiallarini tashkil etganlar. Malakali professor-o’qituvchilar shahar hududiga yaqin bo’lgan o’rta maxsus ta’lim dargohlariga borib, o’rindoshlik asosida maxsus va umumta’lim fanlaridan darslar berib kelmoqdalar. Lekin shahardan uzoqda joylashgan kasb-hunar kalejlarida bunday imkoniyatlardan foydalanishning imkoni bo’layotgani yo’q. Bu esa o’zaro shartnomalarning amal qilishida birmuncha qiyinchiliklar tug’dirib, tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatining yuqori bo’lishida va 38 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” natijada reja asosida tayyorlanayotgan mutaxassislarni ishga taqsimot qilishda va joylashtirishda ham o’zining salbiy natijalarini ko’rsatmoqda. Shuning uchun oliy ta’lim tuzimida ham o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ham amaliyot va kasb-hunarga bog’liq bo’lgan dars jarayonlarini turli o’ziga xos va mutaxassislik yo’nalishlarida esa bevosita xo’jaliklarning o’zida shartnomalar asosida tashkil qilishning ahamiyati beqiyosdir. Bundan tashqari, bazi mutaxassislikka oid bo’lgan fanlarni oldindan sinalgan samarali usullardan biri hisoblangan ishlab chiqarish korxonalari va mutaxassisga ish beruvchi hisoblangan tashkilotlarning malakali mutaxassislarini amaliyot va kasbga oid fanlarini o’qitishga taklif qilish va ularning mahoratidan foydalanish ham o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini yetuk kadrlar bilan ta’minlash tuzimini yanada takomillashishga yordam bergan bo’lar edi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. E.A.Ro’ziyev. Uzluksiz ta’lim tuzimida yangi yo’nalishdagi tabiy fanlarni o’qitish texnologiyasi/ Fundamental va ijtim.-guman. yo'nal. OO’YU-da kimyo fan. o’qit. muam. Resp. met.konf. mater. Toshkent. 2003. b. 8-11 2. E.A.Ro’ziyev. Z.A. Eshonqulov, Yo.A. Ro’ziyev. Iste’dodli yoshlarga kimyoni o’qitishda universitet-litsey-kolej aloqalaridan foydalanish /Kimyoning dolzarb muam. Ilm.- amal. konf. mater. I-qism. Samarqand. 2009. b. 143-144. 2. Zikiryaev A., Muxamedov G. Ekologik kimyo. T.: TDPU. – 2008. 3. Roy M Harrison Principles of Environmental Chemistry Published by The Royal Society of Chemistry, Thomas Graham House, Science Park, Milton Road, The Royal Society of Chemistry. Cambridge. 2007. 39
Доказательный фрагмент
«Zamonaviy ta’lim tizimining bosh maqsadlaridan biri ta’lim jarayonining ishlab chiqarish va fan bilan integratsiyasini rivojlantirish oliy va o’rta maxsus hamda kasb- hunar ta’limi, ya’ni mutaxassis tayyorlovchilar bi…»
Образец извлечения
Демо-превьюZamonaviy ta’lim tizimining bosh maqsadlaridan biri ta’lim jarayonining ishlab chiqarish va fan bilan integratsiyasini rivojlantirish oliy va o’rta maxsus hamda kasb- hunar ta’limi, ya’ni mutaxassis tayyorlovchilar bi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mutaxasislar, hamkorlik aloqalari, litsey va kollejlar., asbob-uskunalar, Ta’lim, samarali usullar, uzviylik, korxonalar, integratsiya, o’qitish texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026