К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMI – G‘AFUR ABDUMAJIDOVNING YURIDIK TAFAKKURGA QO‘SHGAN HISSALARI: HAYOTI VA IJODIY YO‘LI TAHLILI

Xaydaraliyeva Nafosat Xomidjon qizi

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026

Аннотация

После обретения Узбекистаном независимости и в предшествующие этому годы ряд узбекских ученых внесли значительный вклад в становление и развитие юридической школы. Некоторые из них вели собственную научную деятельность по развитию ряда отраслей права, таких как административное право, гражданское право, уголовное право. В данной статье рассматривается жизненный и научный путь одного из таких выдающихся деятелей, академический, профессора, лауреат медали “Shuhrat” Гафура Абдумаджидова, доктора юридических наук, заслуженного деятеля науки Узбекистана, посвятившего свою научную жизнь областям уголовного права, криминологии и конституционного права, а также его вклад в развитие нашей страны. Ключевые слова: Гафур Абдумажидов, уголовное право, криминология, конституционное право, профессор, суд, УзССР. O‘zbek huquqshunosligining yetuk namoyondasi, yuridik fanlar doktori, akademik, professor, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich 1928-yil 28-iyun sanasida Samarqand viloyatida Bibixonim tashabbusi bilan qurilgan Sobor masjididan uncha uzoq bo‘lmagan joyda dunyoga kelgan. Bolaligi 72 Ulug‘bek Rasadxonasi atrofida o‘tgan G‘afur Abdumajidovning oilasi 1933-yillarda mahalliy xavfsizlik organlarining tahdididan so‘ng Samarqandni tark etishga majbur bo‘ladi. Besh yoshidan maktabga qatnay boshlagan bo‘lajak professor-yurist o‘rta maktabda matematikaga ixlos qo‘ygan bo‘lsa-da, otasi uni advokat, adolat himoyachisi sifatida ko‘ra oldi. Otasining ra’yiga ko‘ra huquq yo‘nalishiga o‘zini bag‘ishlagan G‘afur Abdumajidov 1943- 1945-yillarda O‘zbeksiton SSSR Adliya xalq komissarligi qoshidagi ikki yillik Respublika yuridik bilim yurtini tamomlash barobarida bir vaqtning o‘zida tuman sudida ikki lavozimda: sud kotibi va sud ijrochisi bo‘lib ishlagan. 1948-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagach, tuman prokurorining yordamchisi etib tayinlangan. 1951-1957-yillar oralig‘ida tergovga o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston SSR prokuraturasi huzuridagi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi lavozimida faoliyat yuritib, o‘sha paytda eng mashhur shaxslar tomonidan sodir etilgan 100 dan ortiq jinoyat ishlarini tergov qilgan. Bu vaqtda uning mehnatlari yuqori baholanib, SSSR Bosh prokurorining mukofoti bilan taqdirlangan. Keyinchalik o‘zbek huquqshunos olimasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Xadicha Sulaymonovaning taklifi bilan ilmiy izlanish yo‘lini boshladi va 1957-1960-yillarda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) Davlat universiteti yuridik fakultetining kunduzgi aspiranturasini tamomlab, ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotlarining muammosiga bag‘ishlangan 1961-yilda “Paxtachilik bilan bog‘liq jinoyatlar va ularni tergov qilish” mavzuida nomzodlik, 1983-yil SSSR Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “O‘zbekiston SSR jinoyatlarini tergov qilish nazariyasi, qonunchilikni tartibga solish va amaliyoti muammolari (O’zbekiston SSR materiallari asosida)” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Aspiranturani tamomlagandan keyin bir necha yillar davomida turli lavozimlarda faoliyat yuritib, huquqshunoslik faniga o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Jumladan, - 1961-1966-yillarda O‘zbekiston SSSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri; - 1974-1991-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika kafedrasi mudiri; - 1991-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari; - 1995-2000-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi; - 2000-yillardan keyingi yillarda Toshkent davlat yuridik instituti yuridik fakultetining “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi professori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Professor yuqoridagi lavozimlarda faoliyat yuritish bilan birga talabalarga ilmiy-amaliy nazariyalarga boy jinoyat huquqi, kriminalistika va konstitutsiyaviy huquq sohalarini qamrab olgan bir nechta asarlar yozgan. Chunonchi G‘afur Abdumajidov “O‘zbekiston davlati va huquq tarixi”, “Jinoyat huquqi” kabi darsliklarning hammuallifi bo‘lgan. Bundan tashqari 1986-yilda professor muallifligida “Jinoyatlarni tergov qilish. Protsessual-huquqiy tadqiqot” nomli monografiyasi hamda 1991-yil O‘zbekiston SSRning “O‘zbekiston SSR davlat tili to‘g‘risida”gi qonuniga sharhi nashrdan chiqqan. Professorning ko‘rsatgan xizmatlari yuqori baholanib, 1987-yilda “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi”, mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillarida esa, ya’ni 1995-yilda “Shuhrat” medali bilan mufokotlangan. 73 O‘zining samarali mehnat faoliyati bilan o‘zbek huquqshunosligiga uklan hissalarini qo‘shgan O‘zbekiston fan arbobi, yuridik fanlari doktori, akademik, professor Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich 2013-yil 28-martda 84 yoshida vafot etdi. Professor ko‘plab tadbir va suhbatlarda ishtirok etib, o‘z qarashlarini bayon etgan. Ulardan biri Qozog‘iston jurnalistlarining “Hech kim sudyaning vakolatiga ega bo‘lmasl

Доказательный фрагмент

«После обретения Узбекистаном независимости и в предшествующие этому годы ряд узбекских ученых внесли значительный вклад в становление и развитие юридической школы.»

Образец извлечения

Демо-превью

После обретения Узбекистаном независимости и в предшествующие этому годы ряд узбекских ученых внесли значительный вклад в становление и развитие юридической школы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gafur Abdumajidov, criminal law, criminology, constitutional law, jinoyat huquqi, G‘afur Abdumajidov, kriminalistika, professor, sud, O‘zbekiston SSSR., konstitutsiyaviy huquq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники