К содержанию
РецензированоUZ2025

YENGIL ATLETIKA ORQALI TALABALARDA JISMONIY CHIDAMLILIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI · Maxkamov Ixtiyor Azizjonovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada yengil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo‘nalishi orqali talabalarda jismoniy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar va trening texnologiyalari tahlil qilinadi. Chidamlilik — bu talabaning tana salomatligi, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining holati, ruhiy barqarorlik va umumiy quvvatini belgilovchi muhim jismoniy sifat hisoblanadi. Yozilgan maqolada aerobik yuklamalarning samarasi, intervallik yugurish mashg‘ulotlarining fiziologik ta’siri, nafasni boshqarish mashqlari orqali chidamlikni oshirish texnikasi haqida ilmiy asoslangan yondashuvlar keltiriladi. Shuningdek, maqolada eksperimental tadqiqotlar orqali talabalar guruhida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning natijalari tahlil qilinib, asosiy ko‘rsatkichlardagi ijobiy o‘zgarishlar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muntazam va to‘g‘ri tashkil etilgan yugurish mashg‘ulotlari orqali talabalar nafaqat jismoniy tayyorgarlik darajasini oshiradilar, balki o‘zlarining psixologik muvozanatini va ijtimoiy moslashuvchanligini ham mustahkamlashadi. Kalit so‘zlar: yengil atletika, chidamlilik, talaba, yugurish, jismoniy tayyorgarlik, trening texnologiyasi. Kirish. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida talabalarning jismoniy tayyorgarligi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, uzoq muddatli intellektual va ruhiy yuklamalar talabalar organizmida charchoq, stress va salomatlik darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday salbiy ta’sirlarning oldini olishda yengil atletika, xususan, uzoq masofalarga yugurish mashg‘ulotlari muhim rol o‘ynaydi. Chunki bu faoliyat turi yurak-qon tomir, nafas olish, mushak va asab tizimlarining faoliyatini kuchaytiradi, chidamlik darajasini oshiradi va stressga bardoshlilikni ta’minlaydi. Yugurish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar an’anaviy jismoniy tarbiya darslaridan farqli ravishda tizimli, individual yondashuv va yuklama nazoratini talab etadi. Mazkur maqolada yengil atletika asosidagi chidamlilikni oshirish texnologiyalarining nazariy asoslari, amaliy yondashuvlar va eksperimental dalillar asosida samaradorlik tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola orqali trenerlar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda sport ilm- fani vakillari uchun amaliy tavsiyalar shakllantiriladi. Tadqiqot metodikasi. Tadqiqot Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan 40 nafar 1–2 kurs talabalar ishtirokida o‘tkazildi. Ishtirokchilarning yoshi 18–21 yosh oralig‘ida bo‘lib, ular erkak va ayol jinsidagi talabalardan iborat edi. Tadqiqot 10 hafta davom etdi va har hafta 3 marotaba mashg‘ulotlar olib borildi. Trening dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ldi: • Intervallik yugurish (tezlik va dam olish oralig‘ida); • Teng ritmda uzoq masofaga yugurish; • Tabiiy sharoitdagi kross yugurish; 27 5 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel • Nafasni boshqarish va dam olish mashqlari. Baholash uchun talabalar quyidagi ko‘rsatkichlar asosida testdan o‘tkazildi: • Kupyer testi (12 daqiqada bosib o‘tilgan masofa); • Yurak urish tezligi (yugurishdan oldin va keyin); • Subyektiv holatni baholash (motivatsiya, charchoq, diqqat). Olingan ma’lumotlar Excel va SPSS dasturlari orqali tahlil qilinib, dastlabki va yakuniy natijalar taqqoslandi. Tadqiqot natijalari va tahlili. Tadqiqot natijalari talabalarda chidamlilik darajasida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Kupyer testida dastlabki o‘rtacha natija 2050 metrni tashkil qilgan bo‘lsa, eksperiment yakunida bu ko‘rsatkich 2450 metrgacha oshdi (taxminan 19.5% o‘sish). Yurak urish tezligi mashg‘ulotdan keyingi holatda 76 urish/min dan 68 urish/min gacha kamaydi. Talabalarning o‘z holatlarini baholash natijalariga ko‘ra, motivatsiya, kayfiyat va umumiy energiya darajasi oshgan. Ko‘rsatkich Eksperiment oldi Eksperiment so‘ng O‘zgarish Kupyer testi (m) 2050 2450 +19.5% Yurak urishi (urish/min) 76 68 −10.5% Subyektiv holat (1–10 ball) 5.8 8.1 +39.7% Bu natijalar shuni ko‘rsatadiki, uzoq masofaga yugurishga asoslangan muntazam mashg‘ulotlar talabalar sog‘lig‘i, jismoniy holati va o‘zini anglash ko‘nikmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Muhokama. Tadqiqot natijalari ilgari o‘tkazilgan ilmiy ishlar bilan mos tushadi. Intervallik yugurish va kross mashqlari talabalarning nafas olish va yurak faoliyatini yaxshilashi, yurak qisqarishlarining samarali bo‘lishini ta’minlashi bilan ajralib turadi. Nafasni chuqur nazorat qilish texnikalari esa nafaqat jismoniy kuchga, balki stressni boshqarish va diqqatni jamlash qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida talabalarning o‘z-o‘zini anglash, kuch va imkoniyatlarini baholash, muammoli vaziyatlarga bardosh berish ko‘nikmalari ham shakllandi. Ayniqsa, ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘zini past baholaydigan talabalar ham treninglar davomida o‘ziga bo‘lgan ishonchni

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yengil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo‘nalishi orqali talabalarda jismoniy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar va trening texnologiyalari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yengil atletikaning uzoq masofaga yugurish yo‘nalishi orqali talabalarda jismoniy chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar va trening texnologiyalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
chidamlilik, yugurish, talaba, trening texnologiyasi., yengil atletika, jismoniy tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники