Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
BOKS SPORTIDA EMOTSIONAL HOLATLAR VA ULARNING PSIXOLOGIK MAZMUNI
PSIXOLOGIK MAZMUNI · Iskandarov Shaxriyor Xalimovich · O‘R QK Akademiyasi o‘qituvchisi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
The article focuses on emotional states in boxing and their psychological content. The article discusses the psychological conditions for cadets to participate well in competitions, their technical and tactical skills, and the experience of independently overcoming difficulties. Keywords: military personnel, scientific and theoretical approaches, security, process, qualification, personnel training, training. Bugungi kunda oldimizdagi ulkan maqsad, buyuk islohotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosi bo‘lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ko‘plab loyihalarni ishlab chikishga qodir bo‘ladilar. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab- quvvatlash tizimini samarali shakllantirish, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 7 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Hissiyotga berilgan barcha ta’riflar umumiy faollik sifatida ajralib turadi va sportchining ish qobiliyatini, energiyasini, g‘alabaga bo‘lgan irodasining namoyon bo‘lishiga omil va motiv sifatida ta’sir qiladi. Sport kurashini dinamik jarayonida ular u yoki bu jadallikda kechadi, bir-biri bilan almashadi, bir hissiy holat ikkinchi bir holatga o‘tadi. Demak, g‘alaba quvonchi muvaffaqiyatsizlikka uchragan sportchida qayg‘u yoki sportga oid jahlga, sportga oid ishtiyoq esa sportga oid qizg‘inlikka aylanib ketishi mumkin. Qachonki, sportchida hissiy beqarorlik yuzaga kelar ekan, u haddan ortiq hayajonlanadi, qizishib ketadi, bu esa sportchida ikkilanishga, umidsizlikka va ishonchsizlikka moyillikni vujudga keltiradi. Sportchining hissiy beqarorligiga ko‘pincha musobaqalarda omadsizlikka erishishi sabab bo‘ladi. Bunga uning o‘z hissiy holatiga ko‘rsatadigan tashqi salbiy ta’sirlarni yenga olmasligini asosiy sabab sifatida ta’kidlab o‘tishimiz mumkin. Bunday holatni o‘z vaqtida aniqlash sportchilardagi salbiy hissiy reaksiyalarni oldini olishga yordam beradi. Hissiy barqarorlik sportchida ijobiy psixologik fazilat sifatida sport kurashining muhim vaqtida yuqori darajaga ko‘tariladi va ma’lum xususiyatlarning muqimligi hamda sport vazifasini bajarishning barqaror yo‘nalishini yuzaga keltiradi. Sportchining musobaqada yaxshi ishtirok etishini psixologik sharti shundaki, u o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishi uchun o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch hissi hisoblanadi. Ishonch hissi asosan sportchining bor kuchini ishga solishi, raqib bilan bo‘lgan jangda qiyinchiliklarni yengishi uchun barcha imkoniyatlarini g‘alabaga yo‘naltira olish zarurligini ifodalanishidir. Sportchida o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qligi xavf-xatar bilan bog‘liq mashqlarni bajarish vaqtida qo‘rquvni keltirib chiqaradi, bu esa mashqning natijasiga va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sportchining harakatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan hissiy holatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘z kuchiga ishonmaslik, jur’atsizlik, javobgarlikdan va yomon natija ko‘rsatishdan qo‘rqish, kutilmagan holatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yish, raqibidan, qiyinchiliklardan va omadsizlikdan qo‘rqish. Sport mashqlarini bajarishi va yuqori natijalarga erishishi uchun sportchida o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch yuqori bo‘lishi kerak. Ishonch hissi nafaqat hissiy barqarorlik, balki qat’iylik, jasurlik, matonat kabi irodaviy sifatlarning jiddiy komponenti hisoblanadi. Yu.Yu.Palaymaning tadqiqotlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, u sportchilarning ishonch va ishonchsizlik holatlarini bir qancha ko‘rinishlarini aniqlagan va ular sport natijalari uchun kurashni muvaffaqiyatli olib borish bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Sportchining o‘z kuchiga qattiq ishonishi o‘zi tanlagan sport turining texnik va taktik ko‘nikmalarini egallaganligidan dalolat beradi, bu esa uning jismoniy sifatlari rivojlanganligi sababli o‘z imkoniyatlarini baholash va sinovdan o‘tkazishga qodirligini ifodalaydi. O‘z kuchiga va 8 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 7 (53) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 muvaffaqiyatiga ishonch nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini bilish, shu bilan birgalikda, kurashga tushadigan raqibining kuchi va imkoniyatlarini bilish, shuningdek, oldindagi qiyinchiliklarni ham ko‘ra olish va ularni bartaraf etish imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar sportchining ishonchi qandaydir bir holat va ob’ektiv faoliyatga mos kelmasa yoki aniq bir
Доказательный фрагмент
«The article focuses on emotional states in boxing and their psychological content.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article focuses on emotional states in boxing and their psychological content. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- military personnel, scientific and theoretical approaches, security, xavfsizlik, ilmiy-nazariy yondashuvlar, malaka, kadrlarni tayyorlash, mashg‘ulot., harbiy kadrlar, jarayon
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025