К содержанию
РецензированоUZ2026

KIMYO DARSLARIDA MULTIMEDIA VA VIRTUAL TEXNOLOGIYALARNI INTEGRATSIYA QILISH

INTEGRATSIYA QILISH · Mamirzayev Mashrab Abdumalikovich

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada universitetlarda kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, xususan, multimedia, internet resurslari, interaktiv uskunalar va o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) usullaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi. Mualliflar axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi ahamiyatini, talabalarning kognitiv, affektiv va xulqiy rivojlanishiga ko‘rsatgan ijobiy ta’sirini yoritadi. Interaktiv simulyatsiyalar, virtual laboratoriyalar, raqamli darsliklar va masofaviy aloqa vositalari orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish, talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini baholash, hamkorlikda ishlash kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyati asoslab beriladi. Tadqiqotlar natijasi sifatida kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni kompleks qo‘llash ta’lim sifatini sezilarli darajada oshirishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar. Kimyo ta’limi, Zamonaviy texnologiyalar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), Interaktiv o‘qitish, Virtual laboratoriya, Gamifikatsiya, Talabaning faol ishtiroki, Metakognitiv ko‘nikmalar, Masofaviy ta’lim, Raqamli resurslar, Pedagogik innovatsiyalar Ta’lim texnologiyalari an’anaviy tarzda ta’lim tizimida axborot uzatish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish vositasi sifatida qo‘llaniladi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi bilimni egallash va tarqatish tabiatini o‘zgartirmoqda. Yangi texnologiyalar o‘quv mazmuni va usullarini yangilash imkoniyatlarini ochib bermoqda. Kimyoni zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish axborotni uzatish va faol ijodiy jarayonni saqlab qolish uchun kompyuterlardan foydalanishga asoslangan. Fan bo‘yicha bilim olish uchun zarur bo‘lgan axborot miqdori ortib borayotgan bir paytda, uning samarali uzatilishi, talabalarning idrok faoliyatini maksimal darajada tashkil etish, o‘rganilayotgan fandagi ijodiy qiziqishni oshirishga xizmat qiluvchi usul va vositalar haqida savol tug‘iladi. Oliy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalari va yangi axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanish yo‘llarini aniqlash ta’lim tizimini yangi pedagogik texnologiyalarga o‘tkazishning psixologik va pedagogik asoslarini belgilash masalasini kun tartibiga olib chiqdi. An’anaviy tarzda o‘qitish usuli — bu o‘qituvchi va talabalar faoliyatining o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sirli shakli bo‘lib, o‘quv maqsadlariga erishishga qaratilgan, yoki bu o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati, talabalar bilimini shakllantirish va amaliy faoliyatini tashkil etishga, o‘quv vazifalarini hal qilishga xizmat qiluvchi tizim sifatida ta’riflanadi. Aslida, usulning o‘zi ikkilik (dual) yondashuvni anglatadi — ya’ni o‘qitish usullarining birligidir. Biroq, bu ta’rif mavhum bo‘lib qoladi: u faqat ishning umumiy modelini bildiradi — o‘qituvchi gapiradi, talaba eshitadi, tushunadi, eslab qoladi (tushuntirish); o‘qituvchi savol beradi, talabalar javob beradi (suhbat). Bu yondashuv masalaning mohiyatini, nazorat shaklini va eng muhimi, bilimni boshqarish va rivojlantirish jarayonlarini ochib bermaydi. 27 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Usulni aniqroq tushunish uchun uni metodologik darajada ko‘rib chiqish lozim — talaba faoliyatini tashkil etishning aniq usullari sifatida. Unda o‘qitish usuli, ta’lim berish vositasi sifatida, "shaxsga ta’sir ko‘rsatish vositasi", talabani rivojlantiruvchi faoliyatga jalb qilish va uni boshqarish usuliga aylanadi. Professional pedagoglar 50 ga yaqin o‘qitish usulini qo‘llaydilar: hikoya, suhbat, mustaqil o‘rganish, ko‘rsatmalar, mashqlar, manbalar bilan ishlash, ta’limiy o‘yin shaklidagi muhokama va boshqalar. Har bir usul esa, muayyan sharoitlarda, turli texnikalar kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi So‘nggi yillarda ta’lim texnologiyalaridan kimyo ta’limida foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Sinfdagi texnologiyalarni integratsiya qilish talabalarni jalb etish va ularning faol o‘qish jarayonini rag‘batlantirish orqali o‘quv natijalarini yaxshilash imkoniyatiga ega. Kimyo ta’limida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish talabalarining kognitiv (bilish) qobiliyatlarini oshiradi. Masalan, interaktiv simulyatsiyalar va animatsiyalar talabalar tomonidan mavhum kimyoviy tushunchalarni yaxshiroq anglash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishi aniqlangan. Shuningdek, kompyuterga asoslangan baholashlar talabalarni tanqidiy fikrlashga va o‘z bilimlarini yangi kontekstda qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘lishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, texnologiyalar bilan boyitilgan hamkorlikdagi o‘qitish yuqori darajadagi tafakkur va metakognitiv1 ko‘nikmalarni rivojlantirishi aniqlangan [1]. Kimyo ta’limida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bir qancha xulq-atvorga oid foydali natijalar bilan ham bog‘liq. Masalan, mobil qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishini va motivatsiyasini oshiradi [2]. Bundan tashqari, texnologiyaga asoslangan usullar talabalarning faolligi va d

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada universitetlarda kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, xususan, multimedia, internet resurslari, interaktiv uskunalar va o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) usullaridan foydalanishning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada universitetlarda kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini, xususan, multimedia, internet resurslari, interaktiv uskunalar va o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) usullaridan foydalanishning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Masofaviy ta’lim, Interaktiv o‘qitish, Kimyo ta’limi, Metakognitiv ko‘nikmalar, Gamifikatsiya, Talabaning faol ishtiroki, Virtual laboratoriya, Pedagogik innovatsiyalar, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), Zamonaviy texnologiyalar, Raqamli resurslar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники