К содержанию
РецензированоUZ2026

ORQA MIYA VA UNING QOBIQ QATLAMLARI: MORFOLOGIK TAHLIL

Rayimqulov Firdavs Azimjon o‘g‘li · Abdumannonova Muborakxon Abdupulat qizi · Mansurova Dilorom Aslonovna

Академические исследования в современной науке · 572–580 · 2026

Аннотация

This article discusses the macro- and micromorphological structure of the spinal cord, the anatomical and physiological characteristics of the layers surrounding it - the hard, arachnoid and soft membranes. The morphological structure, functional significance and role of each layer in clinical situations are analyzed on a scientific basis. This analysis serves to understand the diagnosis and treatment methods of diseases of the nervous system. Keywords: spinal cord, morphology, meninges, dura mater, arachnoid mater, pia mater, nervous system, anatomical analysis. Аннотация. В статье рассматривается макро- и микроморфологическое строение спинного мозга, а также анатомо- физиологические особенности окружающих его оболочек — твердой мозговой оболочки, паутинной мозговой оболочки и мягкой мозговой оболочки. Научно проанализированы морфологическая структура, функциональное значение и роль каждого слоя в клинических ситуациях. Данный анализ служит для понимания методов диагностики и лечения заболеваний нервной системы. Ключевые слова: спинной мозг, морфология, оболочки мозга, твёрдая оболочка, паутинная оболочка, мягкая оболочка, нервная система, анатомический анализ. 176 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Inson organizmida markaziy asab tizimi asosiy boshqaruv markazi bo‘lib, u bosh miya va orqa miyadan iborat. Bu tuzilma organizmning harakat, sezgi, avtonom funksiyalarini boshqarishda, shuningdek, tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Orqa miya ushbu tizimning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, u reflektor va o‘tkazuvchi funksiyalarni bajaradi. Orqa miyaning to‘g‘ri faoliyat yuritishi u bilan bog‘liq bo‘lgan anatomik tuzilmalar – ayniqsa, uni o‘rab turgan uchta qobiq qatlam tomonidan ta’minlanadi. Bu qatlamlar orqa miyaning mexanik, suyuqlik va metabolik muvozanatini saqlash, shuningdek, himoya qilish kabi ko‘plab funktsiyalarni bajaradi. Ushbu maqolada orqa miyaning makro va mikromorfologik tuzilishi, qobiq qatlamlarining strukturaviy o‘ziga xosliklari, ularning fiziologik va klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Orqa miyaning anatomik va morfologik tuzilishi. Orqa miya (medulla spinalis) – umurtqa kanalida joylashgan, yuqorida bosh miya bilan tutashgan va pastda dumg‘aza nervlari bilan tugaydigan markaziy nerv tizimi tuzilmasidir. Uning uzunligi erkaklarda o‘rtacha 45 sm, ayollarda 42 sm atrofida. Og‘irligi esa 30-35 grammni tashkil etadi. Orqa miya bo‘yin (pars cervicalis), ko‘krak (pars thoracica), bel (pars lumbalis), dum (pars sacralis) va dumg‘aza (pars coccygea) qismlariga bo‘linadi. Har bir bo‘limda orqa miya periferik nervlar bilan bog‘lanadi. Orqa miyaning kesimiga nazar solinsa, uning markazida kulrang modda (substancia grisea) joylashgan bo‘lib, “H” yoki kapalak shakliga ega. Bu joyda motor va sensor neyronlarning somasi, reflektor markazlar joylashadi. Kulrang modda atrofi oq modda (substancia alba) bilan o‘ralgan bo‘lib, unda yuqoriga (afferent) va pastga (efferent) yo‘nalgan nerv tolalari joylashadi. Orqa miyaning asosiy funksiyalari: Reflektor funksiyasi: organizmning javob reaksiyalarini boshqaradi (masalan, og‘riqqa refleks). O‘tkazuvchi funksiyasi: impulslarni bosh miya va tananing boshqa qismlariga yetkazadi. Avtonom funksiyasi: ichki organlar faoliyatini boshqaradi (siydik chiqarish, yurak urishi va b.). Orqa miyaning qobiq qatlamlari. Orqa miyaning funksional va struktural yaxlitligini saqlash uchun u uchta qobiq bilan qoplangan: Qattiq qobiq (Dura mater spinalis). Bu tashqi qatlam bo‘lib, zich biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan. Uning qalinligi 0,3–0,5 mm atrofida bo‘lib, asosan kollagen va elastik tolalardan iborat. Dura mater orqa miyaning 177 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference eng kuchli himoya to‘siqlaridan biridir. U epidural bo‘shliq orqali umurtqa devoridan ajralib turadi. Ushbu bo‘shliqda qon tomirlari, limfa tugunlari va yog‘ to‘qimalari joylashgan bo‘lib, u bemorlarda anesteziya (epidural blok) qo‘llaniladigan joy hisoblanadi. O‘rta qatlam – o‘rgimchak to‘ri (Arachnoidea spinalis). Arachnoidea – yupqa, shaffof va nozik qatlam bo‘lib, dura mater ostida joylashgan. Bu qatlamda hujayralararo panjaraviy tolalar bo‘lib, ular subaraxnoid bo‘shliqni tashkil etadi. Ushbu bo‘shliq orqa miyani o‘rab turuvchi likvor (orqa miya suyuqligi) bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u o‘z navbatida zarba, infeksiya va toksik moddalar ta’siridan asab to‘qimalarini himoya qiladi. Mikroskop ostida qaralganda, araxnoid qatlamda asosan skvamoz epiteliy va fibroblastlar ko‘rinadi. Ular orasida ingichka trabekulalar mavjud bo‘lib, pia materga ulanadi. Subaraxnoid bo‘shliqdagi likvorning tahlili orqali ko‘plab asab kasalliklari aniqlanadi (masalan, meningit, multiple skleroz va b.). Ichki qatlam – yumshoq qobiq (Pia mater spinalis). Yumshoq qobiq orqa miyaning yuzasiga bevosita yopishgan holatda joylashgan. U qon-tomirlar bilan boyitilgan bo‘lib, orqa miyaning to‘liq oziqlanishini ta’minlaydi. P

Доказательный фрагмент

«This article discusses the macro- and micromorphological structure of the spinal cord, the anatomical and physiological characteristics of the layers surrounding it - the hard, arachnoid and soft membranes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the macro- and micromorphological structure of the spinal cord, the anatomical and physiological characteristics of the layers surrounding it - the hard, arachnoid and soft membranes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
spinal cord, morphology, meninges, dura mater, arachnoid, asab tizimi, arachnoidea, pia mater, orqa miya, qobiq qatlamlar, anatomik tahlil., morfologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники