К содержанию
РецензированоUZ1957

TILSHUNOSLIKDA SINTAKTIK BIRLIKALAR VA ULARNING DERIVATSIYASI

Akramova Aziza Akramovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1957

Аннотация

Mazkur maqolada tilshunoslikda sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasi masalasining o'rganilishiga e'tibor qaratilgan. Kalit so'zlar: derivatsiya, sintaktik birlik, sintaktik konstruktsiya, gap komponenti, grammatika, semantika, transformation-generativ grammatika, struktura. Tilshunoslikda sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasi masalasi doimo dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Gap tuzilishi, sintaktik konstruktsiyalar va ularning hosil bo‘lish jarayonlari turli tilshunoslar tomonidan keng tadqiq etilgan. Xalq ertaklari esa bu jarayonlarni o‘rganish uchun muhim lingvistik material sifatida qaraladi. Ushbu bo‘limda sintaksis, derivatsiya va xalq ertaklari tilining o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha o‘rganilgan ilmiy manbalar tahlil qilinadi. Sintaksis tilshunoslikning muhim bo‘limi bo‘lib, u so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, gap hosil bo‘lishi va murakkab sintaktik konstruktsiyalarni o‘rganadi. Bu borada taniqli tilshunoslardan N. Chomsky (1957) transformatsion-generativ grammatika nazariyasini ishlab chiqib, sintaktik tuzilmalarning ichki va yuzaki shakllari farqlanishiga urg‘u bergan. O‘zbek tilshunosligida A. Nurmonov (1999) sintaksis masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarida gap tuzilishi va uning komponentlarini batafsil tahlil qiladi. Sh. Raxmatullayev (2006) esa sintaktik birliklarning turli turlarini va ularning o‘zaro grammatik munosabatlarini o‘rganadi. Sintaktik birliklarni tasniflashda M. To‘xtaev (2015) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ishlanmalarida sintaktik birliklarning strukturasi va funksional xususiyatlari batafsil yoritilgan. Sintaksisning o‘rganilish tarixi juda qadimiy bo‘lib, u antik davr tilshunoslik an’analariga borib taqaladi. Sintaksis – bu gap va uning tarkibiy qismlari haqidagi ta’limot bo‘lib, u so‘zlarning birikish usullari va gap hosil qilish qoidalarini o‘rganadi. Ushbu tushuncha yunoncha “sintaksis” (birlashtirish, tuzilish) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, til tizimining muhim qatlami hisoblanadi. Qadimgi davrlardan buyon sintaksis masalalariga qiziqish yuqori bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham ushbu soha dolzarb hisoblanadi. U grammatikaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, morfologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Derivatsiya tushunchasi morfologiya va sintaksisning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda V. Vinogradov (1986) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar muhim o‘rin tutadi. U gap hosil bo‘lish jarayonlarining grammatik va semantik asoslarini ochib beradi. O‘zbek tilida derivatsion jarayonlar bo‘yicha G‘. Mahmudov (2005) tadqiqot olib borgan bo‘lib, unda derivatsiyaning sintaktik va semantik jihatlari o‘rganilgan. S. Usmonova (2012) esa o‘z tadqiqotlarida xalq og‘zaki ijodiyati materiallari asosida derivatsiya jarayonlarini tahlil qiladi. Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, tilshunoslik fanida sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasini o‘rganish tilning tuzilish xususiyatlarini chuqur anglashda muhim 116 nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Sintaktik birliklarning yuzaga kelishi, o‘zaro aloqasi va ularning yangi shakllar hosil qilish jarayonini tahlil qilish orqali tilning ichki qonuniyatlari, uning dinamik harakati va taraqqiyoti yoritiladi. Bu esa nafaqat tilshunoslikning nazariy masalalarini hal etishda, balki amaliy tahlil ishlari uchun ham mustahkam zamin yaratadi. Xususan, adabiy matnlarda sintaktik birliklar va ularning derivativ shakllarining qo‘llanishini o‘rganish, badiiy ifoda vositalarining tahlilini yanada boyitadi. Har bir sintaktik birlik — u gap bo‘ladimi, so‘z birikmasi yoki ularning hosila shakllari bo‘ladimi — matnning mazmuniy qatlamini ochishda, muallifning uslubiy mahoratini aniqlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Derivatsiya jarayoni orqali yangi sintaktik birliklarning vujudga kelishi matnning uslubiy rang-barangligini ta’minlab, uni estetik jihatdan boyitadi. Shu bilan birga, bu jarayonlar tilning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, nutqdagi yangiliklarni tahlil qilish hamda zamonaviy adabiy til me’yorlarini belgilashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, sintaksis, so‘z birikmalari va ularning derivativ shakllarini izchil o‘rganish orqali adabiy matnlarning semantik, pragmatik va stilistik qatlamlarini chuqur tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Bu esa tilshunos va adabiyotshunos olimlarga matnni har tomonlama yoritish, uning badiiy qiymatini baholashda yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada tilshunoslikda sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasi masalasining o'rganilishiga e'tibor qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada tilshunoslikda sintaktik birliklar va ularning derivatsiyasi masalasining o'rganilishiga e'tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
derivatsiya, sintaktik birlik, sintaktik konstruktsiya, gap komponenti, struktura., grammatika, transformation-generativ grammatika, semantika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники