The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI HUDUDIY IJTIMOIY BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISH: ILMIY-AMALIY TAHLILI
Muzaffarova Dilbar Mamalatif qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada mahalla boshqaruvida raqamli algoritmlarni joriy etish orqali inson omiliga bog‘liq kechikish va noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, aholini raqamli savodxonlikka yo‘naltirish va davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi masofani qisqartirishga erishilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqolada raqamli yondashuv asosida “mahalladan davlatgacha” bo‘lgan ijtimoiy boshqaruv zanjirini yagona axborot maydonida integratsiyalashning ilmiy-amaliy jihatlari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: mahalla boshqaruvi, raqamli transformatsiya, Digital Neighbourhood, mahalla yettiligi, ijtimoiy xizmatlar, mobil ilova, sun’iy intellekt, ijtimoiy boshqaruv Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi roli, avvalo, aholining ehtiyojlarini aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish bilan belgilanadi Normurodov, Z. (2023). An’anaviy sharoitda bu jarayonlar shaxsiy tanishuv, jamoa yig‘ilishlari va norasmiy aloqalar orqali amalga oshirilgan. Bugungi kunda esa aholining soni oshgani, ehtiyojlar diversifikatsiyalangani va shaxsiy maxfiylik talablari kuchaygani sababli, bu usullar yetarli bo‘lmay qoldi. Shu bois raqamli texnologiyalar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy monitoringni yo‘lga qo‘yish, ehtiyojlarni tizimli va shaffof tarzda aniqlash dolzarb vazifaga aylangan. Madaniy jihatdan qaraganda, mahalla tarixan ijtimoiy qadriyatlar — o‘zaro hurmat, birdamlik, mehr-oqibat va ko‘mak kabi tushunchalarni rivojlantirishga xizmat qilgan Turmanov, S.T. (2021). Shu bilan birga, raqamli asrning shiddatli rivoji natijasida yoshlar va yangi avlodlar orasida madaniy uzilishlar yuzaga kelmoqda. Zamonaviy mahalla esa endilikda yoshlarni ijtimoiy hayotga integratsiya qilish, ularni ma’naviy va madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga faol yondashishi zarur. Bu jarayonda raqamli madaniyat elementlaridan foydalanish — masalan, onlayn seminarlar, vebinarlarga asoslangan ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish muhim ahamiyatga ega. An’anaviy mahalla modeli zamonaviy boshqaruv talablariga moslashar ekan, u o‘zining tashkiliy tuzilmasini ham yangilashi lozim. “Mahalla yettiligi” instituti misolida aholining turli ehtiyojlariga mos xizmat ko‘rsatish uchun funksional mutaxassislar tizimi shakllantirilgan. Xususan, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va boshqa a’zolar orqali ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va madaniy muammolar bilan tizimli ishlash imkoniyati yaratildi. Bu esa an’anaviy mahalla boshqaruvining markazlashmagan va qisman tartibsiz shaklidan zamonaviy, natijador va aniq maqsadli boshqaruv modeliga o‘tishni ta’minlamoqda. Yuqorida qayd etilgan muammolarning yechimi sifatida ishlab chiqilgan “Digital Neighbourhood” mobil ilovasi mahalla tizimini kompleks raqamli transformatsiyalashga qaratilgan amaliy innovatsion yechimdir. Mazkur tizim asosida mahalla yettiligi faoliyati – ya’ni profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, tadbirkorlik bo‘yicha mas’ul, ijtimoiy nafaqa mas’uli, diniy-ma’naviy tarbiya vakili va hokim yordamchisining har biri uchun 167 alohida raqamli interfeys va xizmatlar zanjiri ishlab chiqilgan. Ilova foydalanuvchilariga ularning faoliyat yo‘nalishiga mos axborot kiritish, tahlil qilish, avtomatik hisoblash va holatni baholash imkonini beradi. Shuningdek, real vaqt rejimida ish samaradorligini o‘lchash uchun KPI indikatorlar tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, bu indikatorlar mahalla faoliyatini sifat jihatdan baholashga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boshqaruv algoritmlari fuqarolar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, yordam muhtojlarini aniqlash, profilaktika reytingini baholash, ishsizlik indeksini kuzatish kabi ko‘rsatkichlarni avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish imkonini beradi. Misol uchun, mahalladagi nogironlar soni, pensiya va nafaqa oluvchilar ulushi, yoshlar bandligi darajasi kabi ko‘rsatkichlar sun’iy intellektga ulangan real vaqtli axborotlar tahlili orqali aniqlanadi. Bunday raqamli mexanizm orqali hokim yordamchisi yoki boshqa yettilik a’zolari aniq statistik tavsiyalar asosida o‘z faoliyat strategiyasini shakllantirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, ushbu tizimda “Mahalla kartasi” konsepsiyasi asosida hududdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joylashuvi, ularni hal qilish bo‘yicha harakatlar xaritasi raqamli geoplatformada aks ettiriladi. Bu esa resurslarni manzilli taqsimlash va mahallani rivojlantirish dasturlarini aniq rejalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, “Digital Neighbourhood” ilovasi orqali hududiy boshqaruv organlari hamda tegishli vazirliklar va xizmatlar bilan axborot almashinuvi soddalashtirilib, yagona axborot maydoni yaratiladi. Ilmiy-amaliy jihatdan olib qaralganda, mahalla yettiligi faoliyatini raqamlashtirish, bir tomondan, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan kechikish va sub’ektiv qarorlar sonini kamaytiradi, ikkinchi tomondan esa, boshqaruvdagi shaffoflikni va ishonchlilikni oshiradi. Shuningdek, bu jarayon mahalla darajasida ijtimoiy inklyuziya,
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mahalla boshqaruvida raqamli algoritmlarni joriy etish orqali inson omiliga bog‘liq kechikish va noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, aholini raqamli savodxonlikka yo‘naltirish…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mahalla boshqaruvida raqamli algoritmlarni joriy etish orqali inson omiliga bog‘liq kechikish va noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, aholini raqamli savodxonlikka yo‘naltirish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy xizmatlar, raqamli transformatsiya, ijtimoiy boshqaruv, Digital Neighbourhood, mahalla boshqaruvi, sun’iy intellekt, mobil ilova, mahalla yettiligi
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021