К содержанию
РецензированоRU2025

ANALITIK KIMYO FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ruziyev E.A. · Ruziyev J.E. · Rabbimova M.K. · Faxridinova I.I. · Tuxtaniyozova X.I.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

В настоящее время для подготовки высококвалифицированных и конкурентоспособных химико-аналитических специалистов в высших учебных заведениях необходимо использовать практические лабораторные занятия и экспресс-методы контроля знаний требований: Respublikamizda ta’lim tizimining barcha yo‘nalishlarida hukumatimizning uzluksiz ta’limning tamomila yangi tizimini, yangi ta’lim mazmunini takomillashtirishda hamda yangi ilg‘or innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichiga, ya’ni ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan bosqichga kirdi. Analiz jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan oliy ta’lim tizimida o‘qitishda ilmiy tavsifga ega bo‘lgan innovatsion texnologiylarga asoslangan hozirgi zamon ta’lim berish va ta’lim olish uslublarini yaratish, ta’lim jarayonida, ayniqsa, laboratoriya-amaliy darslarni olib borishda zamonaviy axborot texnologiyalari va asbob-uskunulardan foydalanish ham mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshishida katta ahamiyat kasb etadi [1, 381 b.]. Analitik kimyo ta’limida innovatsion pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini oldindan rejalashtirishni talab qiladi va bunda fan o‘qituvchisi talaba o‘zlashtira olishi mumkin bo‘lgan o‘quv materiallaridan dars davomida mumkin bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunlar axborot vositalaridan, amaliy topshiriqlar, masalalar, test topshiriqlari, laboratoriya ishlari, ya’ni o‘quv rejasidagi va mustaqil ta’lim dasturida belgilangan laboratoriya ishlari hamda auditoriyadan tashqari topshiriqlardan foydalanishni ko‘zda tutadi va unga darsning mazmunini tushuntirishni va amalda qo‘llashga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘yadi. Talabalarga amaliy va laboratoriya darslarida ham analitik kimyodan kerakli zaruriy o‘quv materiallarini berish va kimyoviy analizning rejadagi mavzusi sirlarini o‘rgatish bilan bir vaqtda ularni o‘zi bajarayotgan laboratoriya ishi to‘g‘risida mustaqil fikrga ega bo‘lgan holda o‘rganayotgan dars mavzusiga ongli munosabatda bo‘lib yondashish tushuncha yoki analitik hodisa va reaksiyalarni keng mushohada etib uni o‘zining og‘zaki, mantiqiy fikr asosida so‘zlab berish yoki kimyo fanlari ta’limida odat tusiga kirgan kollokvium savollaridan foydalanish asosida erkin holda ifodalay olish qobilayatlarining shakllanishiga yordam ko‘rsata olishimiz zarur [2, 163 b.]. Tajriba va tadqiqot tushunchalari analitik kimyoda nafaqat ilmiy ishlarning mohiyatini, ahamiyatini va istiqbolini belgilab beruvchi bo‘lib qolmasdan, ta’lim tizimining ham istiqbolini namoyon etuvchi jarayondir. 4 “TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI” Har bir kimyoviy analiz usullaridan laboratoriya darslarida amaliy va labaratoriya ishlari yakunlangandan so‘ng o‘qituvchi va talabalar hamkorlikda kuzatilgan hodisalar, kimyoviy jarayonlar to‘g‘risida xulosalar qilib, reaksiya tenglamalarini yozib, tegishli hisoblarni bajargach, amalga oshirilgan ishlar va nazariy o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar asosida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar, masalalar va topshiriqlarga tegishli javoblarni labaratoriya daftarlariga yozib qo‘yadilar. Analitik kimyo fani ta’limiga va uning tarmoqlari bo‘lgan fanlarni sifatiy o‘rganishga zamononaviy talablardan foydalanishning muhim omili bu uning yangilangan tarkibini yaratish va o‘rgatish jarayonini zamon talabini tashkil etishdan iborat. Bunday talablarga erishish uchun, uning hajmini kengaytirmasdan [3, 215 b.] ma’lumotlar bazasini chuqurlashtirish va boyitish o‘quv materialini asoslangan holda yig‘ish ta’lim jarayonini tashkil etishni va o‘qitish usulini yangilash, o‘quv soatlarini me’yor darajasida oshirmasdan fanni o‘rganishga bo‘lgan uslubiy yondashuvni o‘zgartirish, o‘quv jarayonini, talabalarning tushunish va mustaqil ishlashini faollashtirish va intensifikatsiyalashdan iborat vazifalarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti analitik kimyo kafedrasida kimyoviy analiz usullarini fanidan laboratoriya darslarini o‘qitishda tashkil etilayotgan innovatsion yondashuvlar bo‘yicha ba’zi kuzatuvlarimiz va mulohazalarimiz bilan fikr almashinmoqchimiz. Kimyo yo‘nalishida ta’lim olayotgan ikkinchi bosqich talabalariga kimyoviy analizning sifatiy analiz usullari yo‘nalishi bo‘yicha nazorat ishi beriladi. Kafedra laboratoriya-amaliy darslar yo‘nalishidan kelib chiqib nazorat ishi nomalum tuz tarkibli eritmadan iborat bo‘lib shu eritma tarkibidagi kationlarning birinchi va ikkinchi guruh vakillarini sistematik analiz qilish sxemasida aniqlashlari vazifa qilib berildi. Nazorat ishini bajarish uchun talabalarga uch soat yetarli bo‘ldi. Chunki nazorat ishlarining har birini kimyogar talabalar ikki kishidan bo‘lib amalga oshiradilar. Shundan so‘ng sistematik analiz usulini bajarish to‘g‘risida har bir talabadan alohida-alohida analiz protokoli yoki hisoboti yozishni hamda yozilgan hisoboti asosida minbarga chiqib ma’ruza tarzida gapirib berishini va analiz jarayonida foydalanilgan analitik reaksiyalari tenglamarini yozishni asoslab berishni talab qiladi. Talabaning og‘zaki ravishda, ma’ruza sh

Доказательный фрагмент

«В настоящее время для подготовки высококвалифицированных и конкурентоспособных химико-аналитических специалистов в высших учебных заведениях необходимо использовать практические лабораторные занятия и экспресс-методы…»

Образец извлечения

Демо-превью

В настоящее время для подготовки высококвалифицированных и конкурентоспособных химико-аналитических специалистов в высших учебных заведениях необходимо использовать практические лабораторные занятия и экспресс-методы… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim, bilim, laboratoriya., malaka, mutaxassis, amaliyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники