К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONNING XALQARO VALYUTA BOZORIGA INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI · Xaqberdieva Nargiza Аnvarovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi magistranti · Haqberdieva Nargiza Anvarovna

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

This scientific thesis analyzes the processes of the Republic of Uzbekistan's integration into the international currency market and its development directions on a scientific basis. This study sheds light on the concept of the international currency market, its functions and its importance for the economy of Uzbekistan. The main factors, strategies and international experience necessary to strengthen the integration of Uzbekistan into the international currency market are studied. Based on the results of the study, proposals have been developed to form an effective currency policy for the economy of Uzbekistan, improve currency control and develop cooperation with international financial institutions. Keywords: International currency market, currency integration, currency policy, currency control, international finance, economy of Uzbekistan. ASOSIY QISM Xalqaro valyuta bozori – bu turli davlatlarning milliy valyutalari o‘rtasidagi ayirboshlash, savdo qilish va investitsiya operatsiyalarini amalga oshiradigan global moliyaviy tizimdir. Ushbu bozor valyutalarning talab va taklifiga asoslanib, ularning kursini belgilaydi. O‘zbekiston uchun xalqaro valyuta bozoriga integratsiya iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismidir, chunki u mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tashqi savdo hajmini oshirish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. O‘zbekiston xalqaro valyuta bozoriga kirib borishda bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. 2017 yilda valyuta ayirboshlash rejimi liberallashtirilib, milliy valyuta – so‘mning kursi bozor mexanizmlariga asoslangan holda belgilanishi ta’minlandi. Bu esa xorijiy investorlar uchun 68 qulay sharoit yaratdi. 2020 yilda Markaziy bank valyuta siyosatini takomillashtirdi, valyuta nazoratini soddalashtirdi va tijorat banklariga xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berildi. 2021–2023 yillar davomida xalqaro moliya institutlari, xususan, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF), Osiyo taraqqiyot banki (ADB) bilan hamkorlik mustahkamlandi. Shu bilan birga, 2019 va 2021 yillarda O‘zbekiston xalqaro moliya bozorlarida suveren obligatsiyalar chiqarib, xorijiy valyuta jalb qilish imkoniyatini kengaytirdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston xalqaro valyuta bozoriga kirib borishda qator muammolar va xavf-xatarlar bilan ham yuzma-yuz kelmoqda. Eng asosiy muammolardan biri – valyuta kursining beqarorligi bo‘lib, milliy valyutaning kursi tashqi bozordagi holatlarga sezgir bo‘lib, global iqtisodiy o‘zgarishlardan ta’sirlanmoqda. Valyuta ayirboshlashining liberallashtirilishi ichki bozorda inflyatsiyani oshirishi mumkin. Xorijiy investorlar uchun barqaror muhitning yetishmasligi, valyuta nazoratining noaniqligi xorijiy investitsiyalarni cheklaydi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi past bo‘lib, xalqaro valyuta bozoridagi imkoniyatlardan samarali foydalanish darajasi pastligi kuzatilmoqda. Dunyo tajribasi xalqaro valyuta bozoriga integratsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirgan mamlakatlarning tajribasini o‘rganishni talab qiladi. Masalan, Turkiya valyuta nazoratini liberallashtirish va milliy valyutaning konvertatsiya qilinadiganligini ta’minlash orqali xalqaro investorlarni jalb qildi. Qozog‘iston esa milliy valyuta – tengening kursini bozor mexanizmlariga asoslangan holda boshqarib, valyuta xavfini boshqarish strategiyasini kuchaytirdi. Janubiy Koreya xalqaro savdo hajmini oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali xalqaro valyuta bozoridagi ishtirokini mustahkamladi. O‘zbekiston xalqaro valyuta bozoridagi ishtirokini rivojlantirish uchun bir nechta strategik yo‘nalishlarni amalga oshirishi zarur. Avvalo, valyuta siyosatini liberallashtirish va barqarorlikni ta’minlash muhim. Markaziy bank tomonidan valyuta kursini barqarorlashtirish siyosatini davom ettirish va xalqaro valyuta bozoridagi tashqi shoklarni boshqarish uchun valyuta zaxiralarini oshirish talab etiladi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va xalqaro tajriba asosida samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy qilish zarur. Eksport va import operatsiyalarini soddalashtirish ham xalqaro valyuta bozoridagi ishtirokni kengaytiradi. Milliy valyutada xalqaro savdo operatsiyalarini rivojlantirish, xorijiy valyutalarda shartnomalar tuzishni rag‘batlantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim. Shu bilan birga, valyuta nazoratini takomillashtirish va xavfsizlikni ta’minlash zarur. Markaziy bank tomonidan valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tizimini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy firibgarliklarga qarshi samarali nazorat choralarini joriy etish dolzarb hisoblanadi. Nihoyat, moliyaviy savodxonlikni oshirish ham xalqaro valyuta bozorida muvaffaqiyatli ishtirokni ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun xalqaro valyuta bozoridagi imkoniyatlar va xavflar to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi dasturlarni tashkil etish, banklar tomonidan mi

Доказательный фрагмент

«This scientific thesis analyzes the processes of the Republic of Uzbekistan's integration into the international currency market and its development directions on a scientific basis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific thesis analyzes the processes of the Republic of Uzbekistan's integration into the international currency market and its development directions on a scientific basis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
International currency market, currency integration, currency policy, O‘zbekiston iqtisodiyoti., Xalqaro valyuta bozori, xalqaro moliya, valyuta integratsiyasi, valyuta nazorati, valyuta siyosati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники