К содержанию
РецензированоEN2026

TASHISH JARAYONI XAVFSIZLIGINI MIQDORIY BAHOLASH USLUBIYATI

Butunov Dilmurod Baxodirovich · Tulaganov Dilmurod Dilshod o‘g‘li · Sherzodova Xulkar Sherzod qizi

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

The main goal of this scientific article is to develop a methodology for quantitatively assessing the safety of the transportation process, analyze existing theoretical and practical experiences, and develop scientifically based and practice-oriented recommendations based on the most optimal assessment models. This article aims to identify existing problems related to safety in the transport system, develop ways to address them, and improve scientific approaches in this area. The analysis and conclusions are presented based on real statistical data, advanced foreign practices, and current scientific research. Аннотация: Основная цель этой научной статьи заключается в разработке методологии количественной оценки безопасности транспортного процесса, анализе существующего теоретического и практического опыта, а также разработке научно обоснованных и ориентированных на практику рекомендаций на основе оптимальных моделей оценки. Эта статья направлена на выявление существующих проблем, связанных с безопасностью в транспортной системе, разработку путей их решения и совершенствование научных подходов в данной области. Анализ и выводы изложены на основе реальных статистических данных, передового зарубежного опыта и актуальных научных исследований. Kalit so‘zlar: xavfsizlikni boshqarish tizimlari, innovatsion texnologiyalar, transport tizimidagi xavf omillari, zamonaviy xavfsizlik tizimlari. 43 ` Transport tizimi har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Xususan, yuk va yo‘lovchilarni tashish jarayoni texnik va texnologik jihatdan murakkab, ko‘p bosqichli tizim bo‘lib, uning uzluksizligi va xavfsizligi jamiyat manfaatlari, inson hayoti va mulkiy daxlsizlik nuqtai nazaridan ustuvor strategik ahamiyatga ega. Shu bois, transport xavfsizligini ta’minlash jarayonlariga faqatgina texnik tadbirlar bilan emas, balki tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvlar bilan yondashishni ham talab etadi. Zero, har qanday transport tizimiga murakkab kiber-fizik tizim sifatida qaraladi va u ko‘plab tashqi va ichki omillarning o‘zaro ta’sirida ishlaydi. Bu borada xavfsizlikni miqdoriy baholash uslublaridan foydalanish muhim metodologik vosita hisoblanadi, chunki ular orqali mavjud xavf-xatarlarni aniqlash, ularni baholash hamda samarali bartaraf etish choralarini ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, ushbu yondashuvlar real vaqt rejimida transport tizimining xavfsizlik holatini monitoring qilish, prognozlash va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda transport sohasida kuzatilayotgan ko‘plab avariyaviy holatlar, ayniqsa temir yo‘l va avtomobil transportida yuz berayotgan favqulodda vaziyatlar, transport tizimidagi xavfsizlik muammolarining naqadar dolzarb ekanligini yaqqol namoyon qilmoqda. Jahon tajribasi hamda mavjud statistik tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, transport tizimining har bir funksional bosqichi (yuklash, tashish, tushirish, saqlash va boshqarish jarayonlari) xavf omillariga ega bo‘lib, ularning har biri umumiy xavfsizlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Transport vositalarining texnik nosozligi, inson omiliga bog‘liq omillar (haydovchining psixofiziologik holati, charchoq, e’tiborning susayishi, spirtli ichimliklar iste’moli), tashqi muhit sharoitlari (noqulay ob-havo, yo‘l infratuzilmasining sifati) hamda axborot-kommunikatsiya oqimlarining uzluksizligi kabi omillar xavfsizlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuningdek, transport xavfsizligiga oid tadqiqotlar ham milliy, ham xalqaro miqyosda keng olib borilmoqda. Jumladan, “Безопасность транспортного процесса (ЛР, 23.04.01)”, “Безопасность транспортного процесса (практические работы)”, “Обеспечение комплексной безопасности транспортной деятельности с применением инновационных технологий” (L.V. Makolova, Y.D. Vishnyakov, S.P. Vishnyakova), “К вопросу повышения безопасности жизнедеятельности на основе модели оценки безопасности транспортной деятельности” kabi ilmiy ishlarda transport jarayonlari xavfsizligini ta’minlashning nazariy va amaliy asoslari chuqur o‘rganilgan. http://elib.osu.ru/bitstream/123456789/14522/1/143272_20210602.pdf - laboratoriya mashg‘ulotlari to‘plami bo‘lib, transport jarayonlarining xavfsizligiga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qo‘llanma sifatida e’tirof etiladi. Ushbu metodik material transport tizimida xavfsizlikni ta’minlashga oid konseptual yondashuvlarni ochib berish bilan birga, talabalarda real amaliy muhitda xavfsizlik holatini baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo‘llanma asosan oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yo‘lovchi va yuk tashish xavfsizligi, transport vositalarining harakatini tartibga solish, yong‘in xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va xavfsizlikni boshqarish tizimlari kabi dolzarb mavzular qamrab olingan. Qo‘llanmada quyidagi asosiy yo‘nalishlar yoritilgan: 1. Transport tizimidagi xavf-xatarlar: o Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi; 44 ` o Transp

Доказательный фрагмент

«The main goal of this scientific article is to develop a methodology for quantitatively assessing the safety of the transportation process, analyze existing theoretical and practical experiences, and develop scientifi…»

Образец извлечения

Демо-превью

The main goal of this scientific article is to develop a methodology for quantitatively assessing the safety of the transportation process, analyze existing theoretical and practical experiences, and develop scientifi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlikni boshqarish tizimlari, zamonaviy xavfsizlik tizimlari., transport tizimidagi xavf omillari, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники