К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORINING IJOBIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH.

FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH. · Boymirzayeva Zamira Kamolovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Maktabgacha ta’lim tizimi yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tizimning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun direktorlarning ijobiy fikrlash qobiliyatlari zarur. Ijobiy fikrlash orqali rahbar tashkilotda sog‘lom va samarali jamoa muhitini yaratib, ta’lim sifatini oshirishga erishishi mumkin. Bugungi kunda pedagogik tizimda muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, bu esa rahbarlarga yangi muammolarni yechishda yangi yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi. Shuning uchun, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining ijobiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, nafaqat pedagogik boshqaruvni, balki jamoadagi umumiy ruhni, ijtimoiy va emotsional muhitni ham yaxshilashga xizmat qiladi. Ijobiy fikrlash — bu shaxsning atrof-muhitga va o‘ziga nisbatan optimistik, konstruktiv va yaratish ruhidagi qarashlarini ifodalaydi. Bunda inson faqat salbiy holatlarni emas, balki barcha vaziyatlarda imkoniyatlarni ko‘ra olish va turli muammolarga ijodiy yondashish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Direktorlar uchun bu qobiliyat yuqori darajadagi liderlik va boshqaruv mahoratini talab qiladi, chunki ular nafaqat boshqaruv funksiyalarini bajarish, balki jamoani o‘zgartirish va yangi ideallarni shakllantirishga ham mas’uldir. Kalit so’zlar: Qobiliyat, ijobiy fikrlash, liderlik, boshqaruv mahorati, muvaffaqiyat, motivatsiya, energiya, stress. Rahbarlik faoliyatidagi ijobiy fikrlashning roli Motivatsiya va energiya: Ijobiy fikrlash direktorlarni jamoaga motivatsiya berishda va ularni o‘z faoliyatiga ishonch hosil qilishda qo‘llaydi. Innovatsiya va yangilikka ochiqlik: Ijobiy fikrlash rahbarni yangiliklarni qabul qilishga va pedagogik yangiliklarni muvaffaqiyatli joriy etishga tayyor qiladi. Stressni boshqarish: Ijobiy fikrlash rahbarni murakkab vaziyatlarda ham salbiy hissiyotlardan xoli bo‘lishga yordam beradi, bu esa qarorlarni yanada aniq va samarali qabul qilish imkonini yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorining ijobiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish mexanizmlari Emotsional intellektni rivojlantirish Emotsional intellekt, ya’ni o‘z hissiyotlarini boshqarish, boshqalarning his- tuyg‘ularini tushunish va ularga mos ravishda munosabatda bo‘lish, direktor uchun juda muhimdir. Emotsional intellekt ijobiy fikrlashni shakllantirishda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Direktor emotsional intellektni rivojlantirish 128 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference orqali jamoa bilan mustahkam va ishonchli aloqalar o‘rnatadi. Refleksiya va o‘z- o‘zini baholash Direktorlarning o‘z faoliyatini muntazam ravishda tahlil qilishlari va o‘zgarishlarga ochiq bo‘lishlari kerak. O‘zini tahlil qilish (refleksiya) orqali rahbar o‘zining kuchli va zaif tomonlarini ko‘ra olishadi, bu esa shaxsiy o‘sishga va ijobiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Kouching va mentorlik Kouching va mentorlik dasturlari direktorlarning ijobiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun samarali usuldir. Bu dasturlar rahbarlarni o‘zlarini anglashga, yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, shuningdek, qiyin vaziyatlarni ijobiy nuqtai nazardan ko‘rishga o‘rgatadi. Psixologik mashg‘ulotlar va treninglar Treninglar, seminarlar va psixologik mashg‘ulotlar orqali direktorlar o‘zlarining ijobiy fikrlash va boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin. Bu mashg‘ulotlar rahbarlarga murakkab vaziyatlarda qanday qilib ijobiy qarorlar qabul qilish, stressni boshqarish va jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlashni o‘rgatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining ijobiy fikrlashni shakllantirishning boshqaruv jarayoniga ta’siri. Jamoani boshqarish va muhit yaratish Ijobiy fikrlash orqali direktorlar jamoa ichida ijobiy ruhni saqlashadi. Ular mehnat jarayonida jamoaning o‘zaro munosabatlarini va o‘zaro hurmatini mustahkamlash, muammolarni ochiq va konstruktiv hal etish kabi vazifalarni bajarishadi. Maktabgacha ta’lim direktorlarining ijobiy fikrlash qobiliyatlari ta’lim sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Ijobiy fikrlash rahbarni ta’lim jarayonlarini yangilash, innovatsion yondashuvlarni joriy etishga undaydi. Direktorlar ijobiy fikrlash orqali ota-onalar bilan samarali va konstruktiv aloqalar o‘rnatadilar. Bu esa ta’lim jarayoniga ota-onalarning ishtirokini oshiradi, tashkilotga nisbatan qoniqishni va ishonchni kuchaytiradi. Asosiy g‘oyalar: Ijobiy fikrlash tushunchasi va uning rahbarlik faoliyatidagi o‘rni. Ijobiy fikrlash – bu muammolarni imkoniyat sifatida qabul qilish, ijobiy kayfiyatni saqlash, stressni boshqarish va motivatsiyani yuqori darajada ushlab turish qobiliyatidir. Maktabgacha ta’lim rahbari uchun bu fazilatlar jamoani birlashtirish, pedagogik muhitni ijobiy ruhlantirish va ota-onalar bilan konstruktiv aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Direktor shaxsida ijobiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning psixologik-pedagogik mexanizmlari: Emotsional intellektni rivojlantirish O‘zini anglash va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini mustahkamlash 129 ACADEMIC RESEAR

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha ta’lim tizimi yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha ta’lim tizimi yosh avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muvaffaqiyat, stress., ijobiy fikrlash, Qobiliyat, motivatsiya, energiya, boshqaruv mahorati, liderlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники