К содержанию
РецензированоUZ2026

VARIATIV SINFLARDA KIMYO FANINI O'QITISHDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Temirov Farrux

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada variativ sinflarda kimyo fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada variativ sinflarning o'ziga xos xususiyatlari, kimyo fanida kreativ fikrlashning ahamiyati, shuningdek, kreativ fikrlashni rivojlantirish usullari va metodlari yoritilgan. Muammoli ta'lim, loyiha metodi, STEM-yondashuv, laboratoriya ishlari va o'yin texnologiyalaridan foydalanishning samarali yo'llari ko'rsatib berilgan. Kreativ fikrlashni baholash mezonlari va o'qituvchining bu jarayondagi roli ham tahlil qilingan. Tavsiya etilgan usullar va metodlar variativ sinflarda kimyo fanini o'qitish sifatini oshirishga, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga, mustaqil va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: variativ sinflar, kimyo fanini o'qitish, kreativ fikrlash, innovatsion metodlar, muammoli ta'lim, loyiha metodi, STEM-yondashuv, o'yin texnologiyalari, amaliy mashg'ulotlar. Kirish. Zamonaviy ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini va kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Bu ayniqsa, variativ sinflarda kimyo kabi murakkab va ko'p qirrali fanlarni o'qitish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Kimyo fani o'z mohiyati bilan ijodiy yondashuvni talab qiladigan fan hisoblanib, uning o'qitilishi o'quvchilarning ijodiy salohiyatini ochishga qaratilgan bo'lishi kerak. Variativ sinflar o'quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va kelajakdagi kasb tanlashlariga qarab tashkil etilgan sinflarda ta'lim mazmuni va metodikasi o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlariga moslashtirilib, ularda o'quv dasturining moslashuvchanligi, chuqurlashtirilgan fan yo'nalishlari, amaliy mashg'ulotlarning ko'pligi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish va o'quvchilarning mustaqil tadqiqot ishlari uchun imkoniyatlar yaratiladi [1]. Bunday sinflarda kimyo fanini o'qitish jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish nafaqat o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirishiga, balki ularning hayotiy muammolarni hal qilish qobiliyatlarini shakllantirishga ham yordam beradi. 7 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL 1-chizma Kreativ fikrlash (1-chizma) zamonaviy jamiyatda eng qimmatli ko'nikmalardan biri hisoblanadi. U standart yondashuvlardan tashqariga chiqish, yangi g'oyalarni yaratish, turli xil muammolarni hal qilishda nostandart yechimlarni topish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Kimyo fanida kreativ fikrlash ayniqsa muhim, chunki u modda tuzilishi, kimyoviy reaksiyalar mexanizmlari, yangi birikmalar sintezi kabi masalalarni o'rganishda hal qiluvchi rol o'ynaydi [2]. Kreativ fikrlash muammoli vaziyatlarni aniqlay olish, nostandart yechimlarni izlash, analitik va sintez qilish qobiliyati, mavjud bilimlarni yangi vaziyatlarga qo'llay olish, bashorat qilish qobiliyati va ko'p variantli yechimlarni ishlab chiqish kabi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Variativ sinflarda kimyo fanini o'qitishda kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullaridan biri muammoli ta'lim texnologiyalarini qo'llashdir. Muammoli ta'lim o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammoning yechimini topishga undaydi. Kimyo darslarida kimyoviy paradokslar va ziddiyatlarni tahlil qilish, "Agar... bo'lsa, nima bo'ladi?" tipidagi savollarni muhokama qilish, hayotiy muammolar asosida kimyoviy vaziyatlarni yaratish va muammoli tajribalarni o'tkazish orqali o'quvchilarning kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin. Masalan, o'quvchilarga "Agar Mendeleyev davriy jadvalida bo'shliqlar qoldirilmaganda, kimyo fani rivojlanishi qanday yo'nalishda ketardi?" kabi savollar bilan murojaat qilish orqali ularning tahliliy fikrlashini rivojlantirish mumkin. Loyiha usuli ham o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir. Kimyo fanida tadqiqot loyihalari, amaliy-yo'naltirilgan loyihalar, ijodiy loyihalar va axborot loyihalarini taklif etish mumkin. Masalan, "Mahalliy suv havzalarining ekologik holati", "Uy sharoitida tabiiy indikatorlar tayyorlash", "Kimyo va san'at: rang hosil qiluvchi pigmentlar", "Zamonaviy nanomateriallar va ularning qo'llanilishi" kabi loyihalar o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini va kreativ fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. STEM-yondashuv asosida o'qitish ham variativ sinflarda kimyo fanini o'qitishda kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali yo'li hisoblanadi. STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yondashuvi kimyo fanini boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda o'qitishni nazarda tutadi. Bu yondashuv kimyo fanini fizika, biologiya, matematika va texnologiya bilan bog'lash, amaliy masalalarni yechishda kompleks yondashuvni shakllantirish va real hayotdagi muammolarni hal qilishda kimyoviy bilimlarni qo'llash imkoniyatini beradi. Masalan, "Kimyoviy elementlarning davriy o'zgarishi va matematik qonuniyatlar" mavzusida matematika va kimyo fanlarini bog'lovchi integratsiyalashg

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada variativ sinflarda kimyo fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada variativ sinflarda kimyo fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
variativ sinflar, kimyo fanini o'qitish, kreativ fikrlash, innovatsion metodlar, amaliy mashg'ulotlar., muammoli ta'lim, o'yin texnologiyalari, loyiha metodi, STEM-yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники