Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISHDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARDAN FOYDALANISH
Gʻulomova Sarvinoz · Nizomiy nomidagi TDPU
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 3—4 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda frazeologik birliklardan foydalanishning ahamiyati hamda frazema va ularning ishlatilish oʻrinlari hamda nutqni chiroyli va ravon bayon qilishda soʻz qoʻllash sanʼatidan toʻgʻri foydalanish haqida so‘z boradi. Kalit soʻzlar: Frazema, nutqiy kompetensiya, ibora, pedagogik mahorat, metod. Annotation. This article provides information about the importance of using phraseological units and phraseology in developing students' speech, their places of use, and the correct use of the art of using words to make speech beautiful and fluent. Keywords: Phraseology, speech competence, expression, pedagogical skill, method. Frazeologiya (yunoncha “phrasis” - ifoda, ibora va logiya) tilshunoslikning shunday bir bo‘limiki, boshqa bo‘limlardan nutqqa tayyor holda kirib kelishi, leksik va semantik jihatdan o‘zaro mos kelmasligi, ma’no jihatdan turg‘unligi bilan farq qiladi. Uning, asosiy muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan so‘z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shunga qarab frazeologizmlarni aniqlashdir. Tilshunoslik fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deb ataladi. Iboralarni lingvistik terminologiya tili bilan aytadigan bo‘lsak, ular frazeologizmlar deb nomlanadi. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham izohli lug‘atlarda frazeologizmlarni qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir. Ma’lum bir tilning xazinasi sifatida frazeologiyani keltirish mumkin. Negaki, frazeologiya xalqning tarixini, madaniyati va o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi obrazli til birliklaridir. Frazeologizmlar asosan millatning urf-odatlarini, an’analarini o‘zida aks ettiradi. Ammo ingliz tili frazeologiyasida milliy an’analarni ifodalab keluvchi frazeologik birliklar bilan bir qatorda xalqaro frazeologizmlar ham uchraydi. “Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi. Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyadir. Masalan, zo‘raymoq (leksema) — avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) — azob chekmoq(frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi, ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi”[1]. Frazeologik birliklarning nutqiy rivojlanishga ta’siri: 1. Leksik boylikni oshiradi; O‘quvchilar yangi so‘zlar va birikmalarni o‘rganib, nutqini boy qiladi. 2. Ijodkorlikni oshiradi; Frazeologik birliklardan foydalanish o‘quvchilarning tasavvurlarini kengaytiradi. 3. Nutqning ifodaliligini Ular orqali so‘zlashuv jonli, obrazli va ta’sirchan oshiradi; bo‘ladi. 49 4. Madaniy bilimni oshiradi; Frazeologik birliklar milliy urf-odat va qadriyatlarni aks ettirgani uchun o‘quvchilarning madaniy dunyoqarashi boyiydi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik birliklarda ifodalangan miqdor tushunchasi sonning leksik-semantik xususiyatini ifodalaydi. Xususan, son fikr obyektlarining miqdoriy xususiyatlarini ifodalovchi grammatik kategoriya bo‘lib, aynan miqdor fikrini ifodalash vositalari til tuzilishining barcha darajalariga, frazeologiyaga ham kirib boradi. Masalan, har ikkala til doirasida one/bir miqdor soni leksik semantik xususiyatini quyidagicha izohlash mumkin: Ingliz tilida “one”, the one and only paremiyasida “one” miqdor soni yakkayu-yagona degan ma’noni anglatib kelgan. “Bir” miqdor soni turli xil so‘z turkumlari vazifasida qo‘llanilishi mumkin: sifat (bir qator, bir xil obyektlar, hodisalarni hisoblashda ikkinchisidan oldin, ya’ni ketma-ket keluvchi raqamlarning birinchisi), ravish (birinchidan, avvalo), ot (ma’lum bir turkumning yoki oy, haftaning boshi). Be at one (with somebody)be in agreement (Fikri bir joydan chiqmoq).All bread is not baked in one oven – people are not alike (Hamma ham bir xil emas, o‘zbek tilidagi ekvivalenti “Besh qo‘l barobar emas”)[2]. Oʻquvchilarning nutqini oʻstirishdagi eng samarali usullardan biri tilshunoslikning frazeologiya boʻlimiga oid bilimlarni yanada mustahkamlash hisoblanadi. Qachonki, oʻquvchilar frazeologik birliklardan, yaʼni iboralardan oʻgʻzaki nutqida koʻp va oʻrinli foydalana olsa, ularning nutqi tez rivojlanadi va soʻz takroriga yoʻl qoʻyishmaydi. Iboralar nafaqat nutqni oʻstirishga balki ogʻzaki nutqning chiroyli va ravon boʻlishiga yordam beradi. Soʻzlovchi tinglovchiga toʻgʻridan toʻgri fikrini toʻliq bayon etishiga katta hissa qoʻshadi. Oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashini va soʻz boyligini oshirishda quyidagi topshiriqlar muhim ahamiyatga ega. 1-topshiriq. Quyidagi rasmlardan foydalanib ularga mos boʻlgan iboralarni topishga harakat qiling. 1-rasm 50 2-rasm 3-rasm 4-rasm 51 2-topshiriq. Berilgan matndan frazeologik birliklarni toping va ulardan foydalanib kichik hikoya yarating. “Qadri baland do‘stlik” Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, ikki yaqi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda frazeologik birliklardan foydalanishning ahamiyati hamda frazema va ularning ishlatilish oʻrinlari hamda nutqni chiroyli va ravon bayon qilishda soʻz qoʻllash sanʼati…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻquvchilarning nutqini oʻstirishda frazeologik birliklardan foydalanishning ahamiyati hamda frazema va ularning ishlatilish oʻrinlari hamda nutqni chiroyli va ravon bayon qilishda soʻz qoʻllash sanʼati… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phraseology, speech competence, expression, pedagogical skill, method, nutqiy kompetensiya, ibora, pedagogik mahorat, Frazema, metod.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025