Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
FAST FOOD KAFESI UCHUN AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Dolimova Durdonaxon Adhamjon qizi
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the use of information technologies in the fast food business and ways to increase the efficiency of the enterprise with their help. Aspects such as order automation, warehouse management, customer service systems, real-time control and online delivery services are covered through practical examples. The advantages of using software such as 1C are also shown. As a result, it is substantiated that fast food enterprises can significantly improve the quality of service and financial performance using digital technologies. Keywords: Fast food, information technology, automation, customer service, 1C, digital transformation, warehouse management, online services. Аннотация: В статье анализируется использование информационных технологий в сфере быстрого питания и пути повышения эффективности работы предприятия с их помощью. На практических примерах рассматриваются такие аспекты, как автоматизация заказов, управление складом, системы обслуживания клиентов, мониторинг в реальном времени и онлайн-сервисы доставки. Также подчеркиваются преимущества использования такого программного обеспечения, как 1С. В результате доказано, что предприятия быстрого питания могут значительно улучшить качество обслуживания и финансовые показатели, используя цифровые технологии. Ключевые слова: Фастфуд, информационные технологии, автоматизация, обслуживание клиентов, 1С, цифровая трансформация, управление складом, онлайн- сервисы. Zamonaviy iqtisodiy muhitda fast food biznesi tezkor xizmat ko‘rsatish, mijozlar ehtiyojini qondirish va resurslardan oqilona foydalanish orqali muvaffaqiyat qozonmoqda. Bu jarayonni samarali tashkil etish, raqobatbardoshlikni oshirish va ichki boshqaruv tizimini optimallashtirishda axborot texnologiyalarining o‘rni nihoyatda muhimdir. Axborot texnologiyalari yordamida fast food korxonalarida nafaqat operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish, balki mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, real vaqt rejimida nazorat qilish va tahliliy qarorlar qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. 84 ` Fast food sohasidagi asosiy muammolardan biri – buyurtmalarni tez va aniqlik bilan qabul qilish, ularni oshxonaga uzatish va mijozga yetkazib berish jarayonini soddalashtirishdir. Ushbu muammoni hal qilishda sensorli ekranlar asosida ishlovchi buyurtma tizimlari, mobil ilovalar orqali oldindan buyurtma berish imkoniyatlari, QR-kod yordamida tezkor xizmat ko‘rsatish tizimlari muhim rol o‘ynaydi. Bunday texnologiyalar yordamida inson omiliga bog‘liq xatoliklar kamayadi, xizmat ko‘rsatish tezlashadi, va mijozlar soni ortadi. Shuningdek, axborot texnologiyalari yordamida omborxona hisobini yuritish, mahsulotlar sarfini avtomatik nazorat qilish va ta’minot zanjirini optimallashtirish mumkin. Masalan, 1C:Savdo yoki boshqa ERP tizimlari yordamida har bir ingredientning hisobini yuritish, ularning yaroqlilik muddatini kuzatish va avtomatik ravishda yangi buyurtmalar shakllantirish orqali korxona samaradorligini oshirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, isrofgarchilikni kamaytiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi. Shuningdek, fast food biznesida ma'lumotlar tahlilining ahamiyati ortib bormoqda. Ma'lumotlar tahlili orqali korxonalar o‘z faoliyatini tahlil qilib, qanday o‘zgarishlar kiritish zarurligini aniqlay olishadi. Masalan, mijozlar sonining o‘sishi yoki pasayishiga ta'sir etgan omillarni tahlil qilish, o‘zgartirishlar kiritish va marketing strategiyasini yaxshilash uchun foydalidir. Axborot tizimlarining tahliliy funksiyalari yordamida, restoranlar mijozlarning qanday taomlarni afzal ko‘rishini, qaysi paytlarda ko‘proq buyurtma berilishini va boshqa trendlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Agar korxona o‘zining axborot tizimini modernizatsiya qilgan bo‘lsa, u nafaqat xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi, balki mijozlar ehtiyojlarini yanada samarali qondirishga ham imkon yaratadi. Misol uchun, mobil ilovalar yoki onlayn buyurtma tizimlari mijozlarga qulaylik yaratadi, ular o‘z buyurtmalarini tezda joylashtirishlari, to‘lovlarni onlayn amalga oshirishlari va maxsus takliflardan foydalanishlari mumkin. Bu, o‘z navbatida, mijozlarning sodiqligini oshiradi va korxonaning daromadlarini barqarorlashtiradi. Axborot texnologiyalarining yana bir muhim afzalligi — operatsion xarajatlarni kamaytirish imkoniyatidir. Misol uchun, xodimlar sonini kamaytirish, avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida buyurtmalarni qabul qilish va oshxonada ishlash jarayonini optimallashtirish, korxonaning xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar kiritilganida, texnik xatoliklar va tizim ishlamay qolish holatlari kamayadi, bu esa restoranning operatsion ishdan chiqishi va daromad yo‘qotishi xavfini kamaytiradi. Fast food biznesida axborot texnologiyalarining samaradorligini oshirishda, xodimlarni malakasini oshirish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini samarali tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish faqat texnik vositalar bilan cheklanmay
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the use of information technologies in the fast food business and ways to increase the efficiency of the enterprise with their help.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the use of information technologies in the fast food business and ways to increase the efficiency of the enterprise with their help. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fast food, information technology, automation, customer service, digital, foydalanuvchi interfeysi, xavfsizlik, raqamli transformatsiya, API integratsiyasi, axborot tizimi, bulutli xizmatlar, avtomatlashtirish, fast food kafe, biznes jarayonlar, sun’iy intellekt, mobil ilova, zamonaviy texnologiyalar
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022
The American Journal of Applied sciencesAbdumalikov Abdulatif Abdumalikovich, Khakimov Nazar Khakimovich2020