Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
SHAKLLANTIRISH OMILLARI · Yusupova Shohsanam Sohibjon qizi
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa, o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning (ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: O‘smirlar, stress, psixologik barqarorlik, ijtimoiy omillar, ruhiy himoya, emotsional holat, stressga chidamlilik, maktab muhiti, oila ta’siri, tengdoshlar munosabati, psixologik yordam, adaptatsiya, shaxsiy rivojlanish, xavotir, psixologik yondashuvlar. Ma’lumki. ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoya qilish muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu jarayonga bog‘liqdir. Alohida ta’kidlash joizki, shaxslar o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuqlari, kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan har qanday muvaffaqiyatsizliklarni osonlik bilan bartaraf etishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalana olishga, bir so‘z bilan aytganda, o‘zlari haqida yanada teran, ijobiy va o‘ziga xos ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan tasavvurlarning shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Zero, bu jarayonda eng avvalo ta’lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ta’lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoyasi tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimizning har bir nutqi, asarlari o‘sib kelayotgan yosh avlod muammolariga bag‘ishlanishi shaxsni shakllantirish, shaxs tuzilmasida ma’naviy komponentning o‘rni qanchalik ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ma’naviy tanazzulning oldini olish, yuzaga kelish ehtimolini pasaytirishda sog‘lom e’tiqod, munosabat, dunyoqarashiga ega bo‘lgan barkamol inson shaxsini shakllantirish muhim vazifalar sirasiga kiradi. Respublikamizda o‘ziga xos izchillik bilan amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub markazida shaxs va uning ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar yotadiki, bu jarayonda psixologik yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, har bir shaxs tezkor vaziyat muhit bilan bog‘liq o‘ziga xos psixologik imkoniyatlariga yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos natija ko‘rsatish juda mushkuldir. Tabiiyki, bu holat psixologlar, favqulotda vaziziyat, yong‘in xavfsizligi xodimlari zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklatiladi. Azal-azaldan mehribon mehmon do‘st va insonparvar hisoblangan o‘zbek xalqi uchun inson hayoti hamma narsadan ustundir. Shuning uchun ham ekstremal vaziyatlarda 50 ` shaxslarga psixologik yordam ko‘rsatish va favqulotda vaziyatlarda psixologik himoya qilish hozirgi kunda dolzarb muammo hisoblanadi. Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning amaliy psixologiyasini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqararligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim. Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, umuman ekstremal vaziyatlarda psixologik himoya jarayoni shaxstabiati uchun xarakterli bo‘lgan boshqa xil himoyalar orasida ham alohida ajralib turadi. Jumladan, biologik himoyada shaxsning individ yoxud biologik mavjudot sifatidagi ehtiyojlarining qondirilishi bilan bog‘liq harakatlar tushunilsa, ijtimoiy himoyada esa shaxsning davlat va jamiyat tomonidan ma’lum me’yoriy hujjatlar asosida himoya qilinishi tushuniladi. Iqtisodiy himoya jarayoni shaxsning moddiy ta’minlanganlik darajasini belgilashga qaratilgan tadbirlar, qonunlar va rasmiy hujjatlar bilan belgilanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda ma’naviy-mafkuraviy muhofaza jarayoniga dahldor mulohazalar ham mavjud. Bunda asosan yoshlardagi milliy e’tiqodni mustahkamlash ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Insonning ekstremal vaziyatlarda psixologik himoyasi esa uning shaxs sifatidagi faoliyati hamda faolligini ta’minlashga xizmat qiluvchi o‘ziga xos psixologik imk
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik yordam, emotsional holat, O‘smirlar, adaptatsiya, psixologik yondashuvlar., ijtimoiy omillar, stressga chidamlilik, maktab muhiti, tengdoshlar munosabati, stress, ruhiy himoya, shaxsiy rivojlanish, oila ta’siri, xavotir, psixologik barqarorlik
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021