К содержанию
РецензированоUZ1960

JANUBIY KOREYANING II-V RESPUBLIKA DAVRIDAGI AVTORITARIZMDAN DEMOKRATIYAGA O‘TISH URINISHLARI (1960–1987-YILLAR)

Salimov Shoxrux · TDShU Tadqiqotchisi

Наука и технология в современном мире · 1-28 · 1960

Аннотация

This article analyzes the transformation of South Korea's political systems during the Second–Fifth Republics (1960–1987), in particular the complex transition processes between authoritarianism and democracy. The article examines the Second Republic's attempts to move toward parliamentary democracy, the reasons why these attempts ended in a military coup, and the formation and evolution of the authoritarian regime led by Park Chung-hee. The political repressions that occurred against the backdrop of the "Korean economic miracle", the absolute strengthening of presidential powers through 86 ` the "Yusin" constitution, the weakening of democratic institutions, and the state of civil society under pressure are examined in detail. The author analyzes the interrelationship of democratic institutions and social stability based on a political-modernization approach and sheds light on the problems that arise during periods of transition through the experience of South Korea. Keywords: South Korea, Second Republic, authoritarianism, democracy, political transition, Park Chung-hee, Yusin Constitution, political modernization, parliamentary system, military coup, Korean democracy, political institutions, legitimacy crisis. Kirish. Siyosiy tizimlar transformatsiyasini o‘rganishda, ayniqsa avtoritarizm va demokratiya o‘rtasidagi o‘tish bosqichlari kontekstida, Janubiy Koreyaning II–V Respublika davridagi tajribasi muhim empirik asos sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xususan, 1960 yilda e’lon qilingan Ikkinchi Respublika G‘arbiy Germaniyadagi parlamentarizm modelidan ilhomlanib, demokratiya sari jiddiy qadam qo‘ydi. 1960 yilgi konstitutsiyaviy islohotlar asosida yaratilgan ushbu siyosiy tuzilma ijro hokimiyatini parlament nazoratiga topshirib, prezidentni ramziy figura darajasiga tushirdi - u rasmiy ravishda davlat rahbari sifatida tan olinardi, biroq real siyosiy vakolatlardan mahrum edi. Ikki palatali parlament tizimi orqali siyosiy vakillik va institutsional muvozanatni ta’minlash ko‘zda tutilgan edi. Biroq siyosiy-huquqiy institutsionalizatsiya jarayoni kuchli siyosiy elitalar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, yetarlicha mustahkam partiyaviy tizimning yo‘qligi va harbiy elita ambitsiyalari bilan izdan chiqarildi. Natijada, mazkur respublika amaliyotda barqaror demokratik tizimga aylana olmay, bir yil ichida harbiy to‘ntarish orqali tugatildi. Ushbu holat siyosiy o‘tish davrlarida demokratik institutlarning mustahkamligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik muhim shart ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu tariqa, Ikkinchi Respublika demokratiya sari harakatlarning ilk namunasi sifatida tarixda qolgan bo‘lsa-da, uning qisqa umri siyosiy modernizatsiya yo‘lidagi murakkabliklarni ochib beradi. Ikkinchi Respublika oldida nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirish, balki koreys jamiyatida demokratik tamoyillarni chuqurlashtirish vazifasi ham turgan edi: inson huquqlari va erkinliklarini chinakam ta’minlash, avtoritar boshqaruv shakllarini butunlay tugatish, umumiy farovonlik davlatini barpo etish. Biroq parlament demokratiyasini jamiyat idealiga aylantirgan yetakchilarning siyosiy amaliyoti ko‘pincha demokratiya mavzusidagi demagogik bahs-munozaralargacha cheklanib qolgan yoki ba’zida mutlaqo antidemokratik tus olgan. Buni 1961 yil mart oyida “Minjudang” deputatlik fraksiyasi tashabbusi bilan qabul qilingan Muvaqqat favqulodda antikommunistik qonun yoki namoyishlar ustidan nazorat haqidagi qonun misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Shu bilan birga, siyosiy realiyalarni hisobga olgan holda, ushbu antikommunistik qonunchilik tashabbuslari Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi demokratik yutuqlarni himoya qilishga qaratilgan majburiy chora sifatida qaralishi mumkin. Bosh vazir Chang Myon va prezident Yun Boson boshchiligidagi hukumatning demokratik intilishlari vaqt sinovidan o‘ta olmadi. Mamlakatdagi vaziyat asta-sekin hukumat nazoratidan chiqdi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy betartiblik esa 1961 yil 16 may kuni Ikkinchi Respublikaning qulashiga olib keldi.1 1 Толстокулаков И. А. Политическая модернизация в Республике Корея (1945-1987 гг.). - Вестник ДВО РАН. № 2, 2005 C 60 87 ` 1961 yil may oyida hokimiyat tepasiga harbiy xunta vakili general Pak Chon Xi keldi. General Pak Chon Xi harbiy to‘ntarish yo‘li bilan hokimiyatni egalladi, bu esa Janubiy Koreya tarixida generallar boshqaruvining 30 yillik davriga asos soldi. 1961 yilgi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatda favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun amalda edi, 1962 yilda esa Uchinchi Respublika konstitutsiyasi deb nom olgan yangi asosiy qonun qabul qilindi. Ushbu konstitutsiyaga muvofiq, prezident keng vakolatlarga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov yo‘li bilan to‘rt yillik muddatga, ammo ketma-ket ikki martadan ortiq bo‘lmagan holda saylanishi belgilandi.2 Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘zaro teng huquqli ravishda hokimiyatni bo‘lib olishgan, milliy assambleya esa yana bir palatali tuzilishga qaytarilgan edi. 1963 yil oktyabr oyida general Pak Chon Xi harbiy xi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the transformation of South Korea's political systems during the Second–Fifth Republics (1960–1987), in particular the complex transition processes between authoritarianism and democracy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the transformation of South Korea's political systems during the Second–Fifth Republics (1960–1987), in particular the complex transition processes between authoritarianism and democracy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
South Korea, Second Republic, authoritarianism, democracy, political, koreyscha demokratiya, legitimlik inqirozi., siyosiy o‘tish, Janubiy Koreya, avtoritarizm, Pak Chon Xi, Yusin konstitutsiyasi, parlament tizimi, siyosiy institutsiyalar, demokratiya, siyosiy-modernizatsiya, Ikkinchi Respublika, harbiy to‘ntarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники