К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR BILAN BOYITILGAN KIMYO DARSLARIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiyaviy yondashuv masalasi yoritilgan. Kimyo ta’limida innovatsion texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya va interaktiv vositalar yordamida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kompetensiya yondashuvi asosida kimyo fanini o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, kreativ va tanqidiy yondashuvlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada muammoli ta’lim, case-study, simulyatsiyalar va kreativ ta’lim texnologiyalaridan foydalanish strategiyalari va ularning ta’lim samaradorligiga ta’siri muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: kimyo ta’limi, raqamli texnologiyalar, kompetensiya yondashuvi, virtual laboratoriyalar, gamifikatsiya, kreativ fikrlash, interaktiv ta’lim, muammoli ta’lim, case-study, innovatsion pedagogika. Zamonaviy ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar va kompetensiya yondashuvi integratsiyasi kimyo fanini o‘qitishda paradigma o‘zgarishiga olib kelmoqda. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy yechim topishga yo‘naltirish, muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirish va kreativ fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Didaktik modellarning ishlab chiqilishi esa o‘quvchilarning kimyoga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi va ularni XXI asr kompetensiyalarini egallashga tayyorlaydi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Kimyo fanini o‘qitishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai va didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda metod tanlash, ta’lim jarayonini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish muhim hisoblanadi [1]. 13 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL Raqamli texnologiyalar kimyo darslarida nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan bog‘lash, o‘quvchilarda masofaviy ta’lim yoki virtual laboratoriyalardan foydalanish orqali bilimlarni chuqurlashtirish imkonini beradi. Kompetensiya yondashuvi o‘quvchilarni bilimlarni amaliyotda qo‘llash, muammolarni tanqidiy va ijodiy hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiradi [2]. Elektron ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, animatsiyalar va interaktiv multimedia vositalari kimyo darslarini boyitish va o‘quv jarayonini samarali tashkil etishning muhim vositalariga aylandi [3]. Muammoli ta’lim, case-study va virtual laboratoriyalar kimyo fanini o‘rganishda o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini kuchaytiradi. Masalan, suv yetishmovchiligi va uning tozalash usullari yoki kimyoviy texnologiyalarning atrof-muhitga ta’siri kabi mavzularda muammoli savollar berish orqali o‘quvchilarda chuqur tahlil va tezkorlik kabi sifatlar shakllanadi. Kreativ ta’lim esa ijodkorlikni targ‘ib etib, talabalarni tanqidiy fikrga, yangicha qarorlar ishlab chiqishga undaydi [4]. Izlanishni rag‘batlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zini namoyon qilishni rivojlantirish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali kreativ ta’lim talabalarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshiradi. Amaliyotda qo‘llash strategiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  O‘quv dasturlarini kompetensiya yondashuvi asosida takomillashtirish.  O‘qituvchilarning malakasini zamonaviy texnologiyalar va pedagogik metodlar bo‘yicha oshirish .  Baholash tizimini bilimni emas, balki amaliy ko‘nikma va muammolarni hal etish qobiliyatini o‘lchashga yo‘naltirish.  Laboratoriyalarni raqamli texnologiyalar bilan jihozlash, virtual simulyatsiya va 3D modellardan keng foydalanish. 14 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”  Real hayotiy muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalar orqali o‘quvchilarni ijodiy va tadqiqot faoliyatiga jalb etish. Xulosa: Raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiya yondashuvi o‘quvchilarning ijodiy fikrlash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash hamda muammoli vaziyatlarni tezkor va samarali hal etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu yondashuv kimyo faniga bo‘lgan qiziqishni oshirib, kelajakda innovatsion kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qurbonova, D. (2022). Kimyo fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalar qanchalik muhim? Samarqand davlat universiteti. https://www.samdu.uz/uz/news/29693 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2017). Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limning davlat ta'lim standartlari (187-son 06.04.2017). 3. Yunusov, M. M. (2023). Kimyoviy texnologiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda interfaol va innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati. Obrazovanie i innovatsionnye issledovaniya, (12), 363–365. 4. Abdullayeva, B. S., Qirg‘izboyev, A. K

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiyaviy yondashuv masalasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan kimyo darslarida kompetensiyaviy yondashuv masalasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompetensiya yondashuvi, kreativ fikrlash, raqamli texnologiyalar, case-study, gamifikatsiya, interaktiv ta’lim, innovatsion pedagogika., virtual laboratoriyalar, muammoli ta’lim, kimyo ta’limi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники