Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA OKKAZIONALIZMLARNING QO’LLANISHI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yoqubboyeva Shoxista To’raxon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Ko’zlaringga termulsaydim” she’riy kitobida qo’llanilgan okkazionalizmlar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Ushbu birlik she’rning badiiy-estetik qiymatini oshiradi, o‘quvchini fikrlashga, his qilishga va anglashga undaydi. Natijada, shoirning til bilan ijodiy muomalasi nafaqat uslubiy yutuq, balki o‘zbek poetik tafakkurining yangi qirralarini ochib beruvchi muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Kalit so’zlar: kontekst, mualliflik neologizmlari, stilistik neologizmlar, individual neologizmlar, individual til. Vikipediya lug’atidagi izohga ko’ra “okkazionalizm” atamasi–lotincha “occasio” so’zidan kelib chiqib o’zbek tilida - "tasodifiy" degan ma’noni anglatadi. Bu hodisa, asosan, yozuvchi yoki shoirlar tomonidan tilda mavjud so'z yasash modellari asosida yaratiladigan va faqat ma'lum bir kontekstda badiiy ifoda yoki til o'yinlarining leksik vositasi sifatida ishlatiladigan individual mualliflik neologizmlardir” deb tavsiflangan. Odatda, okkasionalizmlar keng tarqalmagan va tilning lugʻat tarkibiga kirmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, lingvistik adabiyotlarda okkazionalizmning bir qancha belgilari mavjud: mualliflik neologizmlari, stilistik neologizmlar, individual neologizmlar, she'riy yangi shakllanishlar, nutqning yangi shakllari, kontekstual shakllanishlar va boshqalar. Tilshunos O.S.Axmanova “Tilshunoslik atamalari lugʻati”da okkazional so’zlarni quyidagicha talqin etadi: “Okkazional (soʻz, maʼno, ibora, tovush birikmasi, sintaktik shakllanishlar) - “noodatiy”, umumfoydalanish uchun qabul qilinmagan, qoʻllanishga mos kelmaydigan, individual did bilan tavsiflangan, foydalanishning o'ziga xos konteksti bilan shartlanganlardir”.1 O. O.Selivanova esa okkasionalizm atamasini quyidagicha izohlaydi: “Okkasionalizmlar muallifning individual tiliga urg‘u berib, uning nutqiga ekspressivlik, emotsional rang bag’ishlaydi va ko‘pincha bunday okkazional so’zlar so‘z yasashning noan’anaviy modellari bo‘yicha til me’yorlarini buzgan holda yaratiladilar”.2 Okkazionallik hodisasi o’zbek tiliga ham xos bo’lgan nutq birligi hisoblanadi. Tilshunos olimlar ushbu hodisaga turlicha yondashishgan: V.N. Xoxlachyovaning fikriga ko’ra, tilning lug’at boyligidan o’rin olishga ulgurmagan “noqonuniy” so’zlar okkazional bo’lishi mumkin. A.G. Likov esa bunday terminlarni quyidagicha ta’riflaydi: “O’zida tasodifiylik, bir marta qo’llanishlik kabi xususiyatlarni mujassam etgan nutq birliklaridir”.3 O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo ijodida ham muallif tomonidan ijodiy maqsadda yaratilgan, adabiy tilda mavjud bo‘lmagan yoki kam ishlatiladigan, yangi ma’nodagi so‘zlar, ya’ni okkazionalizmlarni ko’plab uchratishimiz mumkin. Ular she’riy misralarda ko‘pincha 1Aхманова О. С. Словары лингвистических терминов. – Mосква. 2007. -C.78. 2 Селиванова О. Лингвистическая енсиклопедия. Полтава, 2010. – C. 159. 3Лыков А.Г. Можно ли окказиональное слово называть неологизмом // Русский язык в школе. – Москва,1972. – 85-89. 140 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si badiiy tasvir vositasi sifatida qo‘llangan. Quyida she’riy misralarda qo’llangan okkazionalizmlarni ko’rib chiqamiz: Osmon chamanidan yulduzgul tering, Qalbingiz samoviy quvonchga to’lsin. (18). "Yulduzgul" so‘zi ikki komponentdan tashkil topgan: yulduz va gul. Lug‘aviy birikma sifatida "yulduzgul" umumadabiy til lug‘atlarida mavjud emas. She’riy kontekstda obrazli tarzda qo’llangan bo’lib, yulduz kabi porlaydigan osmon go‘zalligini ifodalovchi gul ma’nolarini anglatish uchun xizmat qilgan. Bu so‘z badiiy ta’sirni kuchaytirish, poetik obraz yaratish uchun yaratilgan. Demak, "yulduzgul" — bu Iqbol Mirzo tomonidan san’atkorona maqsadda yaratilgan okkazional birlik. Mushtga ilashmaydigan do’stnusxalardan o’ch ololmay, Devordek ko’krak qafasidan Alamini olayotgan oddiy mushtumga Gup-gup…gup-gup… (27) Misralarda ajratib ko’rsatilgan "do‘stnusxa" so’zi okkazional birlik, ya’ni Iqbol Mirzo tomonidan san’atkorona maqsadda yaratilgan yangi so‘z hisoblanadi. So‘z ikki komponentdan tashkil topgan: "do‘st" va "nusxa". "Nusxa" — aslida "ko‘chirma", "namuna", "nusxadagi ko‘rinish" degan ma’nolarga ega. Biroq "do‘stnusxa" shaklida bu so‘z adabiy tilda mavjud emas. Bu so’z Iqbol Mirzo tomonidan badiiy obraz yaratish maqsadida yaratilgan. U do‘stlikni yoki do‘stni yangicha, poetik bir tasvir bilan ifodalash uchun ishlatgan. Axir “Sevaman” deb chekkan-ku yohu Har sevgifurush qadimdan-qadim. Nurdek sof bo’lsa-da mendagi tuyg’u, Ammo sevaman deb ayta olmadim (33) "Sevgifurush" so‘zi ham okkazional birlik hisoblanadi. "Sevgi" — tuyg‘u, yaqinlik, muhabbat. "Furush" — forsiy kelib chiqishga ega bo‘lib, “sotuvchi” degan ma’noni bildiradi (masalan: gulfurush — gul sotuvchi, dorufurush — dori sotuvchi). "Sevgifurush" — “sevgi sotuvchi”, ya’ni sevgini tijoratga aylantirgan, uni chin yurakdan emas, balki foyda yoki manfaat uchun taklif qiluvchi shaxsni ifodalovchi obraz. Bu okkazionalizm muallif tomonidan soxta sevgi, yuzaki muh
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Ko’zlaringga termulsaydim” she’riy kitobida qo’llanilgan okkazionalizmlar semantik jihatdan tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Ko’zlaringga termulsaydim” she’riy kitobida qo’llanilgan okkazionalizmlar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- individual neologizmlar, mualliflik neologizmlari, kontekst, individual til., stilistik neologizmlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014