К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA XALQARO HISOB-KITOBLAR BILAN BOG‘LIQ XATARLAR VA ULARNING OLDINI OLISH MEXANIZMLARI

Saidova Muxabbat Maxsudovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 13 · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy xatarlar tahlil qilinadi. Xususan, valyuta kurslarining beqarorligi, xalqaro regulyatorlar talablariga moslashishdagi muammolar, operatsion xatolar, kiberxavfsizlik tahdidlari hamda pul yuvishga qarshi kurash (AML/CFT) talablari doirasidagi xatarlar keng yoritiladi. Shu bilan birga, ushbu xatarlarning oldini olishga qaratilgan zamonaviy texnologik yechimlar, risklarni boshqarish strategiyalari va institutsional chora-tadbirlar muhokama etiladi. “O‘zsanoatqurilishbank” misolida xalqaro hisob-kitob operatsiyalarining xavfsizligini oshirishga doir amaliy yondashuvlar keltirilib, ularning bank amaliyotida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari xalqaro hisob-kitob tizimining barqarorligini ta’minlashda O‘zbekiston bank sektori uchun dolzarb takliflarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: Xalqaro hisob-kitoblar, tijorat banklari, valyuta xatari, kiberxavfsizlik, SWIFT tizimi, AML/CFT, regulyativ xatarlar, operatsion xatar, compliance monitoring, raqamli to‘lov tizimlari, moliyaviy xavflar, bank risklarini boshqarish, O‘zbekiston bank tizimi, xalqaro moliyaviy regulyatsiyalar, sun’iy intellekt asosidagi xavf tahlili. Kirish. Global moliyaviy integratsiya va xalqaro savdoning jadallashuvi sharoitida tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalaridagi ishtiroki tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqaro hisob-kitoblar orqali banklar mijozlarning import-eksport to‘lovlari, valyuta ayirboshlash, akkreditiv va inkasso operatsiyalarini amalga oshiradi. Biroq bunday operatsiyalar doirasida ko‘plab xatarlar mavjud bo‘lib, ular bank faoliyatining barqarorligi va ishonchliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi, xalqaro regulyatorlar bilan muvofiqlikdagi muammolar, kiberxavfsizlik tahdidlari, pul yuvish xavfi va texnik nosozliklar ushbu jarayonning asosiy xavf omillaridir. O‘zbekiston tijorat banklari, xususan, xalqaro operatsiyalar hajmi ortib borayotgan bir paytda, ushbu xatarlarni aniqlash, baholash va ularning oldini olish bo‘yicha samarali tizimlarni ishlab chiqishi dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mazkur maqolada ana shu xatarlarning 55 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference turlari, ularning tijorat banklari faoliyatiga ta’siri va oldini olish mexanizmlari tahlil qilinadi. Valyuta xatari Regulyativ xatari Texnik va texnologik xatarlar Kiberxavfsizlik xatari AML/CFT xatari 1-rasm. Xalqaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq asosiy xatarlar Manba: Muallif ishlanmasi. Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalaridagi xatarlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi: 1. Valyuta xatari – hisob-kitoblar ko‘p hollarda chet el valyutalarida amalga oshiriladi. Bu esa valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar sababli daromad yoki zarar ehtimolini oshiradi. 2. Regulyativ xatari – xalqaro moliyaviy tranzaksiyalar har bir davlatning o‘z qonunchiligi doirasida yuritiladi. Banklar bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Markaziy banki va xalqaro regulyatorlar (FATF, Basel, SWIFT qoidalari) talablariga rioya etishi lozim. 3. Texnik va texnologik xatarlar – SWIFT yoki boshqa hisob-kitob platformalarida yuz beradigan texnik nosozliklar, ma’lumotlar yo‘qolishi yoki noto‘g‘ri uzatilishi hisob-kitoblarda kechikish yoki yo‘qotishlarga olib keladi. 4. Kiberxavfsizlik xatari – xalqaro hisob-kitoblar elektron kanallar orqali amalga oshirilgani sababli bank tizimlariga kiberhujumlar xavfi yuqori bo‘ladi. 5. AML/CFT xatari – xalqaro tranzaksiyalar orqali noqonuniy daromadlarni yuvish yoki terrorizmni moliyalashtirishga urinishlar ham katta xavf sifatida qaraladi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank sektori xalqaro moliyaviy integratsiyaga faol tarzda kirib bormoqda. Raqamlashtirish jarayonlari kengaymoqda, SWIFT tizimi joriy etilgan, va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik izchil 56 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference rivojlanmoqda. Biroq, mavjud taraqqiyotga qaramasdan, xalqaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq xatarlarni samarali boshqarishda ayrim tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan, xatarlarni bashorat qilish va boshqarish tizimlari (ERM) hali barcha banklarda to‘liq joriy etilmagan. Shuningdek, bank xodimlarining xalqaro moliyaviy qonunchilik va regulyator talablariga oid bilimlari yetarli emas. Banklararo real vaqt rejimida ishlovchi to‘lov tizimlari (RTGS) esa to‘liq integratsiyalashmagan bo‘lib, bu tranzaksiyalarning tezligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kiberxavfsizlik siyosatlari esa barcha banklarda bir xil darajada emas, bu esa tizimli tahdidlarni kuchaytiradi. Xalqaro hisob-kitoblardagi xatarlarni kamaytirish uchun tijorat banklarida bir nechta muhim mexanizmlarni joriy etish zarur. Eng avvalo, texnologik yechimlar orqali operatsion xavflarni kamaytirish mumkin. Masalan, SWI

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy xatarlar tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan asosiy xatarlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
regulyativ xatarlar, CFT, moliyaviy xavflar, bank risklarini boshqarish, compliance monitoring, xalqaro moliyaviy regulyatsiyalar, SWIFT tizimi, valyuta xatari, raqamli to‘lov tizimlari, sun’iy intellekt asosidagi xavf tahlili., Xalqaro hisob-kitoblar, kiberxavfsizlik, AML, operatsion xatar, tijorat banklari, O‘zbekiston bank tizimi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники