Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTAB MUHITIDA PSIXOLOGIK ZO'RAVONLIK VA O'QUVCHILARNING STRESGA CHIDAMLILIGI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · STRESGA CHIDAMLILIGI (in-academy.uz/index.php/si) · Bo'ronova Dilrabo Nomonjonovna (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
mazkur maqolada maktab muhitida uchraydigan psixologik zo‘ravonlik holatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri, xususan, stresga chidamlilik darajasi o‘rganiladi. Psixologik zo‘ravonlik turlari, omillari va uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning stressga nisbatan bardoshliligi, unga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, stressga chidamli o‘quvchilarda ijtimoiy moslashuv yuqori bo‘lib, zo‘ravonlikdan kelib chiqadigan salbiy ta’sirlar nisbatan kamroq kuzatiladi. Kalit so‘zlar: psixologik zo‘ravonlik, stress, chidamlilik, maktab muhiti, o‘quvchilar, psixik holat, ijtimoiy moslashuv. So‘nggi yillarda maktab muhitida yuzaga kelayotgan psixologik zo‘ravonlik holatlari ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda. Zo‘ravonlik nafaqat jismoniy, balki psixologik shakllarda ham namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning ruhiy salomatligi bevosita ushbu omillarga bog‘liq bo‘lib, bu ularning akademik muvaffaqiyati va ijtimoiy moslashuviga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada maktabda uchraydigan psixologik zo‘ravonlikning mohiyati, tarqalish sabablari va o‘quvchilarning bunday holatlarga nisbatan stressga chidamlilik darajalari o‘rganiladi. Tadqiqot Qo'shtepa tumanida 3 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma va suhbat usullari orqali olib borildi. So‘rovnomalarda psixologik zo‘ravonlikka uchrash holatlari, ularning stressga nisbatan reaksiyalari, o‘zaro munosabatlar darajasi va oilaviy omillar haqida savollar kiritildi. Shuningdek, “Stresga chidamlilik testi” yordamida o‘quvchilarning stressga qanday javob qaytarishlari aniqlashtirildi. O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 67 foizi biror shakldagi psixologik zo‘ravonlikka (masxara qilish, do‘stlardan ajratish, og‘zaki tahdidlar) duch kelganini bildirgan. Ulardan 45 foizi ushbu holatlarda xavotir, bezovtalik va tushkunlik holatlarini boshdan kechirganini ta’kidlagan. Stressga chidamlilik testi natijalariga ko‘ra, yuqori darajadagi chidamlilik ko‘rsatgan o‘quvchilar (taxminan 28%) psixologik zo‘ravonlik holatlarida ijobiy strategiyalar (masalan, o‘qituvchi yoki ota-onaga murojaat qilish, tinchlik bilan hal etish) qo‘llagan. Past darajadagi stressga chidamlilikka ega o‘quvchilar esa, aksincha, ichki chekinish, tajovuzkorlik yoki o‘zini ayblashga moyil bo‘lgan. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, oilaviy muhit, o‘qituvchilarning psixologik yondashuvi, sinfdoshlar bilan bo‘lgan sog‘lom munosabatlar stressga chidamli bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Ayni paytda, maktab psixologi faoliyatining samarasizligi yoki yo‘qligi bu muammoni chuqurlashtiradi. 137 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Maktab — nafaqat bilim beruvchi, balki bolalar psixologik va ijtimoiy shakllanadigan muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. Biroq, so‘nggi yillarda maktab muhitida o‘quvchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu — psixologik zo‘ravonlik holatlaridir. Psixologik zo‘ravonlik (bullying) bu og‘zaki tahdid, masxara qilish, do‘stlardan ajratish, e’tibordan chetda qoldirish kabi nojo‘ya xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bu holatlar o‘quvchilarda stress darajasining ortishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga va hatto depressiv holatlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Stressga chidamlilik — bu shaxsning stressli vaziyatlarda o‘zini barqaror tutishi, muammoga moslashishi va yechim topish qobiliyatidir. O‘quvchilarning psixologik zo‘ravonlikka duch kelgan paytdagi reaksiyalari ularning stressga chidamlilik darajasiga bevosita bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, stressga yuqori darajada chidamli o‘quvchilar bunday holatlarda ijtimoiy yordam izlaydi, muammoni muloqot orqali hal qilishga harakat qiladi yoki o‘z his-tuyg‘ularini konstruktiv yo‘l bilan ifodalaydi. Aksincha, past chidamlilikka ega o‘quvchilar psixologik jihatdan chekinuvchan, xavotirli, depressiyaga moyil bo‘lishadi. Maktabda psixologik zo‘ravonlikning mavjudligi ko‘pincha ma’muriyat va o‘qituvchilarning befarqligi, o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlaridagi muammolar va ota- onalarning e’tiborsizligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, o‘quvchilarning oilaviy muhitdagi emotsional qo‘llab-quvvatlanishi, maktab psixologining faoliyati, o‘qituvchining empatik yondashuvi kabi omillar stressga chidamlilikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois, psixologik zo‘ravonlikka qarshi kurashish va o‘quvchilarda stressga chidamlilikni shakllantirish uchun kompleks yondashuv zarur. Bunga profilaktik psixologik treninglar, emotsional intellektni rivojlantirish mashg‘ulotlari, sinf ichida ijobiy munosabatlarni shakllantirish dasturlari kiradi. Bundan tashqari, ota-onalar va pedagoglar bilan birgalikda muntazam hamkorlik qilish orqali bu muammoning oldi olinishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, maktab muhitida sog‘lom psixologik iqlim yaratish va har bir o‘quvchining ruhiy barqarorligini mustahkamlash orqali psixologik zo‘ravonlik holatlari kamayti
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada maktab muhitida uchraydigan psixologik zo‘ravonlik holatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri, xususan, stresga chidamlilik darajasi o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada maktab muhitida uchraydigan psixologik zo‘ravonlik holatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri, xususan, stresga chidamlilik darajasi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chidamlilik, o‘quvchilar, ijtimoiy moslashuv., maktab muhiti, stress, psixik holat, psixologik zo‘ravonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025