К содержанию
РецензированоUZ2026

TATUDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI: IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Saidrasulov Sherzod Norboy o‘g‘li (in-academy.uz/index.php/yo) · San’atbek Shamurotov Rustambek oʻgʻli (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) joriy etilishi, ularning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Mualliflar SI vositalari yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini optimallashtirish hamda universitet infratuzilmasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish yo‘llarini tahlil qiladilar. Maqolada shuningdek, TATUda qo‘llanilayotgan asosiy SI texnologiyalari, ularning afzalliklari va duch kelinayotgan muammolar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot natijalari asosida TATUda sun’iy intellektni kengroq qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, ta’lim texnologiyalari, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, avtomatlashtirish, ilmiy tadqiqotlar, SI imkoniyatlari, SI istiqbollari. Bugungi kunda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari global miqyosda jadal rivojlanib, inson hayotining barcha jabhalariga kirib bormoqda. O‘zbekiston ham bu jarayondan ortda qolmayapti, ayniqsa, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) sun’iy intellekt sohasida yetakchi o‘quv markaziga aylanib bormoqda. Ushbu maqolada TATUda sun’iy intellekt bo‘yicha ta’lim, ilmiy faoliyat va istiqbollar haqida so‘z yuritamiz. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim tizimida islohotlar amalga oshirila boshlandi. Bu islohotlar markazida esa ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) ta’lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etish turadi. Bu texnologiyalar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash, ularni saqlash hamda qisqa vaqt ichida kerakli manzilga yetkazish imkonini beradi. Kompyuterlarni o‘zaro ulash va bir-biri bilan aloqa qilishni yo‘lga qo‘yish natijasida yagona umumiy protokol asosida ishlovchi qudratli axborot tarmoqlari shakllandi. Ular insonlarni, ularning uy va ish joylarini birlashtirib, qisqa vaqt ichida ko‘plab murakkab vazifalarni hal qilish imkonini bermoqda. Bugungi kunda AKT uch asosiy yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan darajada katta samaralar ko‘rsatib, insoniyat rivojlanishidagi to‘siqlarni yo‘qotishga imkon bermoqda:  Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish insonning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Agar ta’lim jarayoni shaxsning bilish, tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, AKT bu jarayonda mazmunli axborot bilan ta’minlab, bilim to‘plash imkonini oshiradi.  Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotish. Internet va AKT yordamida odamlar dunyo bilan bemalol aloqa o‘rnata olishmoqda. So‘nggi yillarda ushbu texnologiyalar global fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirishga va jamoatchilik harakatlarini keng yoyishga xizmat qilmoqda. Masalan, ta’lim tizimida talabalar va 66 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo o‘qituvchilar o‘rtasida mustahkam qayta aloqa yo‘lga qo‘yilmoqda, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli fikrlar va g‘oyalar almashinilmoqda.  Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish. Bugungi raqamli davrda AKT va u bilan bog‘liq sohalar eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan hisoblanadi. Ular yordamida axborot almashinuvi, aloqa, elektron tijorat va onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari sezilarli darajada oshgan. Elektron pochta, elektron kutubxonalar, veb-saytlar va onlayn platformalar ta’lim va ishbilarmonlik uchun chegarasiz imkoniyatlar yaratmoqda. TATUda sun’iy intellekt yo‘nalishi bir necha asosiy bloklarga bo‘linadi:  Mashina o‘rganish (Machine Learning): talabalar mashina o‘rganish algoritmlarini o‘rganib, Python, TensorFlow, Scikit-learn kabi texnologiyalar bilan ishlashni o‘zlashtiradilar.  Ma’lumotlar tahlili va data science: katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ular asosida bashorat modellarini yaratish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.  Kompyuter ko‘rish (Computer Vision) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP): yuzni tanish, ovozni tushunish, hujjatlarni avtomatik tahlil qilish kabi AI yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. TATUda SI texnologiyalarini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etmoqda:  Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish.  Ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish.  Tashkiliy ishlarni avtomatlashtirish orqali resurslardan tejamkor foydalanish.  Universitet reytingini milliy va xalqaro miqyosda oshirish. Axborot texnologiyalari hozirgi ta’lim tizimida juda katta imkoniyatlar yaratib, o‘qitish jarayonini samaraliroq va interaktivroq qiladi. Shunga qaramay, ularning ba’zi salbiy jihatlari ham mavjud bo‘lib, ularga e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasidagi bevosita, jonli muloqotni kamaytirib yuborishi mumkin. Natijada, talabalar o‘qituvchidan olishlari mumkin bo‘lgan pedagogik yordam va motivatsiyadan mahrum bo‘lishlari, o‘qituvchining esa pedagogik mahoratini to‘liq namoyon eta olmasligi ehtimoli yuza

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) joriy etilishi, ularning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida (TATU) joriy etilishi, ularning imkoniyatlari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
SI istiqbollari., ta’lim texnologiyalari, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, SI imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlar, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Sun’iy intellekt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники