К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK BADIIY ADABIYOTIDA TASAVVUFIY RAMZLAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Gulandom Tog‘ayeva Jummayevna (in-academy.uz/index.php/si) · Islomov Fazliddin Isomiddinovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

In this article, the classic Uzbek literature is mystical revolutions comments are given. The artistic functions of symbols in poetry and classic Sufism literature are discussed. The general Sufi meanings of Sufism terms are explained in different places. Key words: Uzbek classical literature, Sufism philosophy, "Hair" symbol, "Eye" symbol, artistic interpretation. Абстрактный. В этой статье классическая узбекская литература – это мистические революции, комментарии даны. Обсуждаются художественные функции символов в поэзии и классической суфийской литературе. Общие суфийские значения терминов суфизма объясняются в разных местах. Ключевые слова: классическая узбекская литература, философия суфизма, символ «Волос», символ «Глаз», художественная интерпретация. Badiiy adabiyotni ramzlarsiz toʻlaqonli tushunish imkonsiz hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi maxsus qoʻllanadigan ramzlar alohida yondashuvni talab etadi. Haqiqatatan olib qaralganda, “Sharq xalqlari tafakkuri tarixida chuqur ildiz otgan tasavvuf ta’limotini yaxshi bilmasdan, Alisher Navoiy dunyoqarashi va adabiy merosini barcha murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan toʻliq holda toʻgʻri, haqqoniy yoritib berish mushkul”. Oʻzbek mumtoz adabiyoti, xususan, Alisher Navoiy gʻazaliyoti ramzlarga juda boy. “Simvolizm muayyan maqsad yoʻlida gʻoyani anglatishga moʻljallangan usul. U bir lahzada abadiyatni yodga solguvchi vosita” . Tasavvufiy she’riyatda ma’shuqning yuzi – Olloh yaratgan narsalar ichida eng mukammal ko‘zgu bo‘lib, Olloh jamolini yuz komillik ifodalanadi. Yuzning hidoyat nurlariga qiyos qilinishi so‘fiyona adabiyotda keng tarqalgan tashbeh-istiora bo‘lib, Navoiyning quyidagi baytida ham ma’shuqaning zarfishon chehrasi hidoyat shamiga o‘xshatilgan: Sochingda zarfishon chehrang zalolat shomida har yon Tajalliy mash’alidin yorugʻon shami hidoyatdur. 95 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si [1.Navoiy,”Gʻaroyibus-sigʻar”, 180-b.] Sochlaring gumrohlik kechasidir, – deydi ulug‘ shoir baytda, – nurafshon chehrang esa tajalliy mash’alidan nur olib, oshiqlar qorong‘ida adashib qolmasligi uchun har yonga yoqib qo‘yilgan hidoyat shamidir. Navoiyning boshqa bir baytida ham yorning sochi zulmatga, yuzi esa shamga tashbeh qilinib, mahbub yuzi hidoyat nurlari sifatida talqin qilingan: Zulfin ochganda zanax chohiga tushgay ming ko‘ngul, Qo‘ymasa ul choh uza ruxsori shamin yorutib. (2. Navoiy, “Badoyeul-bidoya”, 77-b.) (Mazmuni: Agar yor yuzining shamini yoritib qo‘ymaganda edi, u zulflarini yoyganda, minglab ko‘ngillar yor kuldirgichining zindoniga tushib ketgan bo‘lar edi). Baytda tilga olingan zunnor musulmon mamlakatlarida g’ayridinlar musulmonlardan ajralib turish uchun bellariga bog’lab yuradigan maxsus ip. She’riyatda esa yor sochining istioraviy ifodasi. Tamsil san’atining noyob namunasi bo’lgan mazkur baytning birinchi misrasida aytiladiki, yor zulfining zunnori bilan yashirgan yuzlarini ochdi. Ikkinchi misrada shoir bu holatni izohlab deydiki, axir kufr zulmatiga iymon davo bo’ladi-da! Tamsil she’riy san’atining qonuniyatlaridan kelib chiqiladigan bo’lsa, soch (zulf) – kufr, yuz (uzor) esa – iymon. Quyidagi baytda oshiq ko’nglining parishon holati ifodalangan. Baytda aytilishicha, mosivalloh – Ollohdan o’zga narsalarning havasi ko’ngildagi ilohiy husn jilvasini xiralashtirib qo’ygan: Yuziga tushti zulf, aylang nazzora, Ki bo‘ldi kufr iymon birla mamzuj. (4.Navoiy,”Gʻaroyibus-sigʻar”, 124-bet) Ya’ni soch ( zulmatga qiyos) yuz(nur)ni toʻsmoqda, botiniy ma’noda – kufrni iymon bilan bartaraf etmoq lozim. Soch tasviri Alisher Navoiyning hamma she’riy devonlarida uchraydi. “Favoyidul-kibar” devonining 96, 98 va 100-gʻazallarida ham “Soch” tashbehi talqinga tortilgan [7. Navoiy, “Favoyidul-kibar”, 72-75-betlar]. Yuz o’tmish adabiyotida mazhar sifatida suv va ko’zguga, tajalliy sifatida esa zarvaraq, sham, subh, kunduz, oy, quyosh, iymon va o’t singari nurafshon va ezgulik, ilohiy lutf bilan bog’liq ijobiy tushunchalarni ifodalovchi narsalarga tashbeh qilingan. Soch esa ana shu ilohiy goʻzallikni toʻsguvchi, yashiruvchi uzv boʻlib gavdalanadi. Sochning qoraligi esa – ishq yoʻli mashaqqatlariga ishora, soch jingalaklari esa ilohiy ishq yoʻlining mushkulotlariga, sinovlariga ishoradek. Soʻz qudratli kuch. Soʻzdan qalqon ham, qilich ham bunyod etish mumkin. Albatta, soʻz oʻz egasiga tushsa, oʻz oʻrnini topa olsa. Soʻz insonga qalbidagini izhor etish, ayni damda koʻnglidagini yashirish imkonini ham beradi. Shu sababli ham soʻzda sehr, she’rda hikmat bor, deyilgan. Tasavvufiy adabiyotda uchraydigan timsol-istilohlar lug‘atlarida ko‘z komil inson timsoli sifatida tushuntiriladi. Xuddi komillikka erishgan inson o‘zidan kechib, boshqacha aytganda, o‘zidagi barcha illatlarni bartaraf etib, faqat Yaratganni ko‘rgani, uni o‘ylagani kabi, ko‘z ham o‘zini ko‘rmaydi, o‘zgalarni ko‘radi. Tasavvuf ta’limotida ko‘ngil ulug‘lanadi. Sababi, u Alloh jilvagohidir. Shu ma’noda ijodkorlar ko‘ngil timsoliga murojaat qilish orqali insonn

Доказательный фрагмент

«In this article, the classic Uzbek literature is mystical revolutions comments are given.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the classic Uzbek literature is mystical revolutions comments are given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek classical literature, Sufism philosophy, "Hair" symbol, "Eye" symbol, “Ko‘z” ramzi, oʻzbek mumtoz adabiyoti, “Soch” ramzi, tasavvuf falsafasi, badiiy talqin.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники