American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
TALABALARNING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
TALABALARNING IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTSIYASINI · MUSAEVA UMIDA XOLMATJONOVNA
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada shaxslararo va professional muloqotda madaniyatlararo muloqotga hissa qo‘shish, yosh avlodni o‘zaro tushunish ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning samarali yo‘llarini izlash masalalari yoritilgan. Ushbu jarayon tizimli, shaxsiy, faollik, paradigma, kompetensiya va boshqa yondashuvlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyasini shakllantirish tizimining dinamikligi – bu jarayonning doimiy o‘zgarishi, yangi mazmun bilan to‘ldirilishi masalalariga e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: Ijtimoiy-madaniy, kompetensiya, tizim dinamikligi, tizimli yondashuv, shaxsiy yondashuv, faollik, paradigma, madaniyatlararo muloqot. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-289-son qarorida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish vazifalari belgilab berilgan [1]. Axborotdan foydalanish va unga kirish, saqlash va tarqatishda turli xil yondashuvlarga asoslangan axborot ijtimoiy munosabatlarining paydo bo‘lishi raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Raqamli texnologiyalarning texnik imkoniyatlari deyarli butun dunyo bilan shaxslar va shaxslar guruhlari o‘rtasida tezkor aloqa va interaktiv o‘zaro aloqalarni rivojlantirishni ta’minladi. Talabalar zamonaviy axborot jamiyatini rivojlantirishning asosiy salohiyatidir. Mamlakat kelajagi yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Shu sababli, ta’limniraqamlashtirish zamonaviy oliy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida tan olingan bo‘lib, talabalarning zamonaviy sharoitlarda muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlari va kompetenцiyalarini rivojlantirishga, kelajakdagi kasbiy faoliyatda ongli poziцiya va xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan. Adabiyotlarning tahlili raqamli texnologiyalar talabalarning tashabbuskorligi, mustaqil faoliyati, ta’limni raqamlashtirishning muhim masalalarini hal qilishga qaratilgan maxsus texnologiya ekanligini ko‘rsatadi. Ta’lim tizimini har tomonlama modernizatsiya qilish ta’limni raqamlashtirishning yangi imkoniyatlari tufayli butun o‘quv jarayonining samaradorligi va natijadorligini oshirish bilan bog‘liq [7]. Raqamlashtirish – bu zamonaviy AKT va rivojlangan infratuzilmadan foydalanish orqali talabalarning axborot ehtiyojlarini qondirish asosida axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun maqbul, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik shart-sharoitlarni yaratish jarayoni. T.A. Lavinaning fikriga qo‘shilib, shuni ta’kidlaymizki, bugungi kunda ta’limni 99 raqamlashtirishning maqsadli tashkil etilgan jarayoni sharoitida oliy ta’limning raqobatbardoshligi omillaridan biri – bu ta’lim sohasidagi barcha vazifalarni hal qila oladigan professor-o‘qituvchilar va boshqa mutaxassislarning mavjudligi. O‘qituvchilar tarkibi raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish asosida ta’limni yangilash, modernizatsiya qilish g‘oyalarining tashuvchisi sanaladi[7]. T.A. Lavinaning asarlari asosida biz bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetenцiyasini shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadigan raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini sanab o‘tamiz: foydalanuvchining raqamli texnologiyalar bilan dialog aloqasi; ijtimoiy-madaniy ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish; ijtimoiy-madaniy bilimlarni grafik talqin qilish; ijtimoiy-madaniy bilimlarni kompyuterda modellashtirish, o‘rganilayotgan ijtimoiy- madaniy ob’ektlar, ularning o‘zaro munosabatlari, hodisalari, jarayonlari; arxivlash, katta hajmdagi ijtimoiy-madaniy ma’lumotlarni unga oson kirish imkoniyati bilan saqlash, uni uzatish, takrorlash; axborot olish jarayonlarini raqamlashtirish; ilmiy-uslubiy ta’minot jarayonlarini raqamlashtirish, o‘quv faoliyatini tashkiliy boshqarish va ijtimoiy-madaniy bilimlarni o‘zlashtirish natijalarini nazorat qilish. Pedagogik amaliyotda raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha mavjud tajribani hisobga olgan holda, biz bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy kompetenцiyasini shakllantirish uchun raqamli texnologiyalarning pedagogik salohiyatini aniqlaymiz: bu ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, mustaqil ishlarni tashkil etish, talabalar o‘rtasida motivatsiya va qiziqishni oshirish, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi sub’ektiv munosabatlar, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish kabi imkoniyatlardan iborat (2-rasm). Raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari Ma’lumotlar bazasi Motivatsiya va bilan ishlash qiziqishni oshirish Must
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxslararo va professional muloqotda madaniyatlararo muloqotga hissa qo‘shish, yosh avlodni o‘zaro tushunish ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning samara…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxslararo va professional muloqotda madaniyatlararo muloqotga hissa qo‘shish, yosh avlodni o‘zaro tushunish ruhida tarbiyalash hamda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning samara… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ijtimoiy-madaniy, tizimli yondashuv, madaniyatlararo muloqot., shaxsiy yondashuv, kompetensiya, faollik, tizim dinamikligi, paradigma
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021