Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT IMIDJI MADANIYAT ORQALI: DUNYO SIYOSATIDA JOZIBADORLIKNI SHAKLLANTIRISH STRATEGIYALARI
JOZIBADORLIKNI SHAKLLANTIRISH STRATEGIYALARI · Feruza Nazarova
Развитие педагогических технологий в современных науках · 13 · 44–54 · 2026
Аннотация
This article explores the role of culture in building a positive international image of states. It analyzes strategic approaches to cultural promotion through the examples of South Korea (K-culture), Japan (Cool Japan), and France (La Francophonie). The mechanisms of soft power, the impact of creative industries, and the practices of cultural diplomacy are thoroughly examined. Keywords: cultural diplomacy, soft power, national image, creative industries, international relations, K-culture, Cool Japan, La Francophonie XXI asrda davlatlar o‘zlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish uchun faqat harbiy yoki iqtisodiy kuchga tayanmayapti. "Yumshoq kuch" (soft power) konsepsiyasi [Nye, 2004] asosida, madaniyat vositasida xalqlarning e’tiborini qozonish va ijobiy imidj yaratish dolzarb strategiyaga 25 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference aylangan. Koreya, Yaponiya va Fransiya kabi davlatlar madaniy eksport orqali o‘zlarini global sahnada ta’sirchan kuch sifatida ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu maqolada aynan uchta yirik madaniy tashabbus — Koreyaning K- culture, Yaponiyaning Cool Japan dasturi va Fransiyaning La Francophonie tarmog‘i misolida madaniyat vositasida davlat imidjini shakllantirish strategiyalari chuqur tahlil qilinadi. Globalizatsiya va raqamli texnologiyalar taraqqiyoti sharoitida xalqaro maydonda davlatlar o‘rtasidagi raqobat yangi shakllarga ega bo‘ldi. An’anaviy kuch vositalari bilan bir qatorda, madaniy qadriyatlar, san’at, til va kommunikatsiya vositalari orqali ta’sir ko‘rsatish strategiyalari yetakchi o‘ringa chiqmoqda. Shu nuqtayi nazardan, madaniy diplomatiya nafaqat tashqi siyosatning muhim qismi, balki davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash omili sifatida qaralmoqda. So‘nggi o‘n yilliklar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, o‘z milliy madaniyatini zamonaviy vositalar orqali targ‘ib eta olgan davlatlar xalqaro sahnada o‘z mavqelarini mustahkamlash va yumshoq kuch salohiyatini oshirishga erishmoqda. Shu jarayonda Koreya Respublikasi o‘zining K-culture brendi orqali madaniy inqilobni boshlab berdi, Yaponiya esa Cool Japan strategiyasi yordamida kreativ industriyalarini jahon auditoriyasiga yetkazdi. Fransiya esa, o‘zining ko‘p asrlik til va madaniyat siyosatini davom ettirib, La Francophonie tarmog‘i orqali global miqyosda ta’sir doirasini kengaytirmoqda. Maqolaning asosiy maqsadi — har bir davlatning konkret madaniy tashabbuslari asosida, madaniyat eksportining xalqaro imidjga va global raqobatbardoshlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilish va muvaffaqiyat omillarini aniqlashdan iborat. Shu bilan birga, zamonaviy diplomatiya konsepsiyasida madaniyat, kreativ industriyalar va xalqaro kommunikatsiya tarmoqlari o‘zaro uyg‘unlashib, davlatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xalqaro miqyosda o‘zining jozibador madaniy obrazini shakllantira olgan davlatlar nafaqat o‘z siyosiy manfaatlarini ilgari surmoqda, balki iqtisodiy hamkorlik, sayyohlik va xalqaro brendingni rivojlantirish imkoniyatiga ham ega bo‘lmoqda. Bugungi globallashuv sharoitida raqamli texnologiyalar va ommaviy axborot vositalari madaniy mahsulotlarning jahon bozoriga tezkor kirib borishini ta’minlamoqda. Shu sababli, madaniy diplomatiya faqat an’anaviy san’at yoki tarixiy meros bilan cheklanmay, balki yangi media platformalari, virtual madaniy tajribalar va transmilliy madaniy loyihalar orqali ham amalga oshirilmoqda. 26 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Maqolada tahlil qilinadigan uchta strategik model — Koreyaning K-culture brendi, Yaponiyaning Cool Japan dasturi va Fransiyaning La Francophonie tarmog‘i — turlicha tarixiy, iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda shakllangan bo‘lsa- da, ularni umumiy maqsad: davlat imidjini madaniyat vositasida global auditoriyada mustahkamlash birlashtiradi. Har bir tashabbus o‘zining noyob yo‘nalishlari va uslublari bilan madaniy diplomatiya amaliyotining qanchalik rang-barang va dinamik bo‘lishini ko‘rsatadi. Shunday qilib, maqola doirasida madaniyat eksporti va xalqaro brending vositalarining muvaffaqiyat omillari, davlat strategiyasiga madaniy diplomatiya integratsiyasi va global auditoriyaga ta’sir qilish mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Asosiy qism 1. Madaniyat va "yumshoq kuch" nazariyasi Joseph Nye ta’kidlaganidek, "yumshoq kuch" bu boshqalarni o‘z xohishiga ko‘ra harakat qilishga undash qobiliyatidir, bu esa madaniy joziba va qadriyatlar vositasida amalga oshiriladi [Nye, 2004, s. 5]. Madaniy diplomatiya esa bu kuchni real vositaga aylantirish mexanizmidir [Melissen, 2005, s. 15] "Yumshoq kuch" kontseptsiyasi davlatlarning o‘z manfaatlarini ilgari surishda majburlash yoki iqtisodiy bosim o‘rniga, o‘z qadriyatlari, madaniy jozibasi va siyosiy institutlarining jalb etuvchi xususiyatiga tayanishini ta’kidlaydi [Nye, 2004, s. 5]. Bu yondashuv xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmasdan o‘ziga xos raqobat ustunligin
Доказательный фрагмент
«This article explores the role of culture in building a positive international image of states.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role of culture in building a positive international image of states. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cultural diplomacy, soft power, national image, creative, madaniy diplomatiya, La Francophonie, yumshoq kuch, kreativ industriyalar, Cool Japan, xalqaro munosabatlar, K-culture, milliy imidj
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025