К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIMDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TA’LIMDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of women in the education system, their importance in the development of society, and their social activity. It also examines the contribution of women to solving existing social problems. Keywords: society, development, education, upbringing, education reform in Uzbekistan, socio-cultural barriers, gender inequality, women's participation in education, scholarships for women, educational opportunities. Islohotlar jadal olib borilayotgan O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning ta’lim tizimidagi ishtiroki ham milliy siyosatning, ham jamiyatdagi o‘zgarishlarning markaziy nuqtasiga aylandi. Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror rivojlanishni rag‘batlantirishda ta’limning muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston xotin- qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishda muhim yutuqlarga erishdi. Ayollarning ta’limdagi o‘rni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va gender tengligiga intilishining muhim ko‘rsatkichidir. Ayniqsa, xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari ularning shaxsiy hayoti, oilasi va jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida xotin-qizlarning faolligi oshib bormoqda. Davlat siyosati doirasida ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning salohiyatini to‘liq ochishga xizmat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda ilmli ayol jamiyatimiz ko‘zgusi, ya’ni u kelajak avlodni tarbiyalaydi. Olim va olimalarni yetishtirib chiqaradi. Shuning uchun barcha ayollar ta’lim olishlari zarur. Ayollarning ta’limga bo‘lgan huquqi va imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga ega[1]. O‘zbekistonda qiz 88 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bolalarning maktab, professional ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratilgan. 2023-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan talabalar orasida ayollar ulushi 47% ni tashkil etgan[7]. Oliy ta’limdagi xotin-qizlar faolligi nafaqat gumanitar, balki texnika, IT, iqtisodiyot, tibbiyot kabi sohalarda ham faol ishtirok etmoqda. 2024-yilda IT Park tomonidan o‘tkazilgan “Women in Tech” forumida 3000 dan ortiq ayollar qatnashgani bunga misoldir[8]. Xotin- qizlar o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog sifatida ta’lim tizimining asosiy tayanchlaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, maktab o‘qituvchilarining 72% ini ayollar tashkil etadi[9]. Bu foiz ko‘rsatgichlarini 100% ga ko‘tarish barchamizning qo‘limizdan keladi albatta. Shu bois xotin-qizlar oldida turgan birgina vazifa berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z salohiyatini kuchaytirish va tinimsiz harakat qilishdadir. Buyk adib O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani keltirilgan “Zero hayot haqiqati, rohat farog‘at qilishda emas tinimsiz mehnat qilishdan iborat”[5] degan jumlalari fikrimizning yaqqol dalilidir. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ishtiroki va muvaffaqiyatini yanada oshirish uchun maqsadli chora-tadbirlar ko‘rish zarur. Ushbu tavsiyalar ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va institutsional to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, shu bilan birga yanada inklyuziv va adolatli akademik muhitni ta’minlaydi: - аkademik ayollar uchun murabbiylik dasturlari va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish; - talaba qizlarga mo'ljallangan grantlar va kreditlar kabi moliyaviy yordam tizimini mustahkamlash; - stereotiplarga qarshi kurashish va ta'limda gender tengligini targ'ib qilish uchun jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini rag‘batlantirish; - ilg‘or tajriba almashish uchun oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish[6]. Ta’lim tizimida chekka hududlarda ba’zi qizlar ta’lim olishdan chetda qolmoqda. Mamlakatimizning bazi bir hududlarida istiqomat qiluvchi oilalarida xotin-qizlar faqat uy ishlarini qilishi kerak degan fikr mavjud bo‘lib, ijtimoiy stereotiplar, iqtisodiy muammolar va ma’naviy bosimlar mavjud. Shu muammoli baxsli vaziyatlar borasida ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ta’limda xotin-qizlar uchun ajratilayotgan maxsus grantlar va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish islohatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib borilishi darkor. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xotin-qizlarning ta’lim olishi – jamiyat rivojining muhim omillaridan biridir. Ularning bilimli bo‘lishi nafaqat o‘z hayoti, balki butun jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ayollarni ta’limga jalb qilish, ularni qo‘llab- quvvatlash – yorqin kelajakni barpo etishni asosiy omillaridandir. Pirovardida, xotin-qizlarning oliy ta’limdagi faol ishtiroki nafaqat adolat masalasi, balki O‘zbekistonning keng ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining harakatlantiruvchi omilidir. Ta’lim orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va inklyuziv akademik muhitni yaratish orqali mamlakat innovatsiyalar, taraqqiyot va global raqobatbardoshlik uchun yangi imkoniyatlar

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of women in the education system, their importance in the development of society, and their social activity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of women in the education system, their importance in the development of society, and their social activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
society, development, education, upbringing, education reform in, O’zbekistonda ta’lim islohoti, tarbiya, ayollarning ta’limdagi ishtiroki, gender nomutanosibligi, ta’lim, ayollar uchun stipendiyalar, jamiyat, ijtimoiy-madaniy to‘siqlar, ta’lim imkoniyatlari., taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники